Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) va 5230200-Menejment (tarmoqlar va soxalar bo`yicha) yo‘nalishlari bakalavriat bosqichining
Download 0.52 Mb.
|
dastur-21 kunduz iqtisodiyot va menejment
2. UMUMIY QOIDALAR
2.1. Malakaviy amaliyot maqsadi va vazifalari Bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan talabalar amaliyoti-ilg‘or xo‘jalik sub’ektlari, aksionerlik jamiyatlari, qo‘shma korxonalar, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalar va tashkilotlarda o‘tkaziladi. Talabalarning malakaviy amaliyoti bakalavriat yo‘nalishlari fanlarining nazariy qismini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan, o‘qish jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitlarida o‘tkaziladigan qismidir. Malakaviy amaliyotilar bakalavriat yo‘nalishlari Davlat ta’lim standartlarida (DTS) ko‘zda tutilgan turli shakllarda tashkil qilinadi. Guliston davlat universiteti tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xosligini hisobga olib, kadrlar buyurtmachilari talablariga binoan Ilmiy kengash qaroriga muvofiq amaliyotning boshqa turlarini kiritish huquqiga ega. Har bir amaliyotning maqsadi, muddati va mazmuni DTS, o‘quv rejalari va amaliyot dasturlarida belgilangan. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining iqtisodiy siyosatida oldinga surilayotgan yo‘nalishlardan biri iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish hajmi va samaradorligini oshirish orqali iqtisodiyotni barqaror o‘sishini ta’minlashdan iborat. SHuning uchun 5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) va 5230200-Menejment (tarmoqlar va soxalar bo`yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha 3-kurs talabalar tomonidan 6-semestr yakunidagi malakaviy amaliyotni o‘tkazish jarayonida ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish, texnologik jarayonlar, iqtisodiyot va boshqarish bo‘limlarining faoliyatiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan qaralmog‘i lozim. Talabalar iqtisodiy fanlardan universitet auditoriyalarida olgan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlardagi amaliy holat bilan bog‘lab o‘rganishlari va uni chuqurlashtirishlari malakaviy amaliyotning asosiy vazifasi hisoblanadi. Malakaviy amaliyotni o‘tish davrida talabalar quyidagi talablarga amal qilishlari talab qilinadi: Mutaxassislik fanlari bo‘yicha olgan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va ularni malakaviy amaliyoti davrida mustahkamlash; Amaliyot ob’ektining boshqaruv va tashkiliy tuzilishini o‘rganish; Korxona rahbarlari va mutaxassislarining xizmat vazifalarini o‘rganish; Korxonada iqtisodiy faoliyat jarayonida olib boriladigan iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish amaliyotini o‘rganish; Korxona va uning bo‘limlari xo‘jalik faoliyatini to‘la o‘rganish; Korxona xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling