Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) va 5230200-Menejment (tarmoqlar va soxalar bo`yicha) yo‘nalishlari bakalavriat bosqichining


Download 0.52 Mb.
bet7/15
Sana18.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1282668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
dastur-21 kunduz iqtisodiyot va menejment

6. Amaliyot natijalarini yakunlash
Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni bevosita amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar imzolagan kundalik daftar bilan birga universitetdan tayinlangan rahbarga topshiradi. Hisobotda talabaning amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, amaliyot ob’ekti bo‘limlarining qisqacha izohi (sex, bo‘lim, laborotoriya va boshqalar), ular faoliyatining tashkil qilinishi, hayot faoliyatining xavfsizligi to‘g‘risidagi masalalar va xo‘jalik sub’ektlarining faoliyati ko‘rsatkichlari o‘z aksini topishi lozim.
Amaliyot yakunida talaba o‘z hisobotini universitet tomonidan tayinlangan komissiya oldida himoya qiladi.
Komissiya tarkibiga o‘tilayotgan amaliyot fanini olib boruvchi o‘qituvchi, oliy ta’lim muassasasi tomonidan biriktirilgan rahbar va imkoni bo‘lsa, amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar ham kiritiladi
Amaliyot bahosi talabaning kursdan kursga o‘tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi.
Amaliyot yakuni universitet va fakultet ilmiy-uslubiy anjumani va amaliyot ob’ektining ishlab chiqarish kengashida muxokama qilinadi.
Universitet va fakultet ilmiy kengashida amaliyotning natijalariga yakun yasaladi.
Amaliyot dasturini bajarmagan, ishi haqida qoniqarsiz taqriz yoki hisobot himoyasida qoniqarsiz baho olgan talaba ta’til vaqtida o‘z hisobidan qayta amaliyot o‘tishga jo‘natiladi.
Ayrim hollarda, bunday talabaning kelgusida universitetda o‘qishi mumkin yoki mumkin emasligi rektor tomonidan ko‘rib chiqiladi.


7. Malakaviy amaliyotning mazmuni
Malakaviy amaliyotining mazmuni uning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib, tashabbuskor, tadbirkor va yuqori malakali mutaxassis, ya’ni iqtisodchi bo‘lib etishishiga ko‘maklashishdan iboratdir. CHunki talaba malakaviy amaliyoti davrida universitet auditoriyalarida egallagan nazariy bilimlarini amaliy ish bilan to‘ldirib va mustahkamlab mustaqil ishlashga o‘rganadi. Talaba malakaviy amaliyoti davrida amaliyot o‘tish grafigiga asosan quyidagilarni o‘rganishi shart:



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling