7.5. Korxona personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish va boshqarish
Talaba korxona va uning alohida bo‘limlari (ma`muriyat, sex, bo‘limlar, ustaxonalar) ishchi-xodimlari, ularning mutaxassisliklari, kategoriyalari va malakasi bo‘yicha ta’minlanganligini o‘rganadi va tahlil qiladi.
7.6. Mehnat va ish haqi xisoblashni o‘rganish va boshqarish
Talaba mehnat va ish haqi bo‘limi, uning boshlig‘i va xodimlari ish faoliyatini o‘rganadi. Korxonaning shtat jadvali, vaqtbay va ishbay usulda mehnatga haq to‘lash shakllari va xisoblashni, ta’rif razryadlari bilan tanishadi. Korxona jami ish haqi fondini tashkil etish va undan foydalanish amaliyotini o‘rganadi va tahlil qiladi.
Korxonada mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini o‘rganadi va ularni yaxshilash yo‘llarini tahlil qiladi.
7.7. Aylanma mablag‘lardan foydalanish darajasini o‘rganish va boshqarish
Talaba buxgalteriya ma’lumotlaridan korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibi va ular bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganadi. Jumladan me’yorlashgan va me’yorlashmagan aylanma mablag‘larning holati va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi. Tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish va chiqimini hujjatlashtirish
7.8. Korxonani uzoq muddatli aktivlarini boshqarish
Talaba korxona va tashkilotni asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, kapital qo`yilmalar, uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalar tarkibini o`rganadi. Qabul qilish va hisobdan chiqarish tartibi bilan tanishadi.
7.9. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini aniqlash
Talaba buxgalteriya ma’lumotlaridan korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turlari bo‘yicha reja va amaldagi tannarxni tahlil qiladi. Olingan ma’lumotlarga asoslanib korxona va sotish baholarini aniqlash tartibini o‘rganadi. Doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar, maxsulot tannarxiga kiritiladigan va kiritilmaydigan xarajatlar, bevosita va bilvosita xarajatlar bilan tanishadi.
Tannarxni kamaytirish yoki uni oshib ketishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganadi va tahlil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |