Iqtisodiyot va ko’chmas mulkni boshqarish” kafedrasi


Download 102.13 Kb.
bet19/20
Sana01.11.2023
Hajmi102.13 Kb.
#1738886
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Микроиктисодиёт-fayllar.org

Iste′molchi ortiqchaligi - iste′molchi tomonidan tovarga to`lashi mumkin bo`lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o`rtasidagi farqni bildiradi. Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, iste′molchining tovar uchun berishi mumkin bo`lgan maksimal narxdan tovarni sotib olishda to`lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga teng.

Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi ishlab chiqaruvchi tomonidan olingan umumiy manfaatni bildiradi. Bir xil ishlab chiqaruvchilar uchun bir birlik mahsulot xarajatlari bozor narxiga teng bo`lsa, boshqa ishlab chiqaruvchi uchun ushbu xarajatlar bozor narxidan kichikdir.
Davlatning bozor narxiga ta`sir qilish siyosatidan biri bu - mahsulot ishlab chiqarish hajmini cheklash orqali mahsulot narxini kerakli darajagacha ko`tarish mumkin. Davlat har bir firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini qonun chiqarish orqali belgilashi (kvotalashi) mumkin. Biror mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotish bo`yicha litsenziyaning davlat tomonidan berilishi, shunday siyosatni yuritishga misol bo`lishi mumkin.
Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste′molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini maksimal bo`lishini ta`minlaydi, demak, muvozanat holatda iste′molchilr o`z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin bo`lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan bozor cheklangan resurslarni optimal taqsimlashga yordam beradi va natijada iste′molchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga erishiladi.

Asosiy adabiyotlar ro`yxati
  1. Campbell R. McConnel, Stanley L. Brue, Sean M. Flynn. Microeconomics: Principles, Problems and Policies. -19 th ed. – New York. The McGraw-Hill Companies, Inc., 2015. P. 604.


  2. Аддреу ас-Колелл и др. икроэкономическая теория. Учебник. – .: Дело и Сервис, 2016. - 630 стр.


  3. Тарануха .В. икроэкономика. Учебник. – .: Дело и Сервис, 2011. - 580 стр.


  4. Пиндайк Р., Рубинфильд Д. икрэкономика. / Пер. с англ. – СПб.: Питер, 2011. - с. 608.


  5. Нуриев Р. . Курс микроэкономики: учебник/ 2-е изд. – .: Норма, 2012. - с. 576.


  6. Sаlimov B.T., Muхitdinovа U.S., Mustаfаkulov Sh.I., Sаlimov


B.B. Mikroiqtisodiyot. Dаrslik. – T.: TDIU, 2005. - 230 b





Download 102.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling