Asosiy tayanch tushunchalar
Iste’mol — jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maq-sadida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jara-yonini bildiradi. Bunda milliy daromadning iste’mol fondiga teng qismi foydalaniladi.
SHaxsiy iste’mol — iste’molchilik tavsifidagi ne’matlar va xizmatlardan bevosita foydalanishni, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishini bildiradi.
Unumli iste’mol — ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanishni anglatadi.
Iste’molchilik sarflari — aholi daromadlarining tirikchi-lik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg’arma — aholi, korjona (firma) va davlat joriy daro-madlarining bir qismining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to’planib borilishi.
Iste’molga o’rtacha moyillik — shaxsiy daromadning iste’mol-ga ketadigan ulushi.
Jamg’armaga o’rtacha moyillik — shaxsiy daromadning jamg’ar-maga ketadigan ulushi.
Iste’molga qo’shilgan moyijik — shaxsiy daromad o’sgan qis-miningiste’mol qilinadigan qismi yoki ulushi.
Jamg’armaga qo’shilgan moyillik — shaxsiy daromad o’sgan qis-mining jamg’armaga ketadigan hissasi.
Iqtisodiy jamg’arish — milliy daromadning jamg’arilgan qis-midan asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va za-xiralarni ko’paytirish uchun sarflanishi.
Jamg’arish normasi — jamg’arish fondining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
Kapital sarflar — asosiy kapitalni kengaytirish va uni qay-ta tiklashga, aylanma mablag’larni kengaytirishga qilinadigan sarf-lar.
Investitsiyalar — ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatish soha-larini kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalni ko’pay-tirishga, turli xil qimmatli qog’ozlarni sotib olishga qilingan pul shaklidagi qo’yilmalar.
Investitsion faoliyat — investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha qilinadigan amaliy harakatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |