Qo’shilgan qiymat — ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan vaunumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) — yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor baho-laridagi qiymati.
Sof milliy mahsulot (SMM) — yil davomida yangidan yaratil-gan mahsulot bo’lib, yalpi ichki mahsulotdan amartizatsiya ajratkan-lari so’mmasini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi, u tarki-ban milliy daromad va egri soliqlardan iborat bo’ladi.
Milliy daromad — yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo’lib, SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.
SHaxsiy daromad — milliy daromaddan ijtimoiy sug’urta aj-ratmalari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxona-ningtaqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo’liga kelib tushadigan ijtimoiy to’lovlar summasini qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
Nominal YaMM — joriy baholarda hisoblangan YaMM.
Real YaMM — baholarning o’zgarishini hisobga olib, doimiy bahol arda hisobl angan YaMM.
Oraliq mahsulot — ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar.
Pirovard mahsulot — ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shax-siy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo’lgan mahsulotlar.
Xufyona iqtisodiyot — YaMMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy hisob-kitoblardan yashirin qismi.
Makroiqtisodiyot ko’rsatkichlari nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rolь o’ynaydi?
YaMM va SMM bir biridan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy daromad-chi?
Yalpi talab va yalpi taklifni tahlil qilish nima uchun zarur?
Yalpi talab nima va qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
Yalpi taklif nima va unga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |