Asosiy tayanch tushunchalar
Agrar munosabatlar — yerga egalik qilish, tasarruf etish, un-dan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish ja-rayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Er rentasi — yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshi-rishning shaklidir.
Renta munosabatlari — yerdan foydalanish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromadni taqsimlash va o’zlashtirish bi-lan bog’liqlikda vujudga keladigan munosabatlar.
Differentsial renta — yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shim-cha sof daromad.
Differentsial renta — I — yerlarningtabiiy unumdorligi farq-lar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad.
Differentsial renta — II — yerlarning iqtisodiy unumdorli-gini oshirish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daro-mad.
Absolyut renta — qishloq xo’jaligida yerga bo’lgan xususiy mulk-chilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi: yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta.
Monopol renta — alohida tabiiy sharoitga ega bo’lgan, noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olina-digan renta.
Undirma sanoatda renta — foydali qazilma konlarining joy-lashishi va ularning boyligidagi farqlar natijasida vujudga ke-ladi.
Agrosanoat integratsiyasi — qishloq xo’jaligi bilan unga xiz-mat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqdar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.
Agrosanoat majmuasi — qishloqxo’jalik mahsulotlarini yetish-tirish, uni saklash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib be-rish bilan bog’liq xo’jalik tarmoqlarining birligi.
Agrasanoat infratuzilmasi — bevosita qishloqxo’jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko’rsatuvchi sohalar.
Qishloq ijtimoiy infratuzilma — odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar.
Agrobiznes — tadbirkorlik faoliyatining qishloqxo’jaligi va u bilan bog’liq sohalardagi namoyon bo’lish shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |