Iqtisodiyot va menejment” fakulьteti «Menejment» kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
Iqtisodiyоt nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zgaruvchi xarajat
- Bilvosita xarajatlar
Ichki xarajatlar — korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurs-lardan foydalanish hisobidan sarflangan xarajatlardir.
Tashqi xarajatlar — tashqaridan jalb qilingan resurslarga to’lovlarni amalga oshirishga ketgan xarajatlar. Doimiy xarajat — ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydi-gan, u o’zgarganda ham miqdorini o’zgartirmaydigan xarajatlar. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi statistika departamenti ma’-lumotlaridan olingan. O’zgaruvchi xarajat — ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir etadigan xarajatlar. O’rtacha xarajatlar — mahsulot birligyga to’g’ri keladigan xarajatlar. Qo’shilgan xarajatlar — mahsulotning navbatdagi qo’shimcha bir-ligini ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar. To’g’ri xarajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qo’shilib, uning tarkibiga kiradigan xarajatlar. Bilvosita xarajatlar — mahsulot tannarxiga ustama bo’lib, narxda aks etadigan xarajatlar. Sof foyda — korxonalarning yalpi pul tushumidan barcha xara-jatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi. Foyda normasi — foyda massasining ishlab chiqarish xarajat-lariga bo’lgan nisbatining foizdagi ifodasi. Takrorlash uchun savollar va topshiriqlarIshlab chiqarish sarf xarajatlarining asosiy tushunchasini va tarkibini tushuntiring? Ichki va tashqi xarajatlar o’rtasidagi farq nimadan iboratligini misol orqali tushuntiring? Ishlab chiqarish resurslari tarkibidagi quyidagi o’zgarishlardan qaysilari uzoq muddatli davrdagi xarajatlarga kiradi. a) Kompaniya yangi neftni qayta ishlovchi uskunani o’rnatadi; b) Korxona yana 200 kishini yollaydi; v) Fermer o’z uchaskasida qullaniladigan o’g’it miqdorini ko’paytiradi; g) Fabrikada uchinchi smena joriy qilinadi. Sarflarning quyidagi turlari xarajatlari qaysi turkumiga tegishli ekanligini aniqlash: maxsulot reklamasiga sarflar, korxona chiqargan zayomlar bo’yicha foiz to’lovlari; xom-ashyoga sarflar, ko’chmas mulkka soliq to’lovlari, boshqaruv xodimlari maoshi; ishchilarga ish xaqqi to’lovlari; amortizatsiyasi ajratmasa. Foydaning mazmunini va manbaini tushuntiring. Quyidagi keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib foyda normasini xar ikkala usulda xisoblang. Umumiy foyda –250 ming so’m. Ishlab chiqarish xarajatlari –1250 ming so’m. Avanslangan mablag’lar (asosiy va aylanma kapital)- 2500 ming so’m. Natijalarni taqqoslab, izohlab bering. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling