Iqtisodiyot va menejment” fakulьteti «Menejment» kafedrasi
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 0.52 Mb.
|
Iqtisodiyоt nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktsiya kursi
- Dividend
- Asosiy kapital
Asosiy tayanch tushunchalar
Tadbirkorlik faoliyati — foyda olish maqsadida tahlika (tavakkalchilik) bilan hamda mulkiy javobgarlik asosida va amaldagi qonunlar doirasida o’z tashabbusi bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir. Hissadorlik jamiyati — ko’proq foyda olish maqsadida mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital) larini birlashtirgan uyushmadir. Aktsiya — bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o’zining ma’lum hissasini qo’shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qim-matli qog’ozdir. Aktsiya kursi — qimmatli qog’ozlar bozorida aktsiyalarning soti-ladigan bahosidir. Obligatsiya — uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo’yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir. Ta’sischilik foydasi — sotilgan aktsiyalar va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo’yilgan mablag’lar summasi o’rtasidagi farqdan iborat bo’lib, uni jamiyatni ta’sis etuvchilar o’zlashtiradi. Dividend — aktsiya egasi jamiyat olgan foyda hisobidan oladigan daromadir. Tadbirkorlik kapitali — tadbirkorlar ixtiyorida bo’lib, o’z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag’lari. Aylanma kapital — bu unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomidagi ishlab chiqarish jarayonida to’liq iste’mol qilinadigan o’z qiymatini yaratilgan mahsulotga to’liq o’tkazadigan va ashyoviy-buyum shaklini ham yo’qotadigan qismi. Asosiy kapital — ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib, o’zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo’lib-bo’lib o’tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini o’zgartirmaydi. Amartizatsiya normasi — amartizatsiya ajratmalari yillik summasining asosiy kapital qiymatiga nisbatining foizdagi ifodasi. Takrorlash uchun savollar 1. Tadbirkorlik faoliyatiga ta’rif bering.”Tadbirkor” va “mulkdor” tushunchalarini izoxlang. 2. Tadbirkorlikning vazifalarini sanab ko’rsating. Nima uchun tadbirkor tahlika (tavakkalchilik) bilan faoliyat ko’rsatadi? 3. Tadbirkorlikning rivojlanish shart-sharoitlarinimalardan iborat? 4. Tadbirkorlikning shakllarini va ularning xususiyatlarini ko’rsating. 5. Hissadorlik jamiyatiga taorif bering. Aktsiya nima, aktsiya kursi qanday aniqlanadi? Aktsiya kursiga taosir qiluvchi omillarni ko’rsating. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling