“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/35
Sana30.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1141423
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM

1.3.4-jadval 
Asosiy vositalarning harakatini hisobga oluvchi hujjatlar
16
 
AV – 1 shakli 
Asosiy vositalarni qabul – topshirish akti. Akt har bir 
ob‘ektga yoziladi, buxgalteriya beriladi va asosiy vositani 
hisobga olish inventar kartochkalariga yozuv uchun asos bo‗lib 
xizmat qiladi. 
AV – 2 shakli 
Remont qilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilingan 
ob‘ektlarni qabul topshirish akti. 
AV – 3 shakli 
Asosiy vositani tugatish haqidagi akt.
AV – 4 shakli 
Avtotransport vositalarni hisobdan chiqarish akti.
AV – 6 shakli 
Asosiy vositani hisobga olish inventar kartochkasi. 
Asosiy vositalar qabul – topshirish aktilari va ushbu ob‘ekt 
texnik hujjatlari asosida har bir ob‘ektga inventar kartochka 
ochiladi.
AV – 7 shakli 
Asosiy vositani hisobga olish bo‗yicha inventar 
kartochkalar ro‗yxati.
AV – 8 shakli 
Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi. 
Kartochka ma‘lumotlari asosida asosiy vositalar harakati 
haqidagi hisobot to‗lg‗aziladi. 
AV – 9 shakli 
Asosiy vositalar inventar ro‗yxati. 
Asosiy vositalar suv xo‗jaligi korxonaiga (omborga) kelib tushganda moddiy 
javobgar shaxs mol etkazib beruvchining hujjatida yoki qabul qilib olish 
dalolatnomasida ana shu qiymatliklarni qabul qilib olgani haqida imzo chekish 
kerak. Asosiy vositalar ombordan byudjet korxonalari rahbari tomonidan 
tasdiqlangan 434 – shakldagi yuk xati (nakladnoy, talabnoma) bo‗yicha beriladi. 
Bunda yuk xati (nakladnoy, talabnoma) bir nushada yoziladi. Asosiy vositalar 
eskirish summasi davlat tomonidan belgilangan normalarda hisoblanadi. 
16
― Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida ―gi yo‘riqnoma asosida muallif tayyorladi 


Eskirish summasi asosiy vositalarning dastlabki (tiklash) qiymat va ushbu 
asosiy vosita tipiga belgilangan normalari asosida hisoblab chiqiladi. 
Amortizatsiya muddati tugaganidan so‗ng eskirish hisoblanmaydi. 
Asosiy vositalarni uzoq muddatga ijaraga olgan yuridik shaxslar ham 
o‗zlariga qarashli, ham ijaraga olingan asosiy vositalar yuzasidan belgilangan 
normalarda eskirish hisoblaydilar. Bu holda ijaraga beruvchi ijaraga berilgan 
asosiy vositalar uchun eskirish hisoblanmaydi. 
Yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalarni tugatishdan (bino va inshoatlarni buzish va bo‗laklarga 
ajratish, uskunalarni demontaj qilish va hokazo) kelib tushgan moddiy boyliklar 
asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‗yicha doimiy faoliyat ko‗rsatuvchi 
komissiya tomonidan balansga belgilangan ulardan ehtimoliy foydalanish narxida 
kirim qilinadi. 
Keraksiz inventar va uskunalar sotishdan kelib tushgan mablag‗lar va moddiy 
boyliklar, agar qonun hujjatlarida boshqa narsa belgilanmagan bo‗lsa, byudjet 
mablag‗larini oluvchilar tomonidan balansga kirim qilinadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, asosiy vositalar - korxona moddiy texnika 
bazasining asosini tashkil qiluvchi mehnat vositalaridir. Ularning asosiy 
xususiyatlari - o‗zining tashqi ko‗rinishini xo‗jalik opersiyalari ta‘sirida 
o‗zgartirmaydigan va qiymatini mahsulot, ish, xizmat tannarxiga eskirish 
summalari orqali o‗tkazishidadir. Asosiy vositalar korxonada uzoq vaqt xizmat 
qiladi va ularga eskirish summalari boshlag‗ich qiymati qoplangunga qadar 
hisoblanadi. Bundan tashqari, asosiy vositalar korxonada ijaraga berilish va 
olinishi mumkin. Davlat mulkini ijara shartnomasini rasmiylashtirishda va tuzishda 
qonunchilik talablariga rioya qilinishiga suv xo‗jaligi korxonaining bosh buxgalteri 
va rahbari mahsus javobgardir. Ijara shartnomalari bo‗yicha ijara to‗lovlarining o‗z 
vaqtida kelib tushishini ta‘minlashga ijara beruvchi suv xo‗jaligi korxonaining 
rahbari mahsus javobgardir. 



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling