“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
Suv xo„jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobi va ularning
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.1-jadval Asosiy vositalarning kirimi to‟g‟risida xo‟jalik muomalalari 10 № Muomalalar mazmuni Dt Kt
- Kapital qo„yilmalar tugaganidan so„ng tiklangan ob‟ektni qabul qilish-topshirish
1.3 Suv xo„jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobi va ularning
harakatini hujjatlashtirish Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarning boshlang‗ich (tiklash) qiymatidagi hisobi aktiv 01 «Asosiy vositalar» schyotida olib boriladi. Bu schyot quyidagi subschyotlarga bo‗linadi: 010 «Imoratlar»; 011 «Inshoatlar»; 012 «Uzatish moslamalari»; 013 «Mashina va asbob - uskunalar»; 014 «Ishchi kiyimlar, ko‗rpa to‗shaklar, kiyim kechaklar va poyafzallar»; 015 «Transport vositalari»; 016 «Asboblar, ishlab chiqarish (ashyolar bilan birga) va xo‗jalik inventarlari»; 019 «Boshqa asosiy vositalar». Asosiy vositalar harakatininig sintetik hisobi 9 – memorial-order – «Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko‗chirilishi bo‗yicha jamg‗arma vedomost», 438 – shaklda yuritiladi. 1.3.1-jadval Asosiy vositalarning kirimi to‟g‟risida xo‟jalik muomalalari 10 № Muomalalar mazmuni Dt Kt Asos bo„luvchi xujjat Oldi-sotdi shartnomasi bo„yicha ob‟ektni sotib olish 1. Asosiy vositalar sotib olinganda: a) sotib olingan asosiy vositalarning qiymatiga 072 15, 16 va 17- schyotlarning tegishli subschyotlari Yukxati, bajarilgan ishlarni qabul qilish topshirish dalolatnomalari, va boshqalar. b) Asosiy vositani dastlabki qiymati bo‗yicha kirim qilinishi 01-schyotning tegishli subschyotlari 072 AV-1 shakldagi byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qabul qilish- topshirish to‗g‗risida dalolatnoma Kapital qo„yilmalar tugaganidan so„ng tiklangan ob‟ektni qabul qilish-topshirish 2. Tashkilotning o‗zi tomonidan, shuningdek, pudrat shartnomasiga asosan bino-inshoatlarni qurilish ishlari amalga oshirilganda (haqiqiy xarajatlar summasiga) 071 02, 15, 16, 17 - va boshqa schyotlarning tegishli subschyotlari Yukxati, bajarilgan ishlarni qabul qilish topshirish dalolatnomalari, va boshqalar. 3. Tashkilotning o‗zi tomonidan, shuningdek, pudrat shartnomasiga asosan qurilgan asosiy vosita ob‘ektlarini kirim qilinishi 01-schyotning tegishli subschyotlari 071 AV-3-son shakldagi qo‗shimcha qurilgan, qo‗shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilingan asosiy vositalarni qabul qilish- topshirish bo‗yicha dalolatnoma 10 ― Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida ―gi yo‘riqnoma asosida muallif tayyorladi Asosiy vositalarni balansdan chiqarish hisobi. O‗zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida» gi qonuni; O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001 yil 28 fevraldagi 26 – sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan «Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‗g‗risida Nizomi» ga muvofiq yagona metodologiya asosida olib boriladi. Asosiy vositalar balansdan: tugatish; sotish; bepul (tekinga) berish; ulush sifatida ustav sarmoyasiga berish; moliyaviy lizing shartnomasi bo‗yicha berish; kamomad yoki yo‗qotishlar natidasida hisobdan chiqariladi 11 . Byudjet korxonasi o‗zidan yuqori turuvchi korxonaning roziligi bilan hisobdan chiqarish huquqiga egadir. Shu sabali asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‗yicha komissiya tomonidan tuzilgan dalolatnomalar asosiy vositalar balansida hisobda turgan byudjet korxonaining rahbari tomonidan, byudjet korxonaining tarkibiy bo‗linmalari qonunga muvofiq tegishli yuqori korxonalar bilan kelishilgandan so‗ng tasdiqlanadi. Dalolatnomalar tasdiqlanmaguncha asosiy vositalarni qismlarga ajratish man etiladi. Dalolatnomalarda hisobdan chiqarilayotgan asosiy vositalarni tavsiflaydigan quyidagi ma‘lumotlar ko‗rsatiladi: asosiy vositalarni tayyorlash yoki barpo etish yili, uning muassasana kelib tushish sanasi, foydalanishga topshirish sanasi, asosiy vositaning dastlabki qiymati (qayta baholanganlari uchun – tiklash qiymati), buxgalteriya hisobi ma‘lumotlari bo‗yicha foydalanishning butun muddati uchun hisoblab yozilgan eskirish summasi, o‗tkazilgan kapital ta‘mirlashlar soni. Asosiy vositaning chiqib ketish sabablari, uning detallari, materiallari, rangli va qimmatbaho metallarning holati ham batafsil yoritiladi. 11 O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001 yil 28 fevraldagi 26 – sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan «Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‗g‗risida Nizomi» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling