“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM
Yerni obodonlashtirish bo‗yicha kapital sarflar tarkibiy yerning unumdorligini
oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to‗xtash joylarini barpo etish hamda shunga o‗xshash boshqa xarajatlar kiradi. Imoratlar hamda binolarga ishlab chiqarish korpuslari, sexlar, ustaxonalar, boshqaruv binolari, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish ma‘muriy xo‗jalik va ijtimoiy maishiy maqsadlardagi ob‘ektlar, shuningdek ulardan to‗g‗ri foydalanish uchun zarur bo‗lgan jami kommunikatsiya vositalari 8 O‗zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 17-moddasi (isitish, yoritish, shamollatish, suv, gaz ta‘minoti, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift xo‗jaligi) kiradi. Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o‗zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki vazifalarini bajarishga xizmat qiladigan ob‘ektlar (neft va gaz quduqlari, shaxta yo‗llari, avtomobil yo‗llari, ko‗priklar, estakadalar, suv omborlari va boshqalar) kiradi. Uzatuvchi moslamalarga mashina dvigatelidan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek suyuq va gazsimon mollarni bir ob‘ektdan boshqa ob‘ektga yetkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo‗llari, quvur yo‗llari, issiqlik va gaz tarmog‗i hamda boshqalar) kiradi. Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va o‗z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi: - kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib beradigan generator mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‗ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir; - ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‗sinda texnologik ishlov berishga ularni ishlab chiqarish jarayonida kuzatib qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir; - o‗lchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalanadigan texnika ishidagi turli parametr (ko‗rsatkich)larni o‗lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasini shovqin ta‘siri va boshqalarni o‗lchashda ishlatilinadi. Ularga monometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi; - hisoblash texnikasi ma‘lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa kompyuter vositalari kiradi. - boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o‗tilmagan mashina va jihozlar (o‗t o‗chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi. Transport vositalari kishilar hamda buyuk va turli maqsadlardagi narsalarni tashishga mo‗ljallangan harakat vositalari (temir yo‗l, suv, avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo‗llari)dir; Asbob va uskunalar qo‗l mehnati jarayonida ishlatilinadigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar, (elektrorotrellar, vibratorlar)dir; Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini yengillashtirishda ishlatilinadi. Ularning tarkibiy bak, konteyner, inventar idishlari kiradi. Xo‗jalik inventari idora (ofis) ishlarini va xo‗jalikni yuritishda zarur bo‗lgan mehnat vositalaridir. Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir etilgan mol (ot, ho‗kiz, sigir)lar bo‗lib, alohida inventar ob‘ekti sifatida hisobda aks ettiriladi. Ko‘p yillik daraxtlar alohida hiyobon, park, bog‗dagi miqdori va yoshidan qat‘iy nazar ekilgan daraxtlar guruhidir. Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari ijaraga olingan asosiy vositalar kiradi. Shuningdek, xizmat qilish muddati va qiymatidan qatiy nazar quyidagi inventar va xo‗jalik jihozlari ham asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi: a) maxsus asboblar va moslamalar (ayrim buyumlar turkum va yalpi ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo‗jallangan maqsadli asboblar va moslamalar); b) maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus poyafzallar; v) yotoq jihozlari; g) kanselyariya jihozlari(kalkulyatorlar, stol jihozlari va boshqalar); d) oshxona va ovqatlanish xonasi inventarlari, shuningdek ovqatlanish xonasi choyshablari; e) qurilish-ta‘mirlash ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik qurilma va moslamalar (titulsiz inshootlar). Asosiy vositalar hisobi, kutubxona fondlaridan tashqari, tiyinlarsiz to‗liq so‗m hisobida olib boriladi. «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga binoan asosiy vositalar quyidagi baholarda baholanadi: Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling