“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vositalarning foydalanish jarayonidagi qatnashuviga qarab
Asosiy
vositalarni ma‟lum tarmoqlarga bo„ysunuviga qarab: -sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalari; -boshqa tarmoq asosiy vositalari; -noishlab chiqarish asosiy vositalari. Asosiy vositalarning foydalanish jarayonidagi qatnashuviga qarab: - foydalanishdagi asosiy vositalar; - foydalanishdan olib qo‗yilgan (konservatsiya qilingan) asosiy vositalar. - yer; - binolar; - inshootlar; - uzatish moslamalari; - hisoblash texnikasi va komp- yuterlar; - mashina va uskunalar; - transport vositalari; - asbob uskunalar; - xo‗jalik jihozlari; Mulkiy egaligiga qarab: - o‗ziga tegishli asosiy vositalar; - ijaraga olingan asosiy vositalar A SOS IY VOS IT A L A R N IN G KL A SS IF IK A TSI Y A S I Bundan tashqari asosiy vositalarning yana boshqa bir xususiyatlari bo‗yicha ham tasniflash mumkin. Hozirgi sharoitda korxonalarda asosiy vositalarning barcha turlarini kerakli nisbatda va tarkibda bo‗lishini ta‘minlash maqsadga muvofiqdir. Ya‘ni sanoat ishlab chiqarishidami, yordamchi tarmoqlardami yoki ijtimoiy-maishiy sohalarda bo‗lmasin barcha asosiy vositalar kerakli xizmatni bajaradilar. Asosiy vositalarning tarkibi, ularning tuzilishini o‗rganish bilan bir qatorda dinamik o‗zgarishlariga ham baho berib boriladi. Asosiy vositalarning dinamikasi deganda ularning davrlar (yillar) bo‗yicha o‗zgarishlari tushuniladi. Dinamik o‗zgarishlar asosida korxonada asosiy vositalarning yillar bo‗yicha mutloq va nisbiy o‗zgarishlariga baho beriladi. Joriy yilda mashina va jihozlarning o‗sganligi korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi. Chunki, mashina va jihozlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri ishlab chiqarishda qatnashadigan vositalar qatoriga kiradi. Umuman olganda korxonada asosiy vositalarning dinamik o‗sishi kuzatilgan bo‗lib, bu korxonada asosiy vositalarning bosqichma-bosqich yangilanayotganligidan dalolatdir. Asosiy vositalarni aktiv va passiv fondlarga tarkiblashda asosiy jihat ularning mahsulot ishlab chiqarishdagi bevosita ishtirokiga qaratiladi. Aktiv asosiy vositalar deb mahsulot ishlab chiqarishdan bevosita va bilvosita qatnashuvchi asosiy vositalarga aytiladi. Ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beruvchi asosiy vositalar esa passiv asosiy fondlar sifatida qaralib, ularning tarkibiga bevosita binolar, inshootlar, yerlar (qishloq xo‗jaligi korxonalaridan tashqari) qiymati va h.k. kiritiladi. Tahlil etishda jami asosiy vositalar tarkibida ularning salmoq darajalariga baho beriladi va o‗zgarishlari o‗rganiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Suv xo‗jaligi tashkilotlarning asosiy vositalari o‗z xizmat vazifasini bajarishi bilan bir qatorda eskirib ham boradi. Asosiy vositalarning eskirishi bugungi kunda asosan ikki xil ko‗rinishda bo‗ladi, ya‘ni, jismoniy eskirish va ma‘naviy eskirish. Bugungi kunda ko‗pgina asosiy vosita turlari jismoniy eskirishdan ko‗ra ma‘naviy jihatdan tezroq eskirib qolmoqda. Shu sababli ham korxonalarning asosiy vositalarini batamom eskirib qolishining oldini olish maqsadida, ularga amortizatsiya (eskirish) hisoblab boriladi va asosiy vosita o‗z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga sekin-astalik bilan o‗tkazib boradi. Korxonaning amortizatsiya siyosati bevosita davlat amortizatsiya siyosati asosida belgilanadi. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliq qo‗mitasining 1997-yil 27-fevraldagi me‘yoriy xati hamda 2001-yil 9-yanvardagi Moliya vazirligining yo‗riqnomasiga muvofiq asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashni soddalashtirish maqsadida, quyidagi beshta guruh asosiy vositalarga me‘yorlar belgilangan: 6 Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling