“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot predmeti va ob‟ekti.
Ishning o„rganilganlik darajasi. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va
boshqaruv hisobi bo‗yicha jumladan xorijlik olimlardan Anderson X., Kondrakov N., Mojeenko G., Nidlz B., Sheremet A., respublikamizning yetakchi olimlari Avloqulov A., Vahobov A., G‗ulomova F., Jo‗raev N., Ibrohimov A., Islomov F., 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2910 sonli qarori 3 O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-iyuldagi ―Suv xo‗jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 320-sonli qarori Karimov A., Qo‗ziev I., Ostonaqulov M., Pulatov A., Sotivoldiev A. va boshqa iqtisodchi olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Yuqorida nomlari qayd etilgan olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlaridan foydalanib, biz o‗zimizning bitiruv malakaviy ishimizda ―Uch tom‖ irrigatsiya tizim boshqarmasida asosiy vositalarni hisobini tashkil qilish muammolari, ularning tahlili va yechimlari o‗z aksini topgan. Tadqiqot predmeti va ob‟ekti. Tadqiqotning ob‘ekti bo‗lib, «Uch tom» irrigatsiya tizim boshqarmasining xo‗jalik moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti bo‗lib, uning buxgalteriya hisobi va hisobotlari hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi - iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning xususan, suv xo‗jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobi va ularni tahlil qilishni o‗rganish, hamda ilmiy va xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish yuzasidan ilmiy- nazariy, amaliy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning asosiy maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilab olindi: iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida suv xo‗jalik korxonalarida asosiy vositalarni hisobini tashkil qilishning ob‘ektiv zaruriyati va uning o‗ziga xos xususiyatlarini nazariy jihatdan asoslash; suv xo‗jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobini tashkil qilishning iqtisodiy samaradorlik ko‗rsatkichlari va ularga ta‘sir etuvchi omillarni bir tizimga keltirish; suv xo‗jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobini tashkil qilishning mohiyati va uslubiyati; suv xo‗jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobini tashkil qilishning hozirgi holati va samaradorlik darajasini tahlil qilish; suv xo‗jalik korxonalarida asosiy vositalarni hisobini tashkil qilish tahlili va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish istiqbollarini belgilab berish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling