“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/35
Sana30.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1141423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM

Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari. O‗zbekiston Respublikasi 
konstitutsiyasi, «Suv va suvdan foydalanish to‗g‗risida»gi, ―Byudjet tizimi 
to‗g‗risida‖gi, «Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida»gi qonuni, ―Buxgalteriya 
hisobining milliy standartlari‖ (BXMS), Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 
2017-2021-yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasi, shuningdek, Moliya 
Vazirligining buxgalteriya hisobi va hisoboti uslubiyoti boshqarmasi tomonidan 
ishlab chiqilgan me‘yoriy hujjatlari va yo‗riqnomalari, shuningdek, iqtisodchi-
olimlarning ilmiy ishlaridan keng foydalanildi. 
Ishni amalga oshirishda, «Uch tom» Irrigatsiya tizim boshqarmasining 
moliyaviy faoliyatidan, hukumat tomonidan qabul qilingan huquqiy-me‘yoriy 
hujjatlar, iqtisodiy tahlil, monografik kuzatish, statistik guruhlash, ilmiy 
umumlashtirish, mantiqiy fikrlash va boshqa usullardan keng foydalanildi. 
Ishning nazariy va ilmiy ahamiyati. Olib borilgan BMI tadqiqot natijalari 
turli mulkchilik shaklidagi tarmoqlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish, kadrlar tayyorlashning sifatini oshirish, iqtisodiy samaradorlikni 
oshirishda, buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishning qulay sharoitini 
yaratish imkonini beradi.
BMIning tarkibiy tuzilishi. BMI kirish, 4 ta bob, xulosa va takliflar
foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati, hamda ilovalardan iborat bo‗lib, 72 betdan 
hajmda yozilgan. Ishning tarkibi uning maqsadi va yo‗nalishlarini ifodalaydi.


I bob. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy vositalar hisobi va tahlilining 
nazariy asoslari
1.1 Asosiy vositalar hisobining ahamiyati, maqsadi va vazifalari. 
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish munosabatlari bilan buxgalteriya hisobi 
hisobchilik tizimigina bo‗lib qolmasdan, korxona faoliyatining natijalari haqida 
axborot yig‗ish, ishlash va taqdim etish vositasiga aylanmoqdaki, bu narsa 
manfaatdor tasarrufchilarga asosli qarorlar qabul qilishda yordam berishi lozim. 
Shu munosabat bilan buxgalteriya hisobini tashkil etishning yangi, yagona 
qonunchilik negizini, iqtisodiyotning barcha sohalarida uni yuritish va hisobot 
tuzish uslubiyatini yaratishga ehtiyoj tug‗iladi, uni xalqaro andozalarga 
muvofiqlashtirish zaruriyati yuzaga keladi. 
Buxgalteriya hisobi butun dunyoda xalqaro iqtisodiy muomala tili deb tan 
olingan va u ko‗pdan beri yuzdan ortiq mamlakatda yagona yondashuvlar asosida 
yuritilmoqda. Lekin har birida iqtisodiyot, o‗ziga xos muhit, urf-odat va madaniyat 
xususiyatlari e‘tiborga olingan.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan, O‗zbekiston Respublikasida ham 
buxgalteriya hisobining jahon andozalariga mos tizimini joriy qilishni davrning 
o‗zi taqozo etdi. Shu sababli, Respublikamizda 1996-yil 30-avgustda 
―Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida‖ alohida qonun qabul qilindi. Jahonda qaror 
topgan amaliyotga muvofiq keluvchi yangi, zamonaviy ―Buxgalteriya hisobi 
to‗g‗risida‖gi qonunning qabul qilinishi davr talabidir. Bu qonun respublikamizda 
buxgalteriya hisobi tizimiga asos bo‗ladigan muhim negizlarni va uni yuritish 
andozalarini belgilaydi. Bundan tashqari, u buxgalteriya hisobi sohasida xo‗jalik 
yurituvchi 
sub‘ektlarning huquqlari, majburiyatlari va ma‘suliyatlarini, 
shuningdek, buxgalteriya moliyaviy hisobotlarini tuzish va e‘lon qilishga nisbatan 
qo‗yiladigan talablarni belgilaydi. 
Qonun asosida davlat organlariga zarur bo‗lgan aniq moliyaviy hisobot uchun 
o‗ziga xos buxgalterlik axborotini yig‗ish va taqdim etish imkonini beradigan 
qo‗shma huquqiy baza sifatidagi majburiy me‘yoriy hujjatlar yaratiladi.


Asosiy vositalar – uzoq muddatli davr davomida (bir yildan ko‗proq) moddiy 
ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, 
shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir. 
Suv xo‗jaligi korxonalarida xizmat qilish muddatidan qat‘iy nazar, 
O‗zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 baravaridan kam 
bo‗lmagan miqdorda qiymatga ega bo‗ladigan predmetlar asosiy vositalar 
hisoblanadi. 
Suv xo‗jaligi korxonalarida asosiy vositalar hisobining vazifalari bo‗lib, 
ularni saqlanishini ta‘minlash, ularni butligi va mavjudligi ustidan nazorat qilish, 
maqsadga muvofiq foydalanish hamda ularni hisobda, balansda va hisobotlarda 
to‗g‗ri qayd qilish hisoblanadi. 
Asosiy vositalarga O‗zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy 
andozalarida ko‗rsatilgan talablarga to‗la javob beradigan mehnat vositalari kiradi. 
O‗zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy andozalarida ko‗rsatilgan 
talablarga javob bermaydigan mehnat vositalari xo‗jalik inventarlari tarkibida 
hisobga olinadi.
Asosiy vositalar tarkibiga kiritiladigan mehnat vositalari keyinchalik oylik 
minimum ish haqining o‗zgarishidan qat‘iy nazar asosiy vositalar tarkibida hisobga 
olinadi. 
Bundan tashqari asosiy vositalar tarkibini aniqlashda va ularni hisobga 
olishda quyidagilarni hisobga olish zarur: 
- agar ilgari asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan, ammo qiymati qayta 
ko‗rib chiqilgandan so‗ng kam baholi va xo‗jalik inventarlari tarkibiga olib 
borilishi lozim bo‗lgan mehnat vositalari, texnik xarakteri bo‗yicha (Masalan: 
traktorlar, stanoklar, televizorlar va boshqalar) asosiy vositalar bo‗lgan va xalq 
xo‗jaligi tarmoqlaridagi yagona amortizsiya ajratmalari ko‗rinishida amortizatsiya 
hisoblash ko‗zda tutilgan bo‗lsa bunday mehnat vositalari ham asosiy vositalar 
tarkibida hisobga olinishi zarur. 


- agar ilgari asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan lekin ish haqining 
o‗zgargandan so‗ng kam baholi va xo‗jalik inventarlari qatorida hisobga olinishi 
zarur bo‗lsada ular asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
Quyidagilar asosiy vositalar buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari 
hisoblanadi, (1.1.1-chizma). 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling