“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.2-jadval “Uch tom” Irrigatsiya tizim boshqarmasining asosiy vositalardan foydalanishning samaradorlik ko„rsatkichlari tahlili 23 .
2.2.1 - jadval
Asosiy vositalarning samaradorlik ko„rsatkichlari 22 Ko„rsatkichlar Formula Sanoat ishlab chiqarish fondlari qaytimi Mashina va uskunalar qaytimi Sanoat ishlab chiqarish fondlari sig„imi Mashina va uskunalar sig„imi 22 A.Vahobov, A. Ibrohimov, N. Ishonqulov «Moliyaviy va boshqaruv tahlil».–T.:«SHarq» NMAK, 2005 y. 2.2.2-jadval “Uch tom” Irrigatsiya tizim boshqarmasining asosiy vositalardan foydalanishning samaradorlik ko„rsatkichlari tahlili 23 . Ko‗rsatkichlar 2014 y 2016 y 2016yil 2014yilga nisbatan so‗mda Ishlab chiqarish xajmi(ming sum) 46021381.8 39465390.1 -6555991.7 Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‗rtacha yillik qiymati(ming sum) 3 708 112.5 3743989,2 35876.7 Fondlar qaytimi(1:2)(ming sum) 12,411 10,541 -1,87 Fondlar sig‗imi(2:1)(ming sum) 0,08 0,09 0,01 Asosiy vositalar va ulardan foydalanishning sof tushumga ta‘siri: a)asosiy vositalar qiymatining o‗zgarishi (35876.7x 12,411); X X 455265.7 b)asosiy vositalar qaytimining o‗zgarishi (- 1,87x3743989,2) X X -7001259.8 Korxonada asosiy vositalardan samarali foydalanish 2016 yilda 2014 yilga nisbatan yomonlashgan. Har ming so‗mlik asosiy vosita hisobiga olingan sof tushum 2014 yilga nisbatan 1,87 ming so‗mga kamaygan. Bu salbiy xolatdir. Asosiy vositalar omilining sof tushumga ta‘sirini aniqlashda farqlarni ko‗paytirish usulini qo‗llab tahlil qilish mumkin. Jadval ma‘lumotlaridan ko‗rinadiki, asosiy vositalar qiymatining 2014 yilga nisbatan 35876.7 ming so‗mga ko‗payishi xizmat ko‘rsatishdan olingan sof tushumni 455265.7 ming so‗mga ko‗payishiga ta‘sir etgan. Asosiy vositalardan samarali foydalanishni 2014 yilga nisbatan yomonlashganligini esa sof tushumni 7001259.8 ming so‗mga kamayganligidan 23 ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasining moliyaviy ma‘lumotlari asosida muallif tayyorladi. ko‗rish mumkin. Bundan ko‗rinadiki, o‗tgan 2014 yilga nisbatdan korxonaning asosiy vositalardan samarali foydalanganlik darajasi salbiy tomonga o‗zgargan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy vositalar bilan etarli darajada ta‘minlanganligini o‗rganish bilan bir qatorda, ularning texnik holatiga ham baho berib boriladi. Odatda asosiy vositalar tarkibida yil davomida o‗zgarishlar ro‗y beradi. Yangi asosiy vositalarni kirimi tufayli asosiy vositalar ortib boradi. Eskirgan asosiy vositalarni ishlab chiqarishdan chiqarish tufayli asosiy vositalar kamayishi mumkin. Bunday tabiiy holatlarni ro‗y berishi natijasida asosiy vositalarning texnik holatini tahlil etishimizni taqozo etadi. Asosiy vositalarning texnik holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi; - asosiy vositalarning eskirish darajasi; - asosiy vositalarning yangilanish darajasi. Asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi foiz ko‗rinishida quyidagi tartibda aniqlanadi: ; 100 * qiymati ich boshlang' italarning asosiy vos qiymati qoldiq italarning asosiy vos Asosiy vositalarning eskirish darajasi foiz ko‗rinishida quyidagi tartibda aniqlanadi: ; 100 * qiymati ich boshlang' italarning asosiy vos qiymati eskirish italarning asosiy vos Asosiy vositalarning yaroqlilik va eskirish koeffitsientlari yig‗indisi koeffitsentda 1,0 ga, foizda 100 teng bo‗ladi. Asosiy vositalarning holat ko‗rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ularni tartiblash bo‗yicha boshqaruv qarorlari qa‘bul qilinadi. Asosiy vositalarning holatini o‗rganishda korxona amortizatsiya siyosatiga, asosiy vositalarning ma‘naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo‗yilgan va konservatsiya qilingan asosiy vositalar holatiga muhim e‘tibor qaratiladi. Asosiy vositalarning holat ko‗rsatkichlari ularning harakat ko‗rsatkichlarini o‗rganish asosida to‗ldiriladi. Asosiy vositalarning harakat ko‗rsatkichlariga ularning yangilanishi va chiqib ketish koeffitsentlari kiritiladi. Asosiy vositlarning yangilanish koeffitsenti joriy davrda yangidan kiritilgan asosiy vositalar qiymatini asosiy vositalarning yil oxiriga bo‗lgan qiymatiga bo‗lish orqali topiladi. Asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsienti joriy davrda chiqib ketgan asosiy vositalar qiymatini ularning yil boshiga bo‗lgan qiymatiga bo‗lish asosida aniqlanadi. Ya‘ni ushbu koeffitsientlarni aniqlashni quyidagi formulalar orqali ham ifodalashimiz mumkin: Asosiy vositalarning yangilanish koeffitsientini quyidagicha aniqlanadi: Ishlab chiqarishga yangidan qabul qilingan asosiy vositalar qiymati ---------------------------------------------------- ; Asosiy vositalarning yil oxiridagi boshlang‗ich qiymati Asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsienti esa quyidagi tartibda aniqlanadi: Joriy davrda chiqib ketgan asosiy vositalar qiymati ------------------------------------------------------------- Asosiy vositalarning yil boshiga bo‗lgan qiymati Bu tarkiblashni asosiy vositalarning jami qatori va har bitta tarkibi bo‗yicha berib o‗tish mumkin. Tahlil jarayonlarida asosiy vositalarning yangilanish va ishlab chiqarishdan chiqarish sabablariga ham e‘tibor beriladi. Bunda korxonaning asosiy vositalarini yangilash manbalari bo‗lib: kapital qo‗yilmalar va investitsiyalar; xususiy kapitalning o‗sishi; uzoq muddatli kreditlar va qarzlar; maqsadli moliyalash va subsidiyalar; tekinga olingan asosiy vositalar; grantlar va boshqa manbalar hisoblanadi. Asosiy vositalarni ishlab chiqarishdan chiqarish sabablariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: asosiy vositalarning ma‘naviy eskirishi; asosiy vositalarning jismoniy eskirishi va foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelishi; asosiy vositalarning ortiqchaliligi; asosiy vositalarni sotish; o‗g‗irliklar, yo‗qotishlar va boshqa chiqimlar. ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasi asosiy vositalarning texnik holati va harakat ko‗rsatkichlarini tahlil qilib borish bilan bir qatorda, korxonaning asosiy vositalar bilan ta‘minlanganligi darajasini hamda xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganligi darajasini ham tahlil qilib borish maqsadga muvofiqdir. Korxona (firma)ning asosiy vositalar bilan ta‘minlanganlik yoki qurollanganlik darajasi deb ishlab chiqarishning me‘yor darajasida mehnat vositalari bilan ta‘minlanganligiga aytiladi. Avvalo, korxona (firma)ning mehnat vositalari bilan ta‘mminlanganligida quyidagi jihatlarini farqlash lozim: o‗ziga tegishli bo‗lgan mehnat vositalari bilan ta‘minlanganligi; ijaraga olingan mehnat vositalari hisobiga ta‘minlanganligi. Asosiy vositalar bilan ta‘minlanganlik tahlilida korxona (firma) da asosiy vositalarning rejaga va o‗tgan yillarga nisbatan mutloq va nisbiy o‗zgarishlariga baho beriladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling