“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/35
Sana30.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1141423
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM

2.2.3-jadval 
“Uch tom” Irrigatsiya tizim boshqarmasining asosiy vositalarining 
yaroqlilik darajasining tahlili.(ming so„m)
24
 
Ko‗rsatkichlar 
2014 y 
2015 y 
2016 y 
2016 y 2014 y.ga 
nisbatan 
24
―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasining moliyaviy ma‘lumotlari asosida muallif tayyorladi.


Ming 
so‗mda 

Asosiy 
vositalarning 
boshlangich 
kiymati 
3 708 112.5 
3 893 518,2 
3 743 989,2 
-149 529 
96.2 
Asosiy 
vositalarning 
eskirish qiymati 
2 458 016.5 2 580 917,4 2 695 179,2 
114 261.8 
104.5 
Asosiy 
vositalarning 
qoldiq qiymati 
1 250 096 
1 312 600.8 
1 048 810 
-2637 90.8 
125.1 
Asosiy 
vositalarning 
yaroqlilik 
darajasi % da 
(3:1) 
33.7 
33.7 
28 
-5.7 

2.2.3-jadval ma‘lumotlariga ko‗ra, korxonada asosiy vositalarning 
yaroqlilik darajasi 2014 yilda 33.7% ni tashkil qilgan bulsa, bu ko‗rsatkich 
2016 yil oxiriga kelib 28 % ni ko‘rsatgan. Ya‘ni 5.7 % ga pasaygan. Bu 
ko‗rsatkichning past bulishligi korxona asosiy vositalari tarkibida eskirgan 
asosiy vositalar mavjudligidan dalolat beradi. Korxonada asosiy vositalarning 
qoldiq qiymati 2014 yilda 1250096 ming so‗mni, 2016 yilda esa 1048810 ming 
so‗mni tashkil qilgan. 
Asosiy vositalarning yaroqliligi 28 foizni tashkil etishi korxona
rahbarlarini o‗ylantiradigan holdir, chunki asosiy vositalar tarkibini vaqtida 
yangilash choralari ko‗rilmasa texnologiya eskirib xizmat ko‘rsatish hajmi 
keskin kamayishi mumkin. Natijada korxonaning moliyaviy holati yomonlasha 
boradi. 
Asosiy vositalar bilan qurollanganlik ko‗rsatkichlari sifatida bitta ishchiga 
to‗g‘ri keladigan mehnat vositalari, bir ish o‗rniga to‗g‗ri keladigan asosiy 
vositalar bilan qurollanganlik darajasi aniqlanadi. Asosiy vositalar bilan 


qurollanganlik darajasi ularning samaradorlik ko‗rsatkichlarini o‗rganish asosida 
to‗ldiriladi. Ya‘ni, korxona faoliyatiga faqat miqdor ko‗rsatkichlar orqaligina emas 
balki sifat ko‗rsatkichlarini ham o‗rganish asosida baho beriladi. 
Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash joizki qo‗shimcha qurish, qo‗shimcha
asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlariga asosiy vositalar obektining
o‗zgarishi, amalga oshirilgan ishlar ko‗lami va sifatni yanada yaxshilashga doir 
boshqa hollar tufayli qilinishi lozim bo‗lgan ishlar kiritiladi. Rekonstruktsiya
qilish ishlariga ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy
ko‗rsatkichlarini oshirish bilan bog‗liq bo‗lgan hamda ishlab chiqarish
quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va 
nomenklaturasini o‗zgartirish maqsadlarida asosiy vositalarni rekonstruktsiya
qilish loyihasi bo‗yicha amalga oshiriladigan mavjud asosiy vositalar 
obektlarini qayta qurish kiritiladi. 
Modernizatsiya qilishga ilg‗or texnika va texnologiyalarni joriy etish,
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma‘nan va jismonan
eskirgan uskunalarni zamonaviylashtirish va ularni yangilari, unumdorligi
yanada yuqori bo‗lganlari bilan almash tirish asosida asosiy vositalar va ularning 
ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlarini oshirish bo‗yicha chora-
tadbirlar majmuasi kiradi. 
Asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turish ularni ta‘mirlash 3 xil
ko‗rinishda, ya‘ni joriy, o‗rtacha va kapital tarzda amalga oshiriladi. 
Joriy ta‘mirlash – asosiy vositalar obektini ishchi holatida saqlab turish 
maqsadida amalga oshiriladigan ta‘mirlashdir. 
O‗rtacha ta‘mirlashda ta‘mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va 
detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi. 
Uskunalar va transport vositalarini kapital ta‘mirlash – agregatni to‗liq
ajratib yig‗ish amalga oshiriladigan ta‘mirlashdir, bazaviy va korpus detallari 
va uzellarini ta‘mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki 
tiklash hamda agregatni yig‗ish, sozlash va sinab ko‗rishdir. 



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling