“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


III bob. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida asosiy vositalar hisobi va


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana30.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1141423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM

III bob. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida asosiy vositalar hisobi va 
tahlilini takomillashtirish………………………………………………………47 
3.1. «Uch tom» Irrigatsiya tizim boshqarmasining asosiy vositalar hisobini 
takomillashtirish…………………………………………………………………47 
3.2. «Uch tom» Irrigatsiya tizim boshqarmasining asosiy vositalaridan 
foydalanish samaradorligini yaxshilash yo‘llari…………………………………49 
IV bob. «Uch tom» Irrigatsiya tizim boshqarmasida hayot faoliyat 
xavfsizligi……………………………………………………………………….52 
Xulosa va takliflar……………………………………………………..…59 
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati………………………………….…62 
Ilovalar……………………………………………………………………64 
 
 
 
 


Kirish 
Mavzuning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini barqarorlashtirish ko‗p jihatdan mavjud iqtisodiy 
imkoniyatlar va resurslari salohiyatidan samarali foydalanishga bog‗liqdir.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2017-yil 14-yanvar kuni 
Vazirlar 
Mahkamasining 
mamlakatimizni 
2016-yildagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika 
hukumatining 2017-yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‗nalishlari 
va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‗ishlangan kengaytirilgan majlisidagi 
nutqida ―Qishloq xo‗jaligini modernizatsiya va diversifikatsiyalash bo‗yicha 
amalga oshirilayotgan dasturiy chora-tadbirlar qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarish 
hajmlarini 6,6 foizga, jumladan, meva-sabzavot – 11,2 foizga, kartoshka – 9,7 
foizga, sabzavot mahsulotlari etishtirish 10,4 foizga o‗sishini ta‘minladi‖
1
- deb 
ta‘kidladilar. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli 
farmoniga muvofiq qabul qilingan 2017 — 2021-yillarda O‗zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar 
strategiyasining muhim Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor 
yo‗nalishlari‖ deb nomlangan 3-ustuvor yo‗nalishining Qishloq xo‗jaligini 
modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish‖ deb nomlanuvchi qismida qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa 
zamonaviy bozor xizmatlari ko‗rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirishga katta 
e‘tibor qaratilgan.
So‘ngi yillar ichida 13 ming km ga yaqin suv quvurlari va vodopravod 
tarmoqlari, 1,6 mingtadan ko‗proq suv chiqarish quduqlari, shuningdek, 1,4 mingta 
suv bosimini hosil qiladigan minora va rezervuarlar barpo etildi hamda 
rekonstruksiya qilindi. Natijada xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va 
kreditlarini jalb etish hisobiga, ichimlik suvi bilan taminlanmagan ko‗pgina aholi 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 
bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi. Xalq so‗zi gazetasi. 17.01.2017 yil. 


punktlari sfati va xavfsizligi bo‗yicha zamonaviy talablarga mos keladigan suv 
bilan ta‘minlandi.
2
Mamlakatimizda chuqur o‗zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning 
barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik 
yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur‘atlar bilan rivojlanib 
bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‗lida belgilab 
olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin 
yaratmoqda. Suv xo‗jaligi tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish 
yuzasidan O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi 3226-
sonli ―Qishloq xo‗jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim 
yo‗nalishlari to‗g‗risida‖gi farmoni alohida e‘tiborga loyiqdir. Ushbu farmonga 
asosan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-iyuldagi 
―Suv xo‗jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 
320-sonli qaroriga binoan irrigatsiya tizimlarini boshqarishning ma‘muriy-
hududiy prinsipidan havza prinsipiga o‗tkazildi. Respublikada 10 ta irrigatsiya 
tizimlari havza boshqarmasi, 1 ta birlashgan dispetcherlik markaziga ega 
bo‗lgan Farg‗ona vodiysi magistral kanallari tizimi boshqarmasi, 3 ta magistral 
tizim boshqarmasi, 7 ta magistral kanallar boshqarmasi va 52 ta irrigatsiya 
tizimi boshqarmasi tashkil etildi.
3
Hududiy nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari, 
gidrogeologik-meliorativ 
ekspeditsiyalar 
irrigatsiya 
tizimlari 
havza 
boshqarmalari ixtiyoriga o‗tkazildi. Umuman, amalga oshirilgan tarkibiy 
o‗zgarishlar tufayli 237 ta suv xo‗jaligi tashkilotlari va xizmatlari o‗rnida 73 ta 
suv xo‗jaligi tashkilotlari tuzildi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling