“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/35
Sana30.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1141423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM

1.2.2-jadval 
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash me‟yorlar
7
 
1 Binolar, inshootlar va qurilmalar uchun 
5 % 
2 Yengil avtomobillar, taksilar, yo‗l harakatida foydalaniladigan 
avtotraktorlar, 
maxsus 
buyumlar, 
inventarlar, 
kompyuterlar, 
ma‘lumotlarni qayta ishlovchi uskunalar uchun 
20 % 
3 Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtopritseplar, 
mashina, asbob-uskunalar va mebellar uchun 
15 % 
4 Yuqoridagi guruhlarga kiritilmagan boshqa asosiy vositalar uchun 
10 % 
5 Temir yo‗l, dengiz, daryo va havo transport vositalari, issiqlik, gaz va 
suv uzatuvchi truba provodlar, dizel generatorlari, elektr va aloqa uzatish 
uskunalari uchun 
8 % 
6
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliq qo‗mitasining 1997-yil 27-fevraldagi me‘yoriy xati hamda 
2001-yil 9-yanvardagi Moliya vazirligining yo‗riqnomasi 
7
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliq qo‗mitasining 1997-yil 27-fevraldagi me‘yoriy xati hamda 
2001-yil 9-yanvardagi Moliya vazirligining yo‗riqnomasi asosida muallif tayyorladi 


Ushbu me‘yoriy xatda firma va kompaniyalar uchun amortizatsiya 
hisoblashning o‗zgartirilgan normalarini qo‗llash imkoniyati berilgan, ya‘ni 
sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan (ikki koeffitsientga qadar) usullaridan 
foydalanishligi mumkin. Tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash tartibi qo‗llanilsa, 
me‘yoridan ortiqcha hisoblangan amortizatsiya summasi soliqqa tortiladigan 
foydaga qo‗shilib, o‗rnatilgan tartibda soliq to‗lashlari lozim.
Jahon tajribasida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning turli-tuman 
muhim uslublari mavjud. Bunday muhim uslublariga quyidagilar kiritiladi:

teng ulushlarda, amortizatsiya normalaridan kelib chiqqan holda eskirish 
hisoblash; 

qoldiq usulda eskirish hisoblash

ishlab chiqarish hajmiga muvofiq eskirish hisoblash; 

kumulyativ usulda eskirish hisoblash va hakozo. 
Hozirda O‗zbekiston Respublikasi milliy hisob tizimida amortizatsiya 
hisoblashning asosan ikkita usulidan foydalanilmoqda. 
-Teng ulushlarda amortizatsiyalashning qat‘iy normalarida eskirish hisoblash; 
-Tezlashtirilgan, amortizatsiyalashning qa‘tiy normalarini ikki marta 
oshirilgan holatida eskirish hisoblash usuli. 
Amortizatsiyaning u yoki bu usulining qo‗llanishi albatta asosiy vositalarning 
texnik holatiga ta‘sir etadi. 
Jumladan, tezlashtirilgan usulda amortizatsiya normalariga o‗tish asosiy 
fondlarni yangi asosiy fondlar bilan almashtirishning moliyaviy taminoti va 
ularning manaviy eskirishdan saqlanish imkonini beribgina qolmay, balki mahsulot 
ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini o‗stirish 
imkonini ham beradi. 
Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‗ra ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish vositalariga bo‗linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy 
ne‘matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalardir. Noishlab chiqarish asosiy 


vositalari guruhiga uy-joy hamda kommunal-xo‗jalik, maishiy xizmat, sog‗liqni 
saqlash, ta‘lim va boshqalarning asosiy vositalari kiritiladi. 
Ishlab chiqarish va xo‗jalik faoliyatida asosiy vositalar ob‘ektlardan 
foydalanish darajasiga ko‗ra quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 

foydalanilayotgan; 

zahirada turgan; 

buzuq yoki ishlatish holatida bo‗lmagan asosiy vositalar. 
Asosiy 
vositalarning 
bunday 
guruhlanishi 
ulardan 
foydalanish 
samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy 
vositalarni boshqa korxonaga berish yoki sotish to‗g‗risida qaror qabul qilish, 
shuningdek ularning eskirishini to‗g‗ri hisob-kitob qilish uchun zarur. 
Asosiy vositalar natural-moddiy tarkibiga ko‗ra quyidagi guruhlarga 
bo‗linadi: 
Yer amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulk tarzida berilgan yer 
maydonidir. O‗zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17-moddasiga binoan, 
«Yuridik shaxslar yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik 
qilish, doimiy foydalanish muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish, va mulk 
huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‗lishlari mumkin»
8
. Yerning qiymatiga 
uni xarid qilishda ko‗chmas mulk agentliklariga to‗lanadigan komission to‗lovlar, 
advokatlik xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‗lovlari, drenaj qiymati, 
yerni tozalash va boshqa xarajatlar qo‗shiladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling