“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/35
Sana30.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1141423
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM

 
 
1.2.3-chizma Asosiy vositalarning baholanishi
9
 
Dastlabki qiymat – aktivni xarid qilishda haqiqatda to‗langan pul mablag‗lari 
yoki uni barpo etishda amalga oshirishga haqiqiy xarajatlardir. Xarid qilishning 
haqiqiy qiymati asosiy vositani xarid qilish va uni ishlatish uchun tayyor holga 
keltirishda qilingan barcha xarajatlarni, ya‘ni: xarid narxi, yuridik yig‗imlar va 
boshqa xarajatlarni o‗z ichiga oladi. Tashkilot tekinga oligan asosiy vositalarning 
dastlabki qiymati ekspert yo‗li bilan bozor narxida baholangan qiymat bo‗yicha tan 
olinadi. Tekinga olingan asosiy vositani kirim qilingan sanada amal qilingan narx 
asosida joriy bozor qiymati shakllantiriladi. amaldagi narx to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar ham hujjatlar va ekspert yo‗li bilan tasdiqlanishi kerak. 
Sotish qiymati – asosiy vositalarni bitim paytida manfaatdor taraflar o‗rtasida 
ayirboshlash mumkin bo‗lgan summadir.
Tugatilish qiymati – chiqib ketishiga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib 
tashlagan holda aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida paydo 
bo‗ladigan aktivlarning taxmin qilinayotgan qiymatidir.
9
Moliya vazirligining 2003-yil 9-oktabrdagi 114-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5-sonli Buxgalteriya milliy 
standarti asosida muallif tayyorladi 
dastlabki qiymat
sotish qiymati
qoldiq qiymati
o‗rinini qoplash 
qiymati
tugatish qiymat
Asosiy vositalarning 
baholanishi
 


Qoldiq qiymati – aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamg‗arilgan 
amortizatsiyani chiqarib tashlagan holda asosiy vositalarning dastlabki yoki joriy 
qiymatidir.
O‘rnini qoplash qiymati – korxona aktivdan keyinchalik foydalanish hisobiga 
qoplashni mo‗ljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish qiymati.
Asosiy vosita pulga xarid qilinsa uning qiymati kontraktda ikkilamchi 
bozorda faol ishlayotgan shu singari aktivda aniqlangan bozor narxi bo‗yicha 
ko‗rsatilishi mumkin. Asosiy vositani xo‗jalik yurituvchi sub‘ektning o‗zi 
tomonidan yaratilgan va uni yaratishi chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo‗lgan 
hollarda asosiy vosita haqiqiy tannarx bo‗yicha aks ettiriladi.
Ba‘zi vaqtlarda asosiy vositalarni qayta baholashga ehtiyoj tug‗iladi. Asosiy 
vositalarni qayta baholashda asosiy vositaning butun zanjiri qayta baholanishi 
kerak. Qayta baholash natijasida asosiy vositaning balans qiymati kamaygan 
bo‗lsa, bu kamayish avvalgi bahodan qo‗shadigan summada xarajat sifatida tan 
olinadi.
Asosiy vositalar balansga boshlang‗ich (dastlabki) qiymatida kirim qilinadi, 
qayta baholangandan so‗ng ular qayta baholash qiymati bo‗yicha hisobga olib 
boriladi. Asosiy vositaning boshlang‗ich qiymati deganda asosiy vositani barpo 
etish (qurish va oxirigacha qurib etkazish) yoki asosiy vositalarni sotib olish 
bo‗yicha haqiqatda qilingan xarajatlar qiymati tushuniladi. Asosiy vositani olib 
kelish va montaj qilish, o‗rnatish, foydalanishga topshirish va uni tayinlanishiga 
ko‗ra foydalanish uchun aktivni ish holatiga keltirish bilan bog‗liq bo‗lgan har 
qanday boshqa xarajatlar hamda to‗langan va qoplanmaydigan soliq(yig‗im)lar 
byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarning boshlang‗ich (dastlabki) qiymatiga 
kiritilmaydi. Asosiy vositaning qayta tiklash qiymati deganda asosiy vositaning 
qayta baholashni hisobga olgan holdagi qiymati tushuniladi. Asosiy vositalarning 
boshlang‗ich(dastlabki) qiymati inflyasiya sur‘atlarini hisobga olib vaqti-vaqti 
bilan O‗zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan qayta baholanadi.
Asosiy vositalar hisobi inventar ob‘ektlar doirasida ularni saqlash joylari va 
javobgar shaxslari bo‗yicha olib boriladi. Asosiy vositalarni saqlash uchun 


javobgar bo‗lgan shaxslar AV-13 - shakldagi asosiy vositalarning inventar 
ro‗yxatini hamda ichki kiyimlar, ko‗rpa-to‗shaklar, kiyim-kechaklar va poyafzallar 
bo‗yicha esa M-17-shakldagi materiallarni omborda hisobga olish hisobotini 
yuritadi. Mas‘ul javobgar shaxslar asosiy vositalarning saqlanishini kuzatib boradi 
va barcha o‗zgarishlarning hisobini yuritadi. Mas‘ul javobgar shaxs almashganda 
uning javobgarligida bo‗lgan asosiy vositalar inventarizatsiyasi o‗tkaziladi va bu 
haqda qabul qilib olish - topshirish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma byudjet 
tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
Asosiy vositalarning butligi ustidan nazoratni ta‘minlash va hisobni tashkil 
qilish uchun har bir ob‘ekt(buyum)ga, kutubxona fondlaridan tashqari, inventar 
raqami beriladi. Inventar raqami ob‘ektga biriktirilgan tamg‗aga belgilanadi yoki 
ob‘ektning o‗ziga bo‗yoq bilan va boshqa usullar bilan belgilanadi. 
Asosiy vositalarning ob‘ektiga berilgan inventar raqami uning muayyan 
byudjet tashkilotida bo‗lgan butun davri davomida saqlanib qoladi. Hisobdan 
chiqarilgan yoki tugatilgan ob‘ektlarning inventar raqamlari yangidan olingan 
boshqa asosiy vositalarga berilmasligi kerak. 
Ijaraga olinganda asosiy vositalar ijarachilarda balansdan tashqaridagi 0001-
«Ijaraga olingan asosiy vositalar» schyotida ijaraga beruvchilar tomonidan ularga 
belgilangan inventar raqami bilan hisobga olinadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling