“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/35
Sana30.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1141423
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM

Yerni obodonlashtirish bo‗yicha kapital sarflar tarkibiy yerning unumdorligini 
oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to‗xtash joylarini barpo etish 
hamda shunga o‗xshash boshqa xarajatlar kiradi.
Imoratlar hamda binolarga ishlab chiqarish korpuslari, sexlar, ustaxonalar, 
boshqaruv binolari, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish 
ma‘muriy xo‗jalik va ijtimoiy maishiy maqsadlardagi ob‘ektlar, shuningdek 
ulardan to‗g‗ri foydalanish uchun zarur bo‗lgan jami kommunikatsiya vositalari 
8
O‗zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 17-moddasi 


(isitish, yoritish, shamollatish, suv, gaz ta‘minoti, ichki telefon va signalizatsiya 
vositalari, lift xo‗jaligi) kiradi. 
Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o‗zgartirmagan holda 
ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki vazifalarini bajarishga xizmat 
qiladigan ob‘ektlar (neft va gaz quduqlari, shaxta yo‗llari, avtomobil yo‗llari, 
ko‗priklar, estakadalar, suv omborlari va boshqalar) kiradi.
Uzatuvchi moslamalarga mashina dvigatelidan ish mashinalariga elektr, 
issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek suyuq va gazsimon mollarni bir 
ob‘ektdan boshqa ob‘ektga yetkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr 
uzatish yo‗llari, quvur yo‗llari, issiqlik va gaz tarmog‗i hamda boshqalar) kiradi.
Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va o‗z 
navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi:
- kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan 
yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib beradigan generator mashinalar, 
dvigatel 
mashinalar 
(qozonxonalar, 
bug‗ dvigatellari, turbinalar, kuch 
transformatorlari va boshqalar)dir;
- ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, 
kimyoviy yoki boshqa yo‗sinda texnologik ishlov berishga ularni ishlab chiqarish 
jarayonida kuzatib qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar 
(stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir;
- o‗lchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari 
foydalanadigan texnika ishidagi turli parametr (ko‗rsatkich)larni o‗lchash, ishlab 
chiqarish jarayonlarini boshqarish, xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar 
sifatini tekshirish, namlik darajasini shovqin ta‘siri va boshqalarni o‗lchashda 
ishlatilinadi. Ularga monometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va 
boshqalar kiradi;
- hisoblash texnikasi ma‘lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta 
ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa kompyuter 
vositalari kiradi. 


- boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o‗tilmagan mashina va 
jihozlar (o‗t o‗chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi.
Transport vositalari kishilar hamda buyuk va turli maqsadlardagi narsalarni 
tashishga mo‗ljallangan harakat vositalari (temir yo‗l, suv, avtomobil, kommunal 
transporti va muhim neft quvur yo‗llari)dir;
Asbob va uskunalar qo‗l mehnati jarayonida ishlatilinadigan yoki ish 
qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar, 
(elektrorotrellar, vibratorlar)dir;
Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini yengillashtirishda 
ishlatilinadi. Ularning tarkibiy bak, konteyner, inventar idishlari kiradi.
Xo‗jalik inventari idora (ofis) ishlarini va xo‗jalikni yuritishda zarur bo‗lgan 
mehnat vositalaridir.
Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir etilgan mol (ot, ho‗kiz, sigir)lar 
bo‗lib, alohida inventar ob‘ekti sifatida hisobda aks ettiriladi.
Ko‘p yillik daraxtlar alohida hiyobon, park, bog‗dagi miqdori va yoshidan 
qat‘iy nazar ekilgan daraxtlar guruhidir. 
Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari ijaraga olingan asosiy 
vositalar kiradi. Shuningdek, xizmat qilish muddati va qiymatidan qatiy nazar 
quyidagi inventar va xo‗jalik jihozlari ham asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi: 
a) maxsus asboblar va moslamalar (ayrim buyumlar turkum va yalpi ishlab 
chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun 
mo‗jallangan maqsadli asboblar va moslamalar); 
b) maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus poyafzallar; 
v) yotoq jihozlari; 
g) kanselyariya jihozlari(kalkulyatorlar, stol jihozlari va boshqalar); 
d) oshxona va ovqatlanish xonasi inventarlari, shuningdek ovqatlanish xonasi 
choyshablari; 
e) qurilish-ta‘mirlash ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik qurilma 
va moslamalar (titulsiz inshootlar). Asosiy vositalar hisobi, kutubxona fondlaridan 
tashqari, tiyinlarsiz to‗liq so‗m hisobida olib boriladi. 


«Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga binoan asosiy vositalar quyidagi 
baholarda baholanadi: 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling