“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
IV bob. «Uch tom» irrigatsiya tizim boshqarmasida hayot faoliyat xavfsizligi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM
IV bob. «Uch tom» irrigatsiya tizim boshqarmasida hayot faoliyat xavfsizligi
Hayot-faoliyati va mehnatning shakllari xilma xildir. Ular turmushda, jamiyatda, madaniyatda, ishlab chiqarishda, ilmda va boshqa xayot soxalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma‘naviy jarayonlarni o‗z ichiga oladi. Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash mumkin, ya‘ni bir-biri bilan to‗g‗ri va qaytma aloqada bo‗ladigan inson va muhit elementlaridir. Ko‗ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqaruvchi hodisa, ta‘sir va boshqa jarayonlar xavflar deb ataladi. Xavflar yashirin (potensial) va real turlarga ajratiladi. Xavflar uchun quyidagi belgilar xarakterlidir: xayotga taxlika, sog‗likka zarar, inson a‘zolari ishlashining qiyinlashishidir. Tajriba shuni ko‗rsatadi, har qanday faoliyat potensial xavflidir. Bu tasdiqlanish aksiomal xarakterga egadir va bir vaqtning o‗zida tan olinadiki, xavf (tavakkal) darajasini boshqarsa bo‗ladi, ya‘ni kamaytirsa bo‗ladi. Bu tasdiqlanish esa ma‘qul bo‗lgan tavakkal konsepsiyasiga olib keladi. U absolyut xavfsizlikga erishib bo‗lmasligini tushunishga asoslanadi. Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo‗lib, ma‘lum ehtimolikda xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir. Xavfsizlik - bu insonlar oldiga ko‗yilgan maqsaddir. Hayot faoliyati xavfsizligi esa maqsadga erishishning vosita, yo‗l va usullaridir. ―Hayot-faoliyat xavfsizligi‖ - xavflar va ulardan himoyalanishni o‗rganadi. Hayotiy faoliyat xavfsizligi - bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir.Insonning hamma faol harakati (mehnat jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportda) uning faoliyatini tashkil qiladi.HFX fanining diqqat markaziga qo`yilganmaqsad bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi roli. Faoliyat-insonning jamiyatda mavjud bo`lishi uchun kerakli sharoitga aytiladi. Xavfsizlik – bu ayrim ehtimollarga asoslanib paydo bo`ladigan xavf hatarlarni istisno etilgan faoliyat holatidir. Xavflar-yashirin (potentsial) va haqiqiy bo`ladi. Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bo`lishi lozim. Bu shartlar sabab deb ataladi. Hayot faoliyatining xavfsizligining maqsadi xavf-xatarlarni o`rganish va insonni himoya qilishdan iborat harakatlar majmuidir. Mehnat havfsizligi – mehnat sharoitining shunday holatiki, unda ishlovchilarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta'siri istisno qilingan. Ishlab chiqarish sharoitida insonga jarohat etkazilishi bu fizikaviy va kimyoviy xavfli ishlab chiqarish omillari borligini bildiradi. Mehnat sharoitining yaxshilanishi ijtimoiy natijalarga-ya'ni mehnatkashlarning sog`lig`ini yaxshilash, o`z ishidan mamnunlik darajasini oishirish, mehnat intizomini mustahkamlash, ishlab chiqarish va jamoat faoliyatini oshirishga olib keladi.Mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan korxona ekspluatatsiyasiga tushirilmasligi kerak.O`zbekistonda mehnat muhofazasi ko`plab qonun chiqaruvchi rasmiy hujjatlar bilan belgilab qo`yilgan bo`lib, tartibga solib va boshqarib turiladi. O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida, mehnat haqidagi qonunlar asoslarida mehnat muhofazasiga oid asosiy nizomlar keltirilgan. Korxonalarda sog`lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish davlat ahamiyatiga molik ishdir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq davlatimiz fuqarolari, millati va irqidan qat'iy nazar, teng huquqlidirlar. Ayollarga erkaklar bilan teng huquqi berilgan. Sharoiti og`ir va zararli ishlarda ayollar va yoshlar mehnatidan foydalanish ta'qiqilanadi. Homilador ayollarning tunda va ishdan tashqari vaqtda ishlashlari cheklangan. Homilador ayollarga bola tug`ilishidan oldin 70 kun, tug`ilishdan 56 kun ta'til beriladi. 2 va undan ortiq bola tug`ilsa yoki tug`ilish me'yorli bo`lgan hollarda70 kun ta'til beriladi. Hozir haq to`lanadigan ta'til vaqti 2 yilgacha, o`z hisobidan olinadigan ta'til 3 yilgacha cho`zilgan.Homilador ayollar yengil ishlarga yoki to`liqmas ish joylariga o`tkaziladilar. 16 yoshga to`lmagan yoshlarni ishga qabul qilish ta'qiqlangan. Fuqarolar muhofazasi- umumdavlat mudofa siyosatlaridan biri bo`lib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, xalq xo`jaligi tarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta'minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Favqulodda vaziyat -ma'lum hududda yo`z bergan falokat, halokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning o`limiga, salomatligiga, tevarak atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli moddiy zarar yetkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir. Favqulotda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda kelgan vaziyat. Favqulodda vaziyatlar tavsifiga ko`ra (kelib chiqish manbaiga ko`ra): 1. Tabiiy tusdagi FV; 2. Texnogen tusdagi FV; 3. Ekologik tusdagi FVlarga bo`linadi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqoralar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, Favqulodda vaziyatlar yo`z berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishni tashkil etish va uning faoliyatini ta'minlash, fuqaro muhofazasiga javob beradigan barcha shart- sharoitlar korxonada ko`rib chiqilgan. Yonuvchi modda bilan havodagi kislorodning o`zaro ta'siri natijasida juda tez kechuvchi va ko`pmiqdorda issiqlik ajralib chiquvchi kimyoviy reaksiyaga yonish deyiladi. Shuni aytish kerakki, havodagi kislorod miqdori 15 % dan yuqori bo`lgandagina oksidlovchi vazifasini bajara oladi, undan past konsentrasiyadaesa yonish sodir bo`lmaydi. ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasi binolarida ishlovchilarni mehnat muxofazasi – ish jarayonida inson xavfsizligi, salomatligi va ish qobilyatini oshirishni ta‘minlovchi qonunlar sistemasi hamda ularga muvofiq keladigan sotsial - iqtisodiy, tashkiliy texnikaviy, gigienik va davolash profilaktikasi tadbirlari hamda vositalari. Binolarda to‗liq zararsiz va xavfsiz ishlash uchun sharoit yaratish mumkin emas. Shu sababli mehnat muhovazasining vazifasi zararli va xavfli ishlab – chiqarish omillarining ishlovchilarga ta‘siri eng kam darajaga keltirishga imkon beradigan chora - tadbirlarni ko‗rishdan, xodimlarning shikastlanishini oldini olishdan, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga yordam beradigan qulayliklarni yaratishdan iborat. Uch tom irrigatsiya tizimi boshqarmasi binolarida ishlovchilarni jarohatlanish va kasallanishlarning barcha sabablarini shartli ravishda quyidagilarga birlashtirish mumkin texnik, tashkiliy sanitariya – gigienik, psixofiziologik, iqtisodiy va xodimning aybi bilan yuz beradigan kasalliklar. Texnik sabablar: uskuna va moslamalarning, to‗siq qurilmalarning tormoz sistemasining ishlamasligi yoki nosozligi, gidravlik sistemaning zich emasligi tufayli kelib chiqadi. Tashkiliy sabablar: ish joylarining uskuna moslama va yordamchi asboblar bilan etarli ta‘minlanganligi, yuk ko‗tarish vositalari, bog‗lab qo‗yuvchi moslamalarning yo‗qligi, yo‗l yo‗riqning o‗z vaqtida berilmaganligi va mehnat muhovazasi bo‗yicha o‗qitish ishlarining sust olib borilganligi, mexnat xavfsizligi bo‗yicha ko‗rsatmalari yo‗qligi, xodimlarlarning o‗z vaqtida maxsus kiyimlardan bilan ta‘minlanganligi, dam olish va mexnat qilish tartibini buzilishi tufayli kelib chiqadi. Ruxiy xolat sabablariga: ishning hamisha bir xilligi, qattiq jismoniy mexnat tufayli zo‗riqishi kishi organizmiga ish joyining ruxiy analitik, fiziologik jixatdan mos kelmasligi, charchashi, jamotchilik orasidagi nosog‗lom muxit tufayli kelib tushadi. Iqtisodiy sabablari: mehnat muhovazasi masalalariga sovuqqonlik bilan qarash, shuningdek oylik maoshlarini o‗z vaqtida bermaslik va xodimlarlarining yuqori ish unumiga erishishga intilmasligi, ish sharoitlarini yaxshilash tadbirlariga etarli mablag‗ ajratilmasligi tufayli kelib chiqadi. Xodimlarning aybi bilan sodir bo‗ladigan baxtsiz xodisalar qatoriga xodimlarning intizomsizligi, ishga betob yoki mast holda kelishi kiradi.. Baxtsiz xodisalar va kasbiy kasallanishlar natijasida jarohatlanuvchi ziyonni qoplash. Xodimlar va xizmatchilar mexnat vazifalarini bajarish paytida ularning sog‗lig‗iga ziyon keltirilsa yoki mayib bo‗lib qolsa, moddiy javobgarlik to‗liq bank zimmasiga yuklanadi. Ish bilan ta‘minlovchilar tomonidan xodimlarlarni mehnat vazifalaridan foydalanishda ularni shikastlanishi kasbiy kasallanish yoki salomatligiga boshqa keltirilgan ziyonni qoplash O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 1 fevralda (48 sonli) ―Qoidalar‖iga asosan amalga oshiriladi. Jarohatlanuvchiga bank tomonidan to‗lanadigan pulning miqdori jabrlangan odamning o‗rtacha oylik ish haqiga bog‗liq, uni kasbiy qobiliyatini yo‗qotganlik darajasi (TMEK) – tibbiy mehnat ekspert komissiyasi va va kasaba uyushmasi qoshidagi mehnatni muhovaza qilish komissiyasi xulosasini xisobga olgan xolda ma‘muriy tomonidan belgilanadi. Mehnat mayibligi tufayli belgilangan nogironlik nafaqasining miqdori – qoplash uchun ajratilgan mablag‗ hisobidan olinadi. Yong‗in xavfsizligi: Yong‗innig sabablari va oldini olish chora – tadbirlari. Yong‗in – maxsus manbada bo‗lmagan va moddiy zarar keltiruvchi nazoratsiz yonishdir. Xo‗jalikda yong‗inga quyidagilar isitish pechlarini qurish yoki ishlatish qoidalarini buzish ishlab chiqisharishda yoki uyda olovni ehtiyotsizlik bilan ishlatish, kerasinda ishlaydigan yoritish yoki qizdirish asboblarini noto‗g‗ri o‗rnatish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish ya‘ni, yashin yoki statik elektr razryadlar, mashinalar va ishlab chiqarish jixozlarining nosozligi hamda ularni ishlatish koidalariga rioya etmaslik, elektr kurilmalaridagi qisqa tutashuvlar yoki ularni erga ulanib qolishi, elektr ishlarida nagruzkaning yo‗l qo‗yilmaydigan darajada ortib ketishi va ulardan uchqun chiqishi, yong‗inning o‗z-o‗zidan yonib ketishi sabab bo‗ladi. Yong‗inning olidini olish tadbirlari: tashkiliy (ko‗ngilli o‗t o‗chiruvchi drujinalari yoki yong‗indan muxofazalash drujinalari tuzish, omma orasida tushuntirish ishlarini olib borish). Texnikaviy tadbirlarga quyidagilar kiradi: yong‗in yoki portlash jixatdan xavfli xonalarga alohida konstruksiyali elektrjixozlaridan foydalanish, nosoz peyalar, mashinalar, elektr jixozlardan, shuningdek oson alangalanadigan suyuqliklar saqlanadigan yoki ishlatiladigan joylarda olovdan foydalanishni ta‘qiqlab qo‗yish, yashin ko‗targichlar o‗rnatish, chiqqan yong‗inning tarqalishiga yo‗l qo‗ymaslik choralarini ko‗rish. (Ob‘ektlarni o‗tga chidamli materiallardan qurish yong‗in aloqasi hamda signalizatsiyasini o‗rnatish.) Birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish. Kuyganda birinchi yordam. Kuyish teriga yuqori haroratlarning (termik) shuningdek kislota, ishqor, fosfor va boshqalarni, (kimyoviy) ta‘siri natijasida sodir bo‗ladi. Kuyishning og‗irligiga qarab ularni 4 darajaga bo‗lish mumkin. Birinchi darajali kuyishda terini qizarib shishishi kuzatiladi; ikkinchisida suyuqlikka tulgan, pufachalar hosil bo‗ladi; uchinchisida teri jonsizlanadi; to‗rtinchisida teri kuyib ko‗mirga aylanadi. Birinchi darajali kuyishda kuygan joylari toza suvda yuviladi, undan keyin spirt, odekolon yoki kaliy permanganatning kuchsiz aralashmasi bilan hullanadi. Ikkinchi darajali kuyishda terining kuygan qismlariga pufaklari kuchirilmasdan sterilllangan bogich kuyiladi. Konsentrlangan kislatalardan kuyganda (sulfat kislatalardan tashqari) terining kuygan yuzi 15 – 20 minut davomida sovuq suv, sovunli suv va ichimlik (3 %li ) soda aralashmasi bilan yuviladi. Ishqordan kuygan teri suv bilan yuviladi., so‗ng 2 %li sirka yoki limon kislata aralashmasi bilan ishlov beriladi. Ishlov berilgandan keyin terining kuygan yuzasiga zararsizlantirilgan bog‗ich quyiladi. Aptechkada quyidagilar bo‗lishi zarur: a) ichimlik soda – 200 gr b) validol – 30 dona c) barot kislata-60 gr d) leykoplaster-(1x15 sm)-5 dona e) vazelin – 50 gr f) rezina arqon -1 dona g) shaxsiy paket – 10 dona h) bint-10 dona i) naftadel spirti – 20 gr j) paxta -100 gr k) shinalar-komplekt l) yod eritmasi. Aptechkalardagi tibbiy preparatlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: ichimlik soda-kislata kuydirilganda ko‗zni yuvish va og‗izni chayish maqsadida ichimlik sodanining 2-4 %li eritmasini tayyorlash uchun; validol-asab sistemasini tinchlantirish va yurak atrofidagi og‗riqlarni yo‗qotish uchun; borat kislatasi ishqor ta‘sirida kuyganda ko‘zni yuvish va og‗izni chayish maqsadida 2-4 %li eritma tayyorlanadi. Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishning umumiy qoidalari. Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishdan oldin kuyidagi ishlarni bajarish lozim. -jarohatlanish sabablarini yo‗qotish (masalan, jarohatlanuvchini gazlar, zaxarlar to‗lgan xonadan olib chiqish), elektr simini olish elektr toki urganda jaroxatlanuvchining ahvolini yomonlashtiradigan barcha narsalarni yo‗qotish jarohatlanuvchi ustidagi yukni, devor parchalarini olish, yonayotgan joydan olib chiqish; -jarohatlanuvchining umumiy ahvolini aniqlash va birinchi navbatda odam xayoti va salomatligiga eng ko‘p xavf tugdirayotgan narsani yo‘qotish (masalan, arteriyalar kesilganda qon oqishini tuxtatish, nafas olish tuxtab qolganda va yurak faoliyati buzilgan bulsa, sun‘iy nafas oldirishni yoki yurakni uqalashni boshlash va x.k. Elektr tokidan shikastlanish. Ehtiyotsizlik, komoyuter texnikasining nosozligi yoki tabiiy ofat sodir bo‗lganda ko‗pincha odamlarni tok urib shikastlanishi mumkin. Bunday hol shikastlangan kishilar va qutqaruv ishlarini olib borayotganlar Bilan ham yuz berishi mumkin. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling