“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/35
Sana30.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1141423
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
9TNIgdD707VpuFi442DVzAqkpX0C9Lpt2geZ2RLM

 


Xulosa va takliflar 
O‗zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashuvi bilan turli mulkchilikdagi 
korxonalar, kichik va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatlarini rivojlantirish 
uchun uzoq muddatli aktivlar, xususan asosiy vositalarning texnik holati, 
samaradorligi, fond qaytimi va ularni auditini tashkillashtirishga alohida e‘tibor 
berilmoqda. Mamlakatimizning buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit 
bo‗yicha yetakchi tadqiqotchilarining ilmiy ishlarida uzoq muddatli aktivlarni 
asosiy qismini tashkil etuvchi asosiy vositalar hisobi keng qamrovda ko‗rib 
chiqilgan. 
Suv xo‗jaligi tashkilotlari o‗zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni 
bajarish bilan bog‗liq bo‗lgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek, ishlab 
chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‗rsatish) jarayonida foydalaniladigan
qiymatidan qat‘iy nazar 1 yildan ortiq xizmat qilish muddatiga ega bo‗lgan moddiy 
aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar tarkibida hisobga oladi va aks 
ettiradi. 
Buxgalteriya hisobi oldiga qo‗yilgan vazifalardan kelib chiqqan xolda shuni 
ta‘kidlash zarurki, asosiy vositalarni hisobga olishda ayniqsa ularni kirimini 
rasmiylashtirish, baholash va tegishli hujjatlarda qayd etish masalalariga katta 
e‘tibor qaratmoq lozimdir. 
Ushbu mavzu borasida izlanish olib borish davrida ―Uch tom‖ Irrigatsiya 
tizimi boshqarmasida asosiy vositalarni samarali foydalanish tahlilining xozirgi 
zamon muammolari ko‗tarilib, ularni bartaraf qilishda tegishli taklif, tavsiya, fikr 
va xulosalar bildirildi. Ulardan birinchisi, asosiy vositalarni samarali foydalanish 
tahlilining nazariy asoslarini o‗rganib, bu boragi takliflarni keltirish, ikkinchisi, suv 
xo‗jaligi tarmog‗ida uning o‗ziga xos ishlab chikarish xususiyatlaridan kelib 
chiqqan xolda asosiy vositalarni samarali foydalanish tahlil qilishning 
takomillashtirish natijasida samaradorlikka erishishdir. 
Keltirilgan fikrlar asosida shunday xulosa qilish mumkinki, iqtisodiyotning 
barcha tarmoqlarida olib borilayotgan hisob siyosatida buxgalteriya xisobi 
turlarining tutgan o‗rni va axamiyati bir xil emas va ularni o‗rnini belgilovchi 


ko‗rsatkich bo‗lib, tarmoq ishlab chikarishining o‗ziga xos xususiyati xizmat 
kiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xisobda o‗ziga xoslikka ega bo‘lgan asosiy 
vositalarni samarali foydalanish tahlilining nazariy va uslubiy masalalari bo‘yicha 
olib borilgan ishlar asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 
1. Suv xo‘jalik tashkilotlarini modernizatsiya qilish asosida ―Uch tom‖ 
Irrigatsiya tizim boshqarmasining samaradorligini yanada oshirishda korxonadagi 
mavjud asosiy vositalarni xarakatini to‗g‗ri hisobga olish, ularga eskirish 
hisoblashni o‗z vaqtida amalga oshirish, foydalanishga yaroqsiz bo‗lgan asosiy 
vositalarni hisobdan chiqarish va asosiy vositalar hisobini takomillashtirishga
e‘tiborini qaratishi lozim; 
2. ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizim boshqarmasida mavjud asosiy vositalar 
ma‘naviy va jismoniy eskirgan (korxona 2003 yilda tashkil etilgan). Shuni 
hisobga olgan holda korxonadagi asosiy vositalar bazasini yangilash, mavjud 
asbob-uskunalarni lizing shartnomalari asosida yangilash; 
3. Asosiy vositalar harakati to‗g‗risidagi hisobot shakli bugungi kunga kelib 
moliyaviy hisobotlar qatoridan olib tashlandi. Bizning fikrimizcha ushbu hisobot 
shakli xammada tuzilishi maqsadga muvofiq bo‗lar edi, chunki u orqali asosiy-
vositalarni yangilash darajasi qilinadi. 
4. ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasida asosiy vositalarni samarali 
foydalanish tahlil qilish jarayonidagi tavsiflashni qayta ko‗rib chiqish lozim. 
5. ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasida asosiy vositalarni samarali 
foydalanish tahlilini to‗g‗ri tashkil qilish va ularning o‗ziga xos tashkiliy–
texonologik xususiyatlarini hisobga olishni taqozo qiladi. Bitiruv malkaviy ishda 
―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasining o‗ziga xos tashkiliy-texnologik 
xususiyatlari ochib berildi va asosiy vositalarni samarali foydalanish tahlilini 
to‗g‗ri tashkil qilish bilan bog‗lik xarajatlarini hisobga olishning o‗ziga xos 
xususiyatlari ochib berildi va asoslanildi. 
6. ―Uch tom‖ Irrigatsiya tizimi boshqarmasida asosiy vositalarni samarali 
foydalanish tahlilini to‗g‗ri tashkil qilishda xarajatlarni tejash va maqsadga 


muvofik sarflashni va buning ustidan nazoratni tashkil etish uchun zarur 
ma‘lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va ularni rahbar hamda mutaxassislarga 
yetkazib berishda korxona amal qilayotgan asosiy vositalarni samarali foydalanish 
tahlilini to‗g‗ri tashkil qilish usulini to‘g‘ri tanlash aloxida ahamiyatga ega ekanligi 
ko‘rsatilgan.
Qilingan xulosalar va keltirilgan takliflar bizning fikrimizcha, ―Uch tom‖
Irrigatsiya tizimi boshqarmasining buxgalteriya xisobini yanada takomillashishiga 
yordam beradi deb, hisoblaymiz va bu moliyaviy hisob ma‘lumotlaridan 
foydalanuvchilar uchun zarur ma‘lumotlar bilan yanada to‘lik va ishonchli 
ta‘minlanishlariga yordam beradi. Keltirilgan takliflarni suv xo‗jalik 
tashkilotlarining boshqaruv hisobida qo‘llanishi tashkilot faoliyatini rivojlantirish 
bilan bog‗lik tegishli qarorlarni to‗g‗ri qabul qilinishini ta‘minlaydi. 



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling