xususiy xarajatlarning o‘rtacha qiymati
Bunday koeffitsient xususiy kapitaldan foydalanish darajasini, ya’ni korxona tomonidan xususiy kapitalning o‘rtacha qiymatiga qancha sof foyda olinganligini ko‘rsatadi.
4. Asosiy kapital (fondlar) rentabelligi – bu asosiy fondlar va boshqa oborotdan tashqari aktivlarning foydaliligi. U quyidagicha aniqlanadi:
sof foyda
Rak= —————————————————
ko‘p muddatli aktivlarning qiymati
5. Permanent kapital rentabelligi – bu permanent kapitalning foydaliligi, natijaliligidir. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
sof foyda
Rp= ———————————————————
permanent kapitalning o‘rtacha qiymati
6. Aylanma kapitalning rentabelligi – bu aylanma kapitalning foydaliligi, natijaliligi. U har bir so‘mli aylanma kapitaldan qanchalik foyda olish mumkinligini ko‘rsatadi. Uni quyidagi formula asosida aniqlash mumkin:
sof foyda
Ra= ———————————————————
aylanma kapitalning o‘rtacha qiymati
7. Qarzga olingan kapitalning rentabelligi – bu qarzga olingan kapitalning foydaliligi, unumliligi. U quyidagicha aniqlanadi:
sof foyda
Rq= ————————————————————
qarzga olingan kapitalning o‘rtacha qiymati
Bu koeffitsient har bir so‘mli qarzga olingan kapital qancha foyda keltirganligini ifodalaydi.
8. Real asosiy kapitalning rentabelligi uning foydaliligini ifodalaydi va har bir so‘mli real asosiy kapital qancha so‘m foyda keltirganligini ko‘rsatadi. U quyidagi formula asosida aniqlanadi:
sof foyda
Rrk= —————————
9. Investirlangan kapital rentabelligi – bu investitsiya mablag‘larining natijaliligi, foydaliligi. Bu ko‘rsatkich investitsiya tufayli olingan mablag‘larning qanchalik samara berishini ifodalaydi va quyidagi formula orqali aniqlanadi:
soliqlarsiz foyda Q to‘langan foizlar summasi
Rik= ————————————————————————
Do'stlaringiz bilan baham: |