Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan
Download 0.66 Mb.
|
умк СМЕТА 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- QURILISH ISHLAB CHIQARISHINI DIVERSIFIKATSIYALASH ASOSLARI Diversifikatsiyaning mohiyati va uning turkumlanishi
Qisqacha xulosalar
1. Mahsulot tannarxi sanoat korxonalari faoliyatining muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga sarflangan mablag‘lardan tashkil topadi. SHu sababli mahsulot tannarxini arzonlashtirishning ahamiyati beqiyosdir. Uni pasaytirish foyda (daromad)ning oshishiga, narxlarning pasayishiga imkoniyat yaratib beradi. 2. Foyda (daromad) korxona (firma) faoliyatini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. U moddiy ishlab chiqarishda yaratilgan sof daromadning bir qismi bo‘lib, davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida asosiy manbalardan biri bo‘lib hisoblanadi. 3. Ishlab chiqarish rentabelligi sanoat ishlab chiqarishi, uning tarmoqlari va korxonalarning iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Nazorat va muhokama uchun savollar Tannarx va qiymat muammolari. Tannarxning tarkibi, strukturasi va uni pasaytirish yo‘llari. Foyda va uni maksimallashtirish masalalari. Rentabellik va uni hisoblash usullari. QURILISH ISHLAB CHIQARISHINI DIVERSIFIKATSIYALASH ASOSLARI Diversifikatsiyaning mohiyati va uning turkumlanishi Iqtisodiyot fanida “diversifikatsiya” tushunchasining ko‘plab izohlari mavjud. Umumiy ma’noda diversifikatsiya - bu xo‘jalik faoliyatini yangi soha, bozor va tarmoqlarga kiritish demakdir. U iqtisodiy va ishlab chiqarish diversifikatsiyalariga ajratiladi. Iqtisodiy diversifikatsiya – bu bitta firmada turli rentabellikdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishini birlashtirish bo‘lib, u ishlab chiqarishdagi tuxtalishlarni manipulizatsiyalash imkonini beradi. Qurilishda iqtisodiy diversifikatsiyani amalda qo‘llashning iloji yo‘q, chunki qurilish firmalari rentabelligi deyarli bir xil bo‘lgan hamma qurilish-montaj ishlari (rentabelligi 8-10% atrofida farq qiladigan ishlar)ni bajarish bilan buyurtma (ob’ekt)li faoliyatni amalga oshiradi. SHu sababli qurilish uchun ishlab chiqarish diversifikatsiyasi ancha muhim ahamiyat kasb etadi. Qurilish ishlab chiqarish diversifikatsiyasi bu bir-biri bilan bog‘langan yoki bog‘lanmagan ishlab chiqarish turlarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirish orqali qurilish va noqurilish bozorlarining yangi sektorlarga kirib borishi yoki tovarlar ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar)ni har xil jinsli faoliyat sferalarida uyg‘unlashtirishdir. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini korxona faoliyatining asosiy ishlab chiqarish bilan bog‘langan yoki bog‘lanmagan sferasini kengaytirish sifatida tushunish mumkin. Qurilishda ishlab chiqarish diversifikatsiyasining quyidagi yo‘nalishlari mavjud: uy-joy qurilishi kombinatlari tipidagi korxonalarga o‘xshash korxonalarni tuzish orqali qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni bitta tizimga birlashtirish; qurilishni loyihalashtirish va qurilishni bitta ishlab chiqarish tizimiga birlashtirish, bunda loyihalash-qurilish firmalari tipidagi korxonalar yaratiladi; bu ikki faoliyat turini birlashtirish orqali ahamiyat tarzdagi iqtisodiy salohiyatga erishiladi, bu esa firma ichida har xil qurilish masalalarini operativ echish bo‘yicha katta imkoniyatlarni to‘plash imkoniyatini yaratadi, natijada firma qurilish bozorida ancha egiluvchan holatni egallab oladi; injenerning firmalar yaratish, ular tugallangan ob’ektlar yaratish bo‘yicha bajariladigan barcha ishlar va xizmatlar kompleksini o‘z faoliyatiga kiritadi, bu firmalar ob’ektlarni loyihada ko‘rsatilgan quvvat bilan ekspluatatsiya (foydalanish)ga tayyorlab beradi (shu bir qatorda infrastruktura yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektlar qurilishi bilan ham shug‘ullanadi); qurilish materiallarini ishlab chiqarishni tashkil etish va qurilish ishlab chiqarishi chiqindilari, nokonditsion mahsulot, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishda to‘plangan chiqindilarini qayta ishlash asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan qurilish bozoriga chiqish; asosiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shu asosida qurilish firmasi ishchi-xodimlarining kvalifikatsiyasidan u yoki bu me’yoriy foydalanishni yo‘lga qo‘yish (masalan, mebel ishlab chiqarish asosida). Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi qurilish tashkiloti samaradorligini oshirish va iqtisodiy turg‘unligini ta’minlash yo‘nalishlaridan biri deb hisoblanadi. Tor ixtisoslik qurilish tashkilotining ishlarni pudrat asosida olish imkoniyatini pasaytirayotgan vaqtdagi qattiq raqobat sharoitlarida rivojlanishining ushbu yo‘nalishi ayniqsa juda dolzarb bo‘lib qolmoqda. O‘z faoliyatini diversifikatsiyalash istagi kapital mablag‘larning zarurligi, xavf-xatarga yuz tutishini (taxminlarni) pasaytirish, mahsulot ishlab chiqarishda to‘xtalishlarni bartaraf etish, distribyusiya kanallaridan samarali foydalanishga intilish, boshqarish tizimini takomillashtirish kabi motivlar asosida yuzaga keladi. Tovarlar va xizmatlarning ancha keng spektrini (ko‘lamini) taklif etish bilan korxona o‘zining raqobotbardoshligini oshirishi mumkin. Bundan tashqari diversifikatsiyalashda tizimning xususiyatlaridan kelib chiqadigan sinergetik effekt yuzaga keladi: tizimdan tashqaridagi komponent jamlangan tizimga nisbatan ancha kichik salohiyatga ega bo‘ladi. Diversifikatsiya bog‘langan va bog‘lanmagan (konglomerativ) diversifikatsiyalarga bo‘linadi. Bog‘langan diversifikatsiya o‘z navbatida vertikal va gorizontal diversifikatsiyalarga ajratiladi. Vertikal diversifikatsiya (integratsiya) – bu ishlab chiqarish jarayoni yagona texnologik zanjiriga kiruvchi yangi komponentlarni mavjud bo‘lgan (amaldagi) tizimga kiritish jarayonidir. Bunda integratsiya uchta turga: to‘liq, qisman va kvaziintegratsiyalar (egalik huquqiga o‘tmagan holda manfaatdor kompaniyatlar o‘rtasida alyanslarni yaratish tushuniladi). Bundan tashqari, vertikal diversifatsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri (korxonalar-mahsulot iste’molchilari bilan integratsiya) va qaytma ya’ni aksincha (korxonalar-etkazib beruvchilar bilan integratsi30ya) bo‘lishi mumkin. Gorizontal diversifikatsiya – bu bitta sferada faoliyat yuritayotgan korxonalarning birlashish jarayoni bo‘lib, u o‘zining raqobatbardoshligini kuchaytirish yoki raqobatchilar ustidan nazorat o‘rnatish uchun amalga oshiriladi. Bog‘lanmagan diversifikatsiya – bu kopaniyaning asosiy faoliyati bilan bog‘lanmagan yangi bozorlarga kirish jarayonidir. (qurilishda diversifikatsiya jarayonini turkumlanishi 9.1. -rasmda ko‘rsatilgan). G‘arbda to‘plangan tajriba umumiqtisodiy krizis vaziyatlarida bog‘langan diversifikatsiyaga ega bo‘lgan kompaniyalar ancha ustuvor bo‘lishini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi ikkita rivojlanish yo‘liga ega: ichki o‘sish – mavjud bo‘lgan (ishlab turgan) korxonani diversifikatsiya (yangi yo‘nalishlarni yaratish yoki ajratish); tashqi o‘sish – qo‘shib olish, yutib yuborish (yo‘qotish) yo‘li orqali diversifikatsiyalash. Har qanday vaziyatda diversifikatsiyalash jarayoni etarli darajada murakkab kechadi va oldindan kompleks iqtisodiy baholashni talab etadi. Diversifikatsiya uchun variantlarni qidirish jarayonida kompaniya o‘zining oldingi sohasida tuxtalishi yoki uning uchun yangi bo‘magan sohani tanlashi mumkin. Birinchi vaziyatda diversifikatsiya o‘ziga xos strategik muvofiqlikka ega bo‘lgan sohada olib boriladi. Bir qancha firmalar foyda olish maqsadida yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lgan boshqa sohalarga diversifikatsiyalashni yoqlaydi. O‘z profiliga to‘g‘ri kelmaydigan diversifikatsiyaga boruvchi firmalar yagona korporativ struktura doirasida yangi filial yaratish (ochish) vositasida emas, balki deyarli doimo funksiya yuritayotgan kompaniyalarning ishlab chiqarish sektorlariga kirib boradi. Bunday strategiya boshqa firmalarni yutib yuborish (konglomeratli qo‘shilish) yo‘li bilan aksiyalarning turg‘unligini oshirish orqali kompaniyani o‘stirishga asoslangan bo‘ladi. Qo‘shimcha daromad (yutuqlar)ga erishish ikkinchi rejaga qo‘yiladi, qachonki profilli bo‘lmagan diversifikatsiya koporativ daromadlarni ta’minlagan holda o‘zini oqlamaguncha, shuningdek, yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarishlar samarali funksiya (faoliyati) yurutmaguncha. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi quyidagicha bo‘lishi mumkin: rejali (oldindan ishlab chiqilgan biznes-reja asosida) va rejadan tashqari (majburiy) bo‘lish mumkin; tarmoq ichida va tarmoqlararo bo‘lishi mumkin; oddiy (uning olib borilishi sarf-xarajatlarsiz bajariladi) va murakkab (uning aalga oshirilishiga kapital mablag‘lar ajratiladi) bo‘lishi mumkin. Yirik qurilish korxonalari, qoidaga ko‘ra, o‘z tarkibida qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini (yig‘ma temirbeton va beton konstruksiyalar, g‘isht, asfaltbeton, o‘rnatish detallari, rudasiz materiallar, eshik va romlar, qo‘shma mebellar va h.k.) ishlab chiqaruvchi bo‘limlariga ega bo‘lgan va egadirlar, shuning uchun qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlarini chiqarish – bu tarmoqichi diversifikatsiyasi deb hisoblanadi. Ushbu tovarlar bilan savdo-sotiq qilish – bu ishlab chiqarishning tarmoqlararo diversifikatsiyasidir. Hozirgi vaqtda qurilish korxonalarida ikki turdagi ishlab chiqarish diversifikatsiyasi amalga oshirilmoqda: rejadan tashqi asosida oddiy bo‘lmagan, bog‘langan tipdagi (turdagi), qaytma aloqalarga asoslangan ichki diversifikatsiya; bog‘lanmagan turdagi, qoidaga ko‘ra rejali asosidagi tarmoqlararo diversifikatsiya. Korxonaning moliyaviy ahvoli (holati)ga bog‘liq ravishda murakkab va oddiy diversifikatsiya bo‘lishi mumkin. O‘tish davrining inqirozli sharoitlarida ko‘plab qurilish korxonalari uchun xarakterli bo‘lgan xo‘jalik yuritishning noxush sharoitlari mamlakatdagi korxonalarning diversifikatsion strategiyalardan foydalanishlariga yo‘l ochib beradi. Bu erda shuni ta’kidlash joizki, G‘arbda yuzaga kelgan va faol qo‘llanish olgan diversifikatsion strategiya sharoitlaridan mamlakatdagi sharoitlarning farqi shundaki, mamlakat amaliyotida diversifikatsiya – bu inqirozli davrda majburiy chora-tadbir bo‘lib, mavjud holatdan chiqib ketish usuli sifatida qo‘llanilsa, G‘arbda esa diversifikatsiya – bu an’anaviy tarmoqlar (sohalar) ramkasi tor bo‘lib qolgan bir paytda va boshqa tarmoqlar (sohalar) da yaxshi iqtisodiy natijalarga erishish imkoniyatlari yuzaga kelayotgan vaqtda qo‘shimcha foyda olish manbalarini qidirib topishdan iboratdir. Қайтма Тўғридан-тўғри Вертикал Горизонтал Боғланмаган турдаги Боғланган турдаги Ишлаб чиқариш диверсификациясияси Режали Режадан ташқари (мажбурий) Ички ўсиш эвазига Боғланмаган турдаги Боғланган турдаги Тармоқлараро Қўшма тармоқли Тармоқ ичидаги Мураккаб Оддий Мураккаб Оддий Qurilishda diversifikatsiya jarayonlarining turkumlanishi Ихтисослашган қурилиш корхоналари Қурилиш-монтаж ишлари (ҚМИ) рентабеллигининг камайиши Устувор молиявий ҳолат Ишлаб чиқариш қувватларидан тўлиқ фойдаланмаслик Қурилишда иш ўринларининг камайиши Ишлаб чиқариш қувватларидан тўлиқ фойдаланмаслик Хусусий айланма маблағларнинг камайиши Қайта ташкил этиш Оддий ва кенгайтирилган ишлаб чиқариш Реструктури-зация Суниб борувчи ишлаб чиқариш Ишбилармон фаолиятнинг сусайиши Корхонани тўлиқ қайта профиллаштириш Ишлаб чиқариш диверсифика-цияси Ресурслар қисқариши Банкротлик ҳолати Банк Фаолият сферасини кенгайтириш, фойда ҳажмини ошириш мақсадида ишлаб чиқаришни режали диверсификациялаш Банкротлик ҳолати-дан қутулиш мақ-садида ишлаб чиқа-ришни мажбурий диверсификациялаш CHo‘zilgan iqtisodiy inqiroz sharoitlarida qurilish korxonalari diversifikatsiyani o‘zining iqtisodiy holatini mustahkamlash usuli sifatida amalda qo‘llay boshldmda bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida qurilish tashkilotlari faoliyati iqtisodiy strategiyasining variantlari ko‘rsatilgan. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini ixtisoslashgan korxonalarda foydaning kamayayotgan me’yori va uni (foydani) qurilish va noqurilish bozorlarining boshqa sektorlarida oshirish imkoniyatlari o‘rtasida yuzaga kelayotgan ziddiyatlarni bartaraf etish usuli deb hisoblash mumkin. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling