Iqtisodiyot va menejment predmeti va izlanish uslublar 3Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti kursining mazmuni va vazifalari


 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1132649
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu (1)

1
 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim 
ustuvor vazifalari to’g’risidagi Parlamentga Murojaatnomasi 


davlat tomonidan tartibga solinadigan xo’jalik sub’ekti bo’lib hisoblanadi. 
Xo’jalik korxonasi iqtisodiy fanlar nuqtai nazaridan ishlab chiqarish 
elementlarini (mehnat, kapital, tabiiy resurslar, tadbirkorlik) o’z manfaatlari, xo’jalik 
yuritish va foyda olish maqsadi orqali birlashtirgan, o’z resurslarini o’z ixtiyori bilan 
ishlatish huquqiga ega bo’lgan sub’ektiga tushuniladi. 
Shunday qilib, tarixdan iqtisodiy nazariya shakllanib kelgan va iqtisodiyot 
(ekonomika) atamasi ishlatib kelingan. Hozirgi kunda iqtisodiyot bir necha xil 
mazmunda ishlatiladi. 
Birinchidan, iqtisodiyot deganda xo’jalik (xalq xo’jaligi, tarmoq, hudud, 
birlashmalar, korxonalar va firmalar) tushuniladi; 
Ikkinchidan; iqtisodiyot bu ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste’mol 
fazalarida vujudga kelgan insonlar, xo’jalik sub’ektlari o’rtasidagi moddiy va boshqa 
boyliklar bilan bog’liq munosabatlar tushuniladi; 
Uchinchidan, iqtisod bu siyosat, ya’ni davlat siyosati, davlatlararo aloqalar va 
hakozolardan iboratdir; 
Va nihoyat, to’rtinchidan, iqtisod bu - fan. 
Fan - bu tabiat, jamiyat va tafakkur, ijtimoiy taraqqiyotni tahlil qilish va 
umumlashtirish to’g’risidagi insoniyat tomonidan jamlashtirilgan bilimlar yig’indisiga 
tushuniladi. Bu bilimlar orqali insoniyat tabiat sirlarini chuqur o’rganish imkoniyatiga 
ega bo’ladi, texnika va texnologiyani, tabiiy fanlarni rivojlantiradi hamda ijtimoiy 
taraqqiyotni muhim muammolarini hal qiladi. 
Iqtisodiyot fanlari va amaliyot xo’jalikni oqilona va samarali boshqarish uchun 
unga mos xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqqan. Unga mos iqtisodiy dastaklar 
(baho, soliq, foyda, kredit, ish haqi kabilar), kategoriyalar, ko’rsatkichlar, usullarni 
(iqtisodiy yoki ma’muriy usullar, rejalar, normalashtirish kabilar) xo’jalik 
yurituvchilar o’z maqsadlariga muvofiq boshqaruv jarayonlarida ishlatadilar. 
«Korxona iqtisodiyoti» - aholi va xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan mahsulot 
ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy-
xo’jalik mexanizmlarini o’rganuvchi va ochib beruvchi fandir. U tabiat va 
jamiyatning muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishining obektiv qonunlari 


namoyon bo’lishi va amal qilishiga, shuningdek, korxonalar faoliyatiga bevosita va 
bilvosita ta’sir ko’rsatuvchi davlat miqyosida qabul qilinuvchi qoida, normativ va 
qonun hujjatlariga tayanadi. 
“Korxona iqtisodiyoti” fanini o’rganish to’g’risida so’z yuritilganda albatta 
uning asosiy vazifalarini aniqlab olish kerak. Uning asosiy vazifalariga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
- iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni, o’lchov birliklari, ko’rsatkichlari va 
kriteriyalarini aniqlash usullarini o’rganish; 
- korxona xo’jalik mexanizmini holatini o’rganish, baholash, kelajakga bashorat 
qilish; 
- bo’lajak iqtisodchilarni korxona faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish, 
kelajagini bashorat qilish usullari bilan qurollantirish; 
- xo’jalik yuritishni yangi shakl va usullarini aniqlash; 
- barcha turdagi korxonalarning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini 
aniqlash, takliflar berish; 
- korxonada birlashtirilgan omillardan (yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) 
samarali foydalanish yo’llarini belgilash. Chunki bu omillar jamiyat, tarmoq va 
sohalar bo’yicha, ayniqsa alohida korxonalar bo’yicha olinganda, makon va zamon 
birligida, chegaralangan ekanligini hech kim inkor qilmaydi. 


Bozor iqtisodiyoti rahbarlarga va mutaxassislarga yangi iqtisodiy fikrlashni, 
yangicha ish yuritishni, minglarcha sub’ektlar va iste’molchilar bilan o’z faoliyatini 
muvofiqlashtirish, iqtisodiy jarayonlarni o’z manfaati va maqsadiga yo’naltirish, 
ularni chuqur tahlil qilish, kelajak uchun rejalashtirish kabi muammolarni hal qilish 
yo’llarini bilish talablarini qo’yadi. Bularsiz raqobatchilik sharoitida har qanday 
korxona, firma inqirozga uchrab qolishi ehtimoldan uzoq emas. 
Menejment mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq holda o’zgaradi. Ishlab 
chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham 
murakkablashadi va mustaqil fan sifatda ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga 
mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar 
o’rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko’paytirishga 
yo’naltiriladi. 
Menejmentning asosini ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga 
asoslanuvchi xuquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o’rganish va ularning aniq 
vaziyatlarda namoyon bo’lishini xisobga olgan holda xo’jalik rahbarlari respublika 
xalq xo’jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar. 
Bozor munosabatlariga o’tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o’zaro 
1.1.-chizma. Iqtisodiyot va menejment o ’rtasidagi o ’zaro aloqadorlik. 


ta’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalarning o’z-o’zini boshqarishning mutanosib 
nisbatda bo’lishini ta’minlovchi takomillashgan xo’jalik mexanizmini yaratishga 
yo’naltirilgandir. Davlat menejmentining asl maqsadi barqaror ijtimoiy yo’naltirilgan 
bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini 
qurishdan iboratdir. 
Qadimiy Sharqda eramizdan 3000 yillar oldin narsalarni kiraga berish, undan 
foyiz olish kabi faoliyatlar ishlatilgan. Qadimiy Yegipitliklar, Greklar oldi-sotdi, pul, 
baho, savdo, foyda, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalarni ishlatganlar. O’zbek tilidagi 
«Iqtisod» so’zi Grekcha «Oykonomika» (ekonomika), ya’ni «Oykos» - uy, xo’jalik 
va «nomos» - qoida, tartib, qonun mazmunini bildiruvchi so’zlar birlashmasidan 
olingan bo’lib, uy xo’jaligini yuritish Qonuni mazmunini bildirishligi bejiz emas. 
Shuning uchun iqtisodiy fanlar o’rganadigan kategoriyalar qadimgi sharq olimlari 
qalamiga mansub bo’lgan asarlarda uchraydi (Suqrot, Kesnofont, Platon, Aristotel, 
Epikur). 
Markaziy Osiyo allomalarining asarlarida iqtisodiyotga taalluqli g’oyalar, 
xo’jalik yuritish bo’yicha fikrlar ko’pdan ko’p uchraydi. Ularning qatoriga Farobiy, 
Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ulug’bek, Bobur kabi 
mutafakkirlarni ijodlari kiradi. Misol uchun Amir Temur Tuzuklarini keltirish 
mumkin. Temur Tuzuklarida iqtisodiyotga, davlatni boshqarishga oid va hozirgi 
zamonda ham o’z faoliyatini yo’qotmagan iqtisodiy muammolarni hal qilish yo’l- 
yo’riqlari, qoidalarini topish mumkin. Unda davlatni tarkibiy tuzilishidan tortib, 
davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini shakllantirish, mehnatni taqdirlash, 
maosh to’lash, soliq undirish, jarimalar, inomu-ehsonlar to’g’risida ma’lumotlar 
keltirilgan. 
Insoniyat tarixiga ko’z tashlasak, jamiyatni tashkil qilinishida siyosiy va 
iqtisodiy jihatlaridagi farqlari aniqlanadi. 
Siyosiy hayotda tarixan ongli (fahm orqali) tartibga solish orqali jamiyatni 
boshqarish boshlangan. Davlat boshqaruvi g’oyasi o’sha davrlardanoq dohiy (qabila 
boshlig’i), qariyalar kengashi, xalq majlisi kabilarda o’z aksini topgan. 
Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot rivojlanishi bilan davlat boshqaruv funksiyalari 


mustahkamlanib va turg’unlanib borgan. Iqtisodiy hayotda bunday emas. Ibtidoiy 
jamoa davridan to kapitalistik tizimgacha bir biri bilan ongli ravishda birlashmagan 
yakka ongli xo’jaliklarni kuzatamiz. Har bir xo’jalik sub’ektlari o’z tashabbusi, o’z 
ixtiyoricha, tavakkalchiligiga asosan ish yuritgan. Ularning birligi, jamiyatning va 
xalq xo’jaligining iqtisodiy jihatdan birligi yakka xo’jalik yurituvchilarning o’zaro 
iqtisodiy munosabatlari orqali amalga oshirilgan. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashi, bozor munosabatlari shakllanishi bilan 
xo’jalik yuritishni ongli ravishda tartibga solish g’oyasi tug’ila boshlaydi. Chunki 
uyushtirilmagan iqtisodiy faoliyatni (minglagan xo’jalik sub’ektlarini) ongli ravishda 
tartibga solmaslik ijtimoiy halokatlarga olib kelishi mumkin. 
1.2. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling