Iqtisodiyot va menejment predmeti va izlanish uslublar 3Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti kursining mazmuni va vazifalari


Iqtisodiyot va menejment predmeti va izlanish uslublari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana27.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1132649
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu (1)

Iqtisodiyot va menejment predmeti va izlanish uslublari 
Xar qanday fan o’z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet bu fan 
nima bilan shug’ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya 
bu sohada ro’y beradigan jarayon va hodisalarning ro’y berish qonuniyatlarini 
aniqlaydi. 
Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy 
faoliyati qanday amalga oshishini ko’rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni 
umumlashtirish va o’rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqish 
lozim. 
“Menejment” fanining predmeti xo’jalik yuritishning barcha darajalarida 
boshqarishning 
qonunlari 
(qonuniyatlari), 
tamoyillari 
va 
munosabatlarini 
o’rganishdan iboratdir. 
Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi 
bo’lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, ruhiy va boshqa ko’rinishlarda 
bo’ladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo’l ostidagi xodimlar o’rtasidagi aloqa 
va o’zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment bu eng avvalo 
kishilarni boshqarishdir. 
Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv ob’ekti mehnat jamoalari va 
alohida xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab 


chiqarishning moddiy unsurlari, ya’ni mehnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi. 
Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi - dialektik uslub bo’lib, u menejmentga 
o’rganilayotgan ijtimiy hodisalarning mohiyatini ochishga yordam beradi. 
Menejmentga quyidagi boshqa uslublar xam xos: voqe’lik hodisalarini 
o’rganishga aniq tarixiy yondashuv; xo’jalik mexanizmi barcha elementlarini bir 
vaqtning o’zida tahlil qilish va to’liq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini 
beruvchi tarkibiy yondashuv, tarkibiy tahlil, iqtisodiy tajriba va boshqalar. 
Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ularni to’g’ri bog’lab 
qo’llash, har bir aniq vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo’lishidan 
iboratdir. 
“Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” fani yuqorida keltirilganlarni mazmuni va 
mohiyatini ochib beradi, ularni xo’jalikni boshqarish uchun ishlatish shakl va 
usullarini o’rgatadi. 
“Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” fanining predmeti - korxonada ro’y 
berayotgan iqtisodiy reallikni shakllantiradigan, tartibga soladigan tashkiliy, iqtisodiy 
shakl va usullar yig’indisi, ya’ni korxonaning xo’jalik mexanizmidir. 
Korxona xo’jalik mexanizmi quyidagi elementlardan tashkil topadi. 
Birinchidan, ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, korxona va 
tadbirkorlikning 
shakl va turlari, ularni ixtisoslashi, 
tezkorlashishi, 
konsentratsiyalanishi va hokazolar. 
Ikkinchidan,korxonani boshqarish tarkibi, usul va shakllari. Bu element 
iqtisodiy munosabatlarni boshqaruv aspektiga tuzilishini, ishlab chiqarishga ta’sir 
qilish uchun ishlatiladigan ma’muriy va iqtisodiy usullarni o’z ichiga oladi. 
Uchinchidan, korxonaning davlat organlari va iqtisodiyot boshqa sub’ektlari 
bilan moliyaviy-kredit munosabatlari, xo’jalik aloqalari. 
To’rtinchidan, korxona faoliyatida ishlatiladigan iqtisodiy rag’batlantirish 
shakllari, usullari, iqtisodiy dastaklar (baho, ish haqi, foydalar kabi). 
Beshinchidan, korxona faoliyatini ishlab chiqarishni tartibga solishni huquqiy 
shakl va usullari. Yuridik qonunlar, davlat organlarining normativ hujjatlari
ko’rsatmalari, korxonaning nizomi, ustavi va hokazolar. 


Oltinchidan, ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-ruhiy omillar. 
Yettinchidan, davlatning iqtisodiy siyosati. Bozor munosabatlarini jadallik bilan 
joriy qilishga qaratilgan davlatimizning xozirgi iqtisodiy siyosati asosiy negizini 
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan “2017—2021 
yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 
Harakatlar strategiyasi” tashkil qiladi. Ularning asosiy mazmuni quyidagilarda o’z 
ifodasini topadi: 
• 
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik 
islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning 
hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini 
isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron 
hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, 
jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati 
institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish; 
• 
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilishgayo’naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi 
samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish, yuridik 
yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash; 
• 
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan 
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini 
saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini 
modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini 
kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy 
mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va 
shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, 
investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va 


hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish; 
• 
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real 
daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog’lig’ini saqlash tizimini 
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy- 
joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli 
dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport 
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish; 
• 
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur 
o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga 
yo’naltirilgan 
davlatimiz 
mustaqilligi 
va 
suverenitetini 
mustahkamlash, 
O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini 
shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash. 
Bu tartib va qoidalar korxona iqtisodiyotida o’z ifodalarini topadi va 
korxonaning faoliyatini yo’naltiradi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling