Iqtisodiyot va menejment
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-jadval. Davlat byudjeti daromadlaridagi egri soliqlar tarkibi (jamiga nisbatan %da)
- Ko‘rsatkichlar 2000 2001 2002
- “Laffer egri chizig‘i”
Manba: O‘zR Moliya vazirligi. To‘g‘ri soliqlar tarkibida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i eng katta salmoqni tashkil etmoqda. Ushbu soliqning ulushi jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq stavkasini pasayishi hisobiga 2004 yilda 0,5% ga kamayib 46,2%ni tashkil qildi. Shu bilan bir vaqtda mikrofirmalar va kichik korxonalardan olinadigan yagona solik ulushi kamayishi ham kuzatildi (14,1%dan 10,2%gacha), bu esa savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini yalpi daromad bo‘yicha soliq to‘lashga o‘tganligi bilan izohlanadi. 5-jadval. Davlat byudjeti daromadlaridagi egri soliqlar tarkibi (jamiga nisbatan %da)
Manba: O‘zR Moliya vazirligi. Egri soliqlar tarkibi tahlili Shundan dalolat beradiki, tahlil qilinayotgan davrda oziq-ovqat spirtiga aksiz stavkalarini pasayishi natijasida aksizlar ulushi (51,3%dan 48,2%gacha), tabiiy gaz va benzinga aksiz yig‘imlari bo‘yicha tuShumlarning o‘sishi (2,8%dan 3,2%gacha) okibatida qo‘shilgan qiymatda solik ulushi ko‘paydi (39,6%dan 42,5 %gacha). Davlat byudjeti harajatlari YAIMga nisbatan 24,6%dan 22,9%gacha yoki 1,7 darajaga pasaygan. Bu asosan xarajatlarning markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish tendensiyalarining saqlanishi (3,3%dan 2,7 %gacha) va boshqa harajatlarning (6,4% dan 5,6%gacha) pasayishi hisobiga sodir buldi. Iqtisodiyotda sarf qilingan xarajatlar ulushi (3,0%dan 3,1%gacha) ortishi ma’lum darajada elektrenergiyaga tariflarning oshishi natijasida sodir bo‘ldi. Soliqlar takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatib, iqtisodiy faollikni tartibga solishning vositalaridan biri rolida ham chiqadi. Bunda davlat butun xo‘jalik kon’yunkturasiga umumiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida soliq mexanizmidan keng foydalaniladi. Davlat iqtisodiyotdagi turg‘unlik holatini bartaraf qilish uchun imtiyozli soliqlar yordamida kapital qo‘yilmalarni rag‘batlantiradi hamda Shu orqali Shaxsiy iste’mol va investitsion tovarlarga yalpi talabni kengaytirish uchun ancha qulay sharoit yaratadi. Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‘sishiga olib kelishini birinchi bo‘lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning mulohazalariga ko‘ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan tashqari oshirish ularning kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan rag‘batini susaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va bular oxiri oqibatda, davlat byudjeti tuShumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Davlat byudjetining daromadlari va soliq stavkasi o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikning grafikda tasvirlanishi “Laffer egri chizig‘i” nomini oldi (3-chizma). Grafik tik o‘qida soliq stavkasi (R), yotiq o‘qida - davlat byudjetiga tuShumlar (V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R1) davlat byudjetiga eng Yuqori tuShum (V1) ni ta’minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga teng bo‘ladi, Chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari Yuqori o‘rnatilagan soliqlarni pasaytirish jamg‘armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi daromad hajmining o‘sishini ta’minlaydi. Natijada soliq tuShumlari summasi ko‘payadi, davlat daromadlari hajmi o‘sadi, taqchillik kamayadi va inflyasiyaning susayishi ro‘y beradi. Lekin o‘z-o‘zidan tuShunarliki, Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me’yorida amal qilgan holdagina namoyon bo‘ladi.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling