Iqtisodiyot va menejment


Download 1.47 Mb.
bet420/487
Sana08.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#255008
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   487
Bog'liq
Iqtisodiyot va menejment

24-mavzu. Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati

(4 soat)
1- ma`ruza mashg‘uloti


  1. Hozirgi zamon bozor tizimi sharoitida ijtimoiy adolat konsepsiyalarining rivojlanishi.

  2. Aholining daromadlari, ularning turlari va manbalari.

  3. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.

Bundan oldingi mavzularda turli korxonalar, davlat, jismoniy va huquqiy shaxslarning daromadlari va ularning shakllari haqida tushunchalar berilgan edi.

Bu bob esa aholi daromadlarining iqtisodiy mazmuni, turlarini bayon qilish hamda uning darajasini belgilab beruvchi asosiy omillarni qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. Keyin bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini ko‘rib chiqiladi. Daromadlar tengsizligi borasida bildirilgan fikrlar tahlil qilinib, tengsizlik va samaradorlik o‘rtasidagi nisbat ko‘rsatib beriladi. Bob kambag‘allik muammosi, aholi daromadlarining etarli darajasini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarini qarab chiqish bilan yakunlanadi.

«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tuShumni, pul mablag‘larini, natural ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o‘rin tutadi.




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   487




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling