Iqtisodiyot va menejment
Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tuShumlar miqdorini anglatadi
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval. Aholi Shaxsiy daromadi tarkibiy tuzilishi
- Natural daromad
Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tuShumlar miqdorini anglatadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko‘rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko‘rinishida keltirilgan:109 1-jadval. Aholi Shaxsiy daromadi tarkibiy tuzilishi
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, daromad tarkibining Yuqorida keltirilgan tasnifida ma’lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko‘rinishdagi ta’minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir, Chunki harbiy xizmatchilar ham o‘z faoliyatlari natijalarini ish haqi yoki maosh ko‘rinishida oladilar. Shuningdek, 4 – 6 tartib raqamlari bo‘yicha keltirilgan bandlar daromad turini emas, balki faoliyat turini ko‘rsatadi va h.k. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tuShumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o‘z ichiga oladi.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling