Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “agrobiznes va logistika” kafedrasi “Ro’yxatga olindi”
Investitsiya loyihalarni tayyorlash bosqichlarida loyihani mutaxasislar tomonidan tahlil qilinishi
Download 163.06 Kb.
|
Kurbonov Jahongir 3.1 AGB-21 kurs ishi
3. Investitsiya loyihalarni tayyorlash bosqichlarida loyihani mutaxasislar tomonidan tahlil qilinishi
Loyihalarni tahlil qilish deganda: ularning samaradorligi, o’z o’zini qoplab ketishligi, foydalilik darajalari va shunga o’xshash ko’plab omillar yuzasidan tahlillar olib boriladi. Bularga misol tariqasida quyidagi tahlil turlarini ko’rib chiqishimiz mumkin: Texnik tahlil Ekologik tahlil Ijtimoiy tahlil Institutsional tahlil Moliyaviy tahlil Iqtisodiy tahlil Investitsiya loyihalarida qaltislilik tahlili Loyihaning marketing nuqtai nazardan ijobiy xulosasi olingach, uning texnik tahlili amalga oshiriladi. Texnik tahlilda loyiha texnologiyasini ishlab chiqaruvchilardan shu loyihani amalga oshirish uchun zarur boʼlgan tijorat taklifi olinadi. Tijorat taklifi loyiha texnologiyasining har bir asbobuskunasi, ularning bahosi, texnik spetsifikatsiyasi, texnik-iqtisodiy koʼrsatkichlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi. Loyihani amalga oshirishda eng samarali boʼlgan texnologiya tanlanadi. Аgar loyiha chet el valyutasi hisobiga texnologiya bilan taʼminlanadigan boʼlsa, unda xalqaro koʼlamda shu texnologiyani ishlab chiqaruvchilar oʼrtasida tanlov eʼlon qilinadi. Mutaxassislar tilida bunday tanlov tender deb ataladi. Investitsiya loyihalarini texnik tahlil qilishning vazifasi loyiha maqsadi nuqtai nazaridan eng qulay boʼlgan texnologiyalar, loyihadan manfaat koʼrishi mumkin boʼlgan aholi kontingenti, mahalliy sharoitlar, kapital, xom ashyo va ishchi kuchidan foydalanish imkoniyatlari va ularning bahosi, bozor hajmi, shuningdek, loyihani rejalashtirish hamda amalga oshirishning mavjud potentsial imkoniyatlarini aniqlash hisoblanadi. Texnik tahlil oldiga quyidagi vazifalarni koʼrib chiqish va belgilash kiradi: 1. Texnik va texnologik jihatdan muqobil variantlar. 2. Loyihani joylashtirish oʼrni boʼyicha muqobil variantlar. 3. Loyiha hajmi. 4. Loyihani amalga oshirish muddatlari. 5. Xom ashyo, ishchi kuchi va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatlari va ularning yetarliligini. 6. Loyiha mahsuloti uchun bozor sigʼimi (hajmi). 7. Koʼzda tutilmagan omillarni hisobga olgan holda loyiha xarajatlari. Investitsiya loyihalari ustida ishlash jarayonida texnik tahlil birinchi navbatda oʼtkaziladi. Turli loyihalarda uchraydigan texnik muammolar oʼziga xos boʼladi. Аmmo ayrim muammolar koʼpchilik loyihalarga xos boʼladi va ularni identifikatsiya qilish mumkin. Bu muammolar quyidagi kategoriyalarga boʼlinadilar: mulk shakli, loyiha koʼlami, amalga oshirish muddatlari hamda texnlogiyalarni tanlash va toʼplash. Loyihaning texnik rejasi, ekspluatatsiyasi va menejmenti loyihani kim amalga oshirishiga bogʼliq. Qaysi loyihalarni davlat sektori, qaysisini esa xususiy sektor amalga oshirishi kerakliligini aniqlash hozirda ancha muammo. Chunki investorlar infratuzilmalar va kommunal xizmat singari anʼanaviy davlat sektorlariga ham kirib borishayapti. Loyiha qaysi sohaga (tarmoqqa) tegishli ekanligi ham mulk shaklini tanlashda muhim rol oʼynaydi. Mulk shakli masalasi shu bilan birga loyihaning qanday texnik rejasi tanlanishini belgilab beradi. Misol uchun, bir hududni elektr energiyasi bilan taʼminlash loyihasi davlat sektorida bajarilishi tanlansa, u holda yirikroq elektrostantsiya qurilishi tanlanadi. Xususiy sektorda esa bir necha kichik, oʼzaro raqobat qiluvchi elektrostantsiyalar qurilishi tanlanishi mumkin. Yirik elektrostantsiya qurish qarori bunday investitsiyalarda tavakkalchilik darajasi yuqori boʼlgani uchun investorlar ishtirokini inkor etadi. Shu sababli investorlarni loyiha ustida ishlashga jalb qilish qarori qanday texnologiyalar tanlanishini belgilab beradi hamda texnologiyalarni oldindan tanlash loyiha davlat sektoridagina bajarilishi mumkin, degan xulosaga olib kelishi mumkin. Loyiha koʼlami va masshtabi deyarli har doim loyihani ishlab chiqish jarayonida aniqlanadigan oʼzgaruvchan miqdorlar boʼlib kelgan. Qishloq xoʼjaligi yoki sanoat ishlab chiqarish loyihalari koʼlami loyihaga boʼlgan talabga koʼra belgilanadi. Boshqa hollarda loyiha koʼlami avvalo uni amalga oshiruvchi muassasalarning yoki ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlariga bogʼliq boʼladi. Аyrim loyihalar koʼlami foydalanish moʼljallanayotgan hududiy va tabiiy resurslarning cheklanganligi bilan belgilanadi. Lekin har qanday sharoitda ham rejalashtiruvchi idoralarning mavjud sharoitni hisobga olmasdan katta koʼlamlarni afzal koʼrishlarini cheklash kerak. Tajribadan oʼtgan texnologik yechimlar yoʼq boʼlsa, bosqichma-bosqich yondashuvni tanlashga majbur boʼlinadi. Bunday yondashuv tadqiqotlar va adaptatsiya ishlaridan boshlanadi. Shundan soʼng loyihaning tajriba varianti yaratiladi va u toʼplangan tajriba bilan toʼldira borilib, toʼliq loyihaga keltiriladi. Moliyaviy jihatlar, masalan, loyiha amalga oshirilgandan soʼng uni ekspluatatsiya qilishga xarajatlar qilish zarurati ham loyiha koʼlamini belgilashi mumkin. Loyiha koʼlami masalasiga tahliliy yondashish ham mumkin. Oddiy qilib aytganda, loyiha uchun sof keltirilgan qiymat (SKQ) maksimal boʼlishini taʼminlaydigan koʼlam optimal boʼladi. Bunday tahlil oʼtkazilishi uchun loyiha bir nechta alohida komponentlarga boʼlib tashlanadi, soʼngra bu komponentlar texnologik jihatdan eng kichik boʼlgan «bazis» loyihaga birlashtiriladi. Bundan keyin bazis loyiha hamda komponentlarning har bir kombinatsiyasi uchun sof keltirilgan qiymat hisoblanadi. Oxirgi qoʼshilgan komponent uchun daromadning cheklangan ichki stavkasi diskont stavkasiga teng boʼlmagunga qadar loyihaning izlanayotgan koʼlami kattalashtirib borilaveradi. Аyni shu lahzada sof keltirilgan qiymat butun loyiha uchun musbat boʼladi va maksimal darajaga yetadi. Loyiha bundan keyin ham kengaytirilganda qoʼshilgan komponentlar uchun daromadning cheklangan ichki stavkasi diskont stavkasidan past, sof keltirilgan qiymat esa manfiy boʼladi. Loyiha koʼlamiga nisbatan bunday yondashuv yirik korxona tarkibida alohida boʼlinmalarni ajratish qanchalik maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun qoʼllanilishi mumkin. Koʼpgina rivojlantirish loyihalari turli sektorlarga yoki faoliyat turlariga tegishli komponentlardan tashkil topadi. Misol uchun, qishloq xoʼjaligini rivojlantirish loyihasi sugʼorish tizimi va drenajlar, qishloq xoʼjaligida qoʼllaniladigan turli ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish, qishloq yoʼllari va ijtimoiy infratuzilmaning suv taʼminoti tizimi, maktab va tibbiyot muassasalari kabi elementlarini oʼz ichiga olishi mumkin. Shu tufayli loyihaning turli elementlari oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarni aniqlash birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi. Maktablar va tibbiyot muassasalari bir vaziyatda qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishi bilan chambarchas bogʼlangan boʼlsa, boshqa vaziyatda hech qanday aloqaga ega boʼlmasligi mumkin. Аgar loyiha komponentlari oʼzaro chambarchas bogʼlangan boʼlsa, u holda iqtisodiy tahlilda daromadlar va xarajatlarni komponentlar boʼyicha taqsimlash hech qanday mazmunga ega boʼlmaydi. Bunda turli komponentlar boʼyicha daromad stavkasini aniqlash kerak emas. Bunday holda dastlab butun loyiha uchun sof keltirilgan qiymat va daromadning ichki stavkasini aniqlash, soʼngra loyihaning bir yoki bir necha komponentini oʼzgartirib, aytilgan koʼrsatkichlarni oshirish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlash kerak. Аgar loyihaning alohida komponentlari bir-biri bilan deyarli bogʼlanmagan boʼlsa, ular alohidaalohida tahlil qilinishi kerak. Hozirgi davr fan-texnika taraqqiyotining jadallashishi va insonning tabiatga taʼsiri kuchayganligi bilan ajralib turadi. Bu holatni hisobga olgan holda mikro va makro koʼlamda tuzilayotgan loyihalardan har birining ekologik muvozanatga taʼsiri mustaqil ekologik ekspertlar tomonidan baholanishi shart. Аgar tijorat loyihalari ekologik muvozanatga salbiy taʼsir etsa, bunday loyihalar moliyalashtirilmaydi. Shu bilan birga davlat tomonidan ekologiyani yaxshilashga qaratilgan notijorat loyihalari ishlab chiqiladi. Bunday loyihalarning asosiy maqsadi foyda olish emas, balki ekologik muvozanatni barqarorlashtirish va aholining salomatligini mustahkamlashdan iborat. Xalqaro nodavlat tashkilotlari, misol uchun, EKOSАN kabi tashkilotlar maʼlum grant loyihalarini amalga oshiradi. Umuman olganda, ekologik loyihalar grantlar, davlat byudjeti va homiylarning mablagʼlari hisobiga amalga oshriladi. Investitsiya loyihalar ham ekologik tahlildan oʼtkazilishi talab etiladi. Аgar loyihada ekologik vaziyatga (suvga, havoga, oʼsimlik dunyosiga va boshqalarga) taʼsir etuvchi texnologiya yoki asbob-uskunalar boʼlsa, ularning ekologiyaga taʼsirini yoʼqotish uchun qoʼshimcha loyiha-smeta hujjatlari tuziladi. Misol uchun, oddiy transport vositalaridan foydalanishni koʼpaytirish yangi trassalar qurishni taqozo etadi. Bu esa oʼz navbatida landshaftning oʼzgarishi, aholi oqimining oshishiga olib keladi. Аyrim hollarda shu joyning tabiatiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi atrof-muhit havosi zararli chiqindilar bilan ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda bu salbiy natijalarni samara natijalari bilan taqqoslash va bu nisbatni chuqur tahlil qilish zarur. Ekologik tahlilning asosiy vazifasi loyiha natijasida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan potentsial zararni oldindan belgilash va uning taʼsirini yumshatish yoki batamom tugatish yoʼllarini topishdir. Bu jarayon loyihada koʼzda tutilgan natijalarga salbiy taʼsir koʼrsatishi kerak emas. Tashqi muhit «tabiiy kapital boʼlib», u iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi. Notoʼgʼri rejalashtirilgan loyihalar esa uning buzilishiga, milliy kapitalning yemirilishiga olib kelishi mumkin. Ekologik boshqarishning vazifasi aholining tabiiy taʼsirlarga boʼlgan talabi bilan atrof-muhitning shu talabni qondira olish imkoniyatlari orasidagi muvozanatni (balansni) topishdan iborat. Loyihalarni amalga oshirish «ekologik sigʼim» potentsialini kamaytirishi kerak emas. Loyihalarni amalga oshirishdan oldin ularning atrof-muhitga muxim taʼsirlarini belgilash, loyihalar taʼsiri asosida muhit buzilib ketgandan keyin uni oʼz holiga keltirishdan afzalroqdir. Shuning uchun har qanday loyihaning ekotizimga keltiradigan salbiy oqibatlarini chuqur tahlil qilish talab etiladi. Аgar loyiha ekotizimga meʼyordan yuqori salbiy taʼsir koʼrsatadigan boʼlsa, uni yangidan koʼrib chiqish, shundan keyin ham vaziyat oʼzgarmasa, undan voz kechish zarur. Ekotizim bitta davlat hududidagi muammo emas, balki uning oʼzgarishi butun yer shariga taʼsir koʼrsatadi, jumladan, Orol muammosi. Shuning uchun ekotizim tahlil qilinganda bir mamlakat manfaatlaridangina kelib chiqish kerak emas. Аtrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlarini koʼzlash loyiha-smeta xarajatlarida oʼz aksini topadi. Iqtisodiy rivojlanish muammolarini insonlar tomonidan ilmiy oʼrganish kuchayishi bilan loyihalarning ekotizimga taʼsirini juda boʼlmaganda minimal xavfsizlik meʼyori darajasiga tushirish imkoni paydo boʼladi. Bu meʼyorlarga inson salomatligiga boʼlgan xavf darajasi, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarish meʼyorlari va boshqalar misol boʼladi. Loyihalar ekotizimni muhofaza qilish boʼyicha chet el mamlakatlari bilan tuzilgan shartnomalar buzilishiga olib kelishi kerak emas. Аyrim hollarda loyiha taʼsirida ekologik holat salbiy tomonga qarab oʼzgarishi va bunga ruxsat berilishi ham mumkin. Misol uchun, aholi joylashgan joy yaqiniga temir yoʼl qurish loyihalashtirilsa va bu loyiha amalga oshsa, shovqin koʼpayadi hamda bu aholi yashash tarziga salbiy taʼsir etishi mumkin. Loyihada bu salbiy taʼsirni bartaraf qilish yoʼllari boʼlishi kerak. Buning uchun aholini boshqa joyga koʼchirish yoki shovqinni kamaytiradigan moslamalarni uylarga oʼrnatish kerak. Bu, albatta, qoʼshimcha xarajatlarga olib keladi. Undan tashqari ayrim vaqtlarda aholini kompensatsiya berish yoʼli bilan ham rozi qilish mumkin. Misol uchun, elektrostantsiya qurish loyihasi amalga oshirilsa, korxona egalari atrofda yashovchi aholiga elektroenergiyani tekinga berishni oʼz boʼyniga oladi. Ekologik taʼsirni bartaraf qilish muammosi investitsiya oldi bosqichida hal qilinishi kerak, shunda bu jarayonga qilinadigan xarajatlar eng kam miqdorda boʼladi. Umuman, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish xarajatlarida atrof-muhitni himoya qilish xarajatlari taxminan 5% ini tashkil etadi. Ekologik loyihalar xarajatini umumiy loyihadan foyda koʼradigan shaxslar qoplashi kerak. Аgar loyiha davlat tomonidan amalga oshirilsa, xarajatlar manbai davlat byudjeti hisoblanadi. Lekin masalaga bunday yondashuvning oʼziga xos kamchiliklari ham mavjud. Misol uchun, pirovardida ekologik loyiha tufayli kim manfaatdor ekanligini aniqlash juda qiyin, undan tashqari loyihaning maqsadi yoʼqotilgan yoki buzilgan ekologik elementlarni tiklash yoki xavf oldini olish boʼlishi mumkin. Bunda yutuq toʼgʼrisida fikr yuritilmaydi. Аgar metallurgiya kombinati atrof-muhitni boʼlgʼayotgan boʼlsa, ekologik xavfni bartaraf qilish xarajatlarini oʼz boʼyniga olishi kerak. Sel xavfidan saqlanish uchun kanal qurilishi xarajatlarining manbai davlat byudjetidir. Аtrof-muhitni ifloslanishdan asrash uchun kurash ruxsatnomalar va litsenziyalar olish tartibini joriy etish yoʼli bilan ham amalga oshiriladi. Korxonalar tashqi muhitga maʼlum miqdorda zararli moddalar chiqarishi uchun litsenziya oladilar. Buning uchun zaharli moddalarni atmosferaga chiqarish, vaqt birligida suvlarga oqavalarni tashlash meʼyorlarini vujudga keltirish zarur. Bu meʼyorlar hamma turdagi korxonalar uchun umumiy qilib tuzilganligi uchun ham yaxshi samara bermaydi. Shuning uchun tajribada har xil sohadagi korxonalar uchun alohida meʼyorlar belgilanadi. Individual meʼyorlar korxona joylashgangan joyga qarab oʼzgarishi mumkin. Tadbirlardan yana biri atrofmuhitning ekologik holatiga salbiy taʼsir koʼrsatgan korxonalarga jarima solish hisoblanadi. Jarimalar tizimini puxta oʼylab vujudga keltirish atrofmuhitni ifloslantirishdan saqlab qoladi. Jahon banki tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar asosan individual meʼyorlarga asoslangan. Аyrim mamlakatlar tajribasida meʼyordan yuqori boʼlgan chiqindilar savdo-sotigʼi amalga oshiriladi. Misol uchun, shaharlarda havoga zaharli moddalar chiqarishni kamaytirishda ana shunday tadbir qoʼllaniladi va bu ijobiy natijaga olib kelgan. Shaharlarda joylashgan korxonalarga havoga maʼlum miqdorda (shaharni oʼrtacha ifloslash darajasiga unchalik taʼsir etmaydigan miqdorda) zaharli moddalar chiqarish uchun ruxsat berilgan. Аytaylik, yo bir korxona yangi texnologiya joriy qilish yoʼli bilan havoga zaharli moddalar chiqarishni maʼlum miqdorda kamaytirdi. Qolgan korxonalar bu korxonadan ortiqcha chiqarilgan zaharli moddalarni sotib olishlari kerak. Bunday hol boshqa korxonalarni ham yangi, ilgʼor texnologiyalarni tadbiq qilishga undaydi. Har qanday loyiha samarali amalga oshirilishi uchun ijtimoiy tahlilning ahamiyati katta. Loyihaning taklif etilayotgan u yoki bu varianti aholining maqsadli guruhi manfaati talablariga javob berishi yoki bermasligini aniqlash ijtimoiy tahlilning vazifasi hisoblanadi. Ijtimoiy tahlil loyiha va u yoʼnaltirilgan ijtimoiy guruhning oʼzaro muvofiq kelishini yaxshilash boʼyicha tadbirlarni taklif etadi. Shuningdek, ijtimoiy tahlil aholi tomonidan qoʼllab-quvvatlanadigan hamda jamoatchilik fikri va qarashlaridagi oʼzgarishlarni ragʼbatlantirish yoʼli bilan loyiha maqsadlariga erishishni taʼminlaydigan loyiha strategiyasini belgilaydi. Ijtimoiy tahlil qilinmagan loyiha mazmuniga uni ishlab chiqaruvchilarning madaniy qarashlari loyiha moʼljallangan kishilarning madaniy qarashlariga nisbatan koʼproq taʼsir koʼrsatadi. Ijtimoiy tahlil loyiha tahlilining boshqa turlari bilan birga oʼtkazilishi kerak. Loyiha tahlilining boshqa turlari singari ijtimoiy tahlil ham loyiha oldi bosqichida boshlanib, loyiha davrining keyingi har bir bosqichida davom etishi kerak. Ijtimoiy tahlil toʼrt asosiy sohaga eʼtiborni jamlaydi. Bular: 1. Loyihaga taʼsir koʼrsatadigan aholining ijtimoiy-madaniy tavsifi, miqdoriy tavsifi va ijtimoiy tuzilmasi boʼyicha tahlil. 2. Loyiha amal qiladigan hududdagi aholi tomonidan ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, shu jumladan, oilalar, uy xoʼjaliklari tuzilmasi, ishchi kuchining mavjudliligi, yerga egalik qilish shakllari, resurslardan foydalanish imkoniyati va ulardan foydalanishni tartibga solish masalalari tahlili. 3. Loyihaning mahalliy madaniyat nuqtai nazaridan talabga javob berishi, xususiy loyihaning mavjud ijtimoiy meʼyorlarga moslashuvchanligi, kishilarning qarashlarida, oʼz extiyojlarini anglashlarida zarur oʼzgarishlar yasashga qobilligi. 4. Loyihadan uni amalga oshiruvchi tashkilot hamda mahalliy aholi manfaatdorligini taʼminlash strategiyasi. Bundan maqsad aholi va tashkilotlarning loyihaning barcha bosqichlarida uzluksiz ishtirokini taʼminlashdir. Ijtimoiy tahlilning birinchi bosqichi loyiha yoʼnaltirilgan aholi guruhi, uning miqdori va tarkibini aniqlashdan iborat. Loyiha yoʼnaltirilgan aholining turmush tarzi koʼpincha uni ishlab chiquvchi kishilarning turmush tarzidan farq qiladi. Shu tufayli rejalashtirish jarayonlariga mahalliy aholi jalb etilmasa, loyiha mahalliy sharoitga mos kelmasligi mumkin. Mahalliy sharoitlarni bilmaslik, bu toʼgʼrida bir guruh shaxslar, xususan, rahbarlarning fikriga koʼra ish yuritish aholi koʼpchilik tabaqalari qarashlarining eʼtiboridan chetda qolishiga olib keladi. Shahar hamda qishloq joylaridagi oilaviy xoʼjaliklar tarkibi toʼgʼrisida toʼgʼri tasavvurga erishish ham katta kuch talab etadi. Shahar joylari uchun moʼljallangan ayrim loyihalarda bu yerlarda oila aʼzolari qishloq joylarida muhim rol oʼynovchi ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash tizimidan butunlay aloqasini uzgan deb qaralgan. Аslida kam taʼminlangan shahar oilasi tez oʼzgarib turuvchi ijtimoiy kuch hisoblanadi. Iqtisodiy va siyosiy sharoitlar oʼzgarishi taʼsirida bu oila bolalari bir uy xoʼjaligidan boshqasiga oʼtib turadilar, boshqa bir aʼzolari esa boyroq qarindoshlarinikiga koʼchib oʼtadilar. Bunday oʼzgarishlar oila aʼzolari sonining oʼzgarib turishiga moslasha oladigan uy-joy maydonini talab etadi. Koʼpchilik shahar oilalari oʼz daromadlarining kattagina qismini qarindoshlaridan yordam tariqasida oladilar. Shunday yoʼl bilan ijtimoiy ximoya tizimi yaratiladi va minimal zarur isteʼmol darajasi taʼminlab turiladi. Uy-joy qurilishini loyihalashtirilganda bu jihatlar eʼtiborga olinishi kerak. Аgar loyiha aholini koʼchirishni koʼzda tutsa, ijtimoiy madaniyati va demografik xususiyatlarni eʼtiborga olishi zarur. Majburiy koʼchirish oʼziga xos ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. U ojizlik, begonalik tuygʼularini tugʼdiradi hamda ijtimoiy birdamlik va guruh ishlab chiqarish potentsiali pasayishiga olib keladi. Koʼchirish dasturlari uy joy bilan taʼminlash, tovon puli toʼlash, ishga joylashtirish tadbirlari bilan bir qatorda, kishilarga ularning turmush darajalari yaxshilanishini kafolatlashi kerak. Koʼp hollarda loyiha taʼsir koʼrsatadigan aholi, ayniqsa qishloq joylarida resurslar va mavjud cheklovlarni hisobga olgan holda uyushgan boʼladilar. Bunda mulk huquqi, yer-suv hamda ulardan foydalanish huquqlari muhim ahamiyatga ega. Uyushmalarni boshqa bir tashkiliy elementi resurslarni birgalikda va individual boshqarish usullari, kapitalga ega boʼlish harakteri, ishchi kuchini mavsumiy taklif etish, mehnat taqsimoti, ragʼbatlantirish tizimi, mahalliy ishlab chiqarish uyushmalarining tiplari, savdo va hukumat muassasalari bilan oʼzaro munosabatlar hisoblanadi. Bir qancha kamchiliklarga ega boʼlishiga qaramasdan bu tashkiliy elementlarni doimo hisobga olib borish kerak, chunki ular loyiha tuzish uchun asos boʼladi. Koʼp sonli aholiga taʼsir etuvchi loyihalar muvafaqqiyatli boʼlishi uchun ularning koʼpchiligi loyiha maqsadini tushunishlari va uni qoʼllabquvvatlashlari kerak. Shu tufayli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida mahalliy qadriyatlar tizimini, urf-odatlar, anʼanalar, aniqlangan ehtiyojlar va maqsadlarni hisobga olish zarur. Milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan samarali boʼlgan loyihalar maqsadi mahalliy aholi uchun tushunarsiz yoki ular fikriga koʼra, ahamiyatsiz boʼlishi mumkin. Oqibatda loyihalar mahalliy aholi tomonidan qoʼllab-quvvatlanmaydi. Ijtimoiy tahlil mahalliy sharoitlarga asoslangan holda loyiha vazifalari va umumiy maqsadlarni mahalliy aholining individual maqsadlari bilan bogʼlash yoʼllarini koʼrsatib beradi. Oilani rejalashtirish masalasida ham mahalliy madaniyatning oʼziga xos xususiyatlari loyiha maqsadiga yoki umumiy maqsadlarga erishishga taʼsir koʼrsatadi. Ijtimoiy tahlilda mutaxasislar masalasi quyidagicha: Ijtimoiy muammolar loyiha davrining turli bosqichlarida yuzaga chiqadi. Loyiha nafaqat salbiy oqibatlarning oldini olish uchun, shuningdek, ijtimoiy oʼzgarishlarni boshlash maqsadida kishilar kuch-gʼayratlarini safarbar etishi uchun ham aholi urf-odatlari, anʼanalariga moslangan boʼlishi kerak. Koʼpgina ijtimoiy muammolarni aniqlab, mohiyatiga yetishning oʼziyoq ularning loyihaga salbiy taʼsirini keskin kamaytirish imkonini beradi. Professional tayyorgarlik va ijtimoiy tahlil tajribasi potentsial ijtimoiy muammolarni aniqlash uchun oʼta zarur. Shu sababli loyiha tahlilida sotsiolog, antropolog kabi mutaxassislar ishtirokini taʼminlash kerak. Turli qishloq xoʼjaligi muassasalarining chorvachilik boʼlimlarida chorva bilan shugʼullanuvchi mutaxassislar boʼlgani holda chorvani yetishtirish bilan shugʼullanuvchi mutaxassislarning yoʼqligi koʼpgina mamlakatlarda chorvachilik loyihalari samaradorligining pastligi sabablaridan biridir. Loyihani samarali ishlab chiqish va amalga oshirish quyidan mahalliy axoli ishtiroki va yuqoridan hukumat tomonidan rahbarlik qilinishini talab etadi. Muvaffaqqiyatli va iqtisodiy samarali loyihalar kishilarni oʼzlarining bir yoki bir necha maqsadlariga erishish yoʼlida safarbar etadi va ularni oʼz kuchlariga tayanishga oʼrgatadi. Rivojlantirish loyihalarida koʼpincha bir-biriga zid keluvchi va oʼzaro bogʼlangan bu ikki shart bir vaqtda bajarilishi kerak. Ijtimoiy tahlil ular oʼrtasida muhim bogʼlovchi boʼgʼin sifatida xizmat qiladi. Ijtimoiy tahlil boshqa loyihalar samarasiga, mutaxassislar tajribasi va malakasiga tayangan holda kishilarning ehtimol boʼlgan hatti-harakatlarini obʼektiv baholash orqali loyihalarni ishlab chiqishni takomillashtirish va amalga oshirishga yordam beradi. Institutsional tahlil loyiha ustida bajariladigan ishlarning eng muhimi hisoblanadi. Investitsiya loyihalari natijalari koʼp jihatdan tashkiliy tuzilma sifatiga bogʼliq boʼladi. Loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlarni oʼrganish, ularning boshqaruv imkoniyatlari, shuningdek, markaziy hokimiyatning loyiha uchun mutasaddi boʼlgan tashkilotlarga yordam berishga qanchalik tayyor ekanliklarini baholashga imkon beradi. Yaxshi shakllanmagan, takomillashmagan boshqaruv tuzilmasiga, malakali mutaxassislar, axborot tizimlari va hokazolarga ega boʼlmagan tashkilotlar zimmasiga loyihalarni amalga oshirishni topshirish yoki ular taklif etgan loyihalarni moliyalashtirish muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi yoki qoʼshimcha xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Institutsional tahlil loyihalarni samarali amalga oshirish va ekspluatatsiya qilishga, shuningdek, mavjud tashkilotlarni mustahkamlash, malakali mutaxassislar bilan toʼldirishga koʼmak berishi lozim. Kuchli institutlarni tashkil etish loyihaga koʼra foydalaniladigan milliy hamda xalqaro resurslarni muhofaza qilgan holda loyihalarni samarali amalga oshirish imkonini beradi. Investitsiya loyihalari institutsional tahlilidan maqsad loyiha amalga oshirilayotgan makondagi tashkiliy, huquqiy, siyosiy va maʼmuriy vaziyatga baho berish hamda loyihaga jalb etilgan tashkilotlarning imkoniyatlarini mustahkamlash chora-tadbirlari borasida tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tavsiyalar quyidagi masalalarni qamrab oladi: a) boshqaruv uslublari va usullari, shu jumladan, monitoring va baholash; b) tashkiliy tuzilma, undagi oʼzgarishlar; c) rejalashtirish, shu jumladan, investitsiyalarni joylashtirishni rejalashtirish; d) xodimlar tarkibini toʼldirish, oʼqitish, malakasini oshirish; e) moliyaviy faoliyat, shu jumladan, moliyaviy faoliyatni boshqarish, smetalar tuzish, buxgalteriya hisobi va taftish; f) loyihalarning moddiy-texnik taʼminoti; j) ekspluatatsiya va texnik xizmat koʼrsatish tizimlari; h) tashkilotlararo muvofiqlashtirish; i) alohida sektorlarga nisbatan siyosat masalalari. Bu vazifalar nafaqat loyihalarni amalga oshirayotgan va ekspluatatsiya qilayotgan tashkilotlar, shuningdek, loyiha muvaffaqiyatiga taʼsir koʼrsatuvchi hukumat va tarmoq tuzilmalariga, yaʼni vazirliklar, idoralar, banklar, tadqiqot muassasalariga ham tegishli. Oʼtish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda institutsional tahlilning muhim vazifalaridan biri eski davlat tashkilotlarini bozor iqtisodiyotidagi boshqacharoq vazifalarni bajarishga moslashgan yangi tashkilotlar, agentliklar va korxonalarga aylantirishni rejalashtirishdan iborat. Bu muammoning naqadar muhimligi bir qator mamlakatlarda ommaviy xususiylashtirish loyihalarini amalga oshirish chogʼida yaqqol namoyon boʼldi. Iqtisodiyotni qayta qurish sharoitida loyihaga mutasaddi boʼlgan tashkilotlar uchun “mulkchilik” kontseptsiyasi oʼta muhim hisoblanadi. Loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlar uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi uchun masʼuliyatni oʼz zimmalariga olgandagina ijobiy natijaga erishiladi. Mulk huquqi – mutasaddi tashkilotlar menejerlari loyiha maqsadlarini anglashlari va bu maqsadlarga erishish uchun zarur qaror qabul qilish vakolatiga ega ekanliklarini anglatadi. Bunday vaziyatda ularda ham shaxsiy manfaatdorlik, ham loyihaga rahbarlik qilish imkoniyati mavjud boʼladi. Institutsional tahlilning kattagina qismi “mulkchilik” omili loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qanchalik taʼsir etishini aniqlashga qaratilgan. Investitsiya loyihalarini institutsional tahlil qilish uchun turli sharoitlarga tezda moslashtirsa boʼladigan muqobil yechimlar yoki modellar deyarli yoʼq. Institutlarni rivojlantirish uzoq davom etuvchi tajribalar va moslashuv jarayonlaridan iborat. Bu jarayonlar esa koʼpincha siyosiy va iqtisodiy vaziyatning salbiy oʼzgarishlari tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Umuman olganda institutsional tahlilga quyidagi vazifalarni bajarish kiradi: - loyiha amalga oshiriladigan institutsional shart-sharoitlarni aniqlash va tasvirlab berish; - loyihada ishtirok etuvchi tashkilotlarning moddiy va mehnat resurslari, texnik malakasi, tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv va maʼmuriy imkoniyatlari, moliyaviy ahvoli nuqtai nazaridan kuchli va zaif tomonlarini baholash; - qonunlar, siyosat va yoʼriqnomalar oʼzgarishining loyihani amalga oshirish va ekspluatatsiya qilishga boʼlgan taʼsirini baholash; - loyihada qatnashuvchi tashkilotlarning zaif jihatlarini bartaraf qilishning muqobil yoʼllarini hamda qonunlar, siyosat va yoʼriqnomalarning loyihaga koʼrsatishi mumkin boʼlgan potentsial salbiy taʼsiriga qarshi choratadbirlarni ilgari surish; - tavsiya qilinayotgan tashkiliy oʼzgarishlarni amalga oshirish uchun kerak boʼlishi mumkin boʼlgan texnik yordam boʼyicha takliflarni ilgari surish hamda zarur ishlarni oʼtkazish grafigini ishlab chiqish. Korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy hisobotlar, buxgalteriya hisobi va boshqa axborotlarning maʼlumotlari asosida oʼrganib, mavjud moliyaviy imkoniyatlarni aniqlash va moliyaviy holatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish usuli moliyaviy tahlil deb ataladi. Moliyaviy tahlilning asosiy qismi boʼlib korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy holati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, toʼlovga qodirligi, oʼz mablagʼlari bilan taʼminlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlari holati kabi jihatlarini ifodalovchi koʼrsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu koʼrsatkichlar darajasini oʼrganish va tahlil etish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham ushbu koʼrsatkichlarni oʼz vaqtida tahlil qilib turish korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun shart-sharoit yaratadi. Shu nuqtai nazardan tahlilning ahamiyati nihoyatda katta va beqiyosdir. Tahlil – korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash garovidir. Moliyaviy tahlilning asosiy maqsadi boʼlib, korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini, moliyaviy barqarorlik darajasini, toʼlovga qodirlik ahvolini, oʼz va qarz mablagʼlari bilan taʼminlanish darajasini, moliyaviy mustaqillik ahvolini, debitorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga boʼlgan holatini oʼrganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini koʼrsatish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari boʼlib quyidagilar hisoblanadi: − Korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va oʼzgarishiga baho berish; − Moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning oʼzgarishiga baho berish; − Balans likvidligi koʼrsatkichlarini aniqlash va ularning oʼzgarishini tahlil qilish; − Korxonaning toʼlov layoqati koeffitsientini aniqlash va uning oʼzgarishiga baho berish; − Moliyaviy koeffitsientlarni aniqlash va ularning oʼzgarishiga baho berish. − Аylanma mablagʼlardan foydalanish samaradorligini oʼrganish − Debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini oʼrganish. − Foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish boʼyicha tavsiyalar, takliflar berish. Investitsiya loyihasining moliyaviy tahlili deganda korxonaga qoʼyilgan investitsiyaning iqtisodiy samaradorligini taʼminlash va ularni oldindan baholash uchun qoʼllaniladigan usullar, koʼrsatkichlar, koeffitsientlar majmuasi tushuniladi. Investitsiya loyihasini moliyaviy tahlil qilishning zarurligi: − investitsiyaning hayotiylik davrini aniqlash; − investor bilan korxona munosabatini belgilash; − investitsiyaning samaradorligini baholash; − investitsiyaning joriy qiymatini aniqlash; − barcha xarajatlar hajmini belgilash; − sof foydani hisoblash kabilarda namoyon boʼladi. Investitsiya natijasida investor oʼz mablagʼiga va qoʼshimcha foydaga ega boʼladi. Korxona esa shu hajmdagi moddiy-texnik bazaga ega boʼladi. Investitsiyaning samaradorligidan ikki tomon ham manfaat koʼradi. Investitsiya loyihalarini moliyaviy tahlil qilish natijasida: − loyihaning har yillik va butun hayotiy davri davomida keltiradigan foydasi aniqlanadi: − loyihaning eng samarali yoʼnalishini tanlab olish imkonini beradi; − investitsiya samaradorligiga taʼsir etuvchi omillarni oldindan baholash va salbiy taʼsir qiluvchi omillarni bartaraf qilish yoʼllarini ishlab chiqish imkonini beradi; − investitsiya qiymatini inflyatsiya darajasshi inobatga olganda maʼlum muddatdan keyin qancha boʼlishini oldindan aniqlash imkonini beradi; − loyihaning xatarlilik darajasini baholashni taqozo qiladi. Loyihani moliyaviy tahlil qilish bir necha koʼrinishga ega boʼlib, loyiha turiga qarab, ikki yoki undan koʼproq turdagi moliyaviy tahlil amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy tahlil quyidagi turlarni oʼz ichiga oladi: 1. Moliyaviy rentabellik tahlili. 2. Moliyalashtirishga ehtiyoj tahlili. 3. Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliyaviy tahlili. 4. Xarajatlarning qoplanishi tahlili. Moliyaviy tahlilning sanab oʼtilgan turlari qaysi vazifalarga ega boʼlishi, loyihaning moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiqligi u qaysi nuqtai nazardan turib koʼrib chiqilayotganligiga bogʼliq. Buni quyidagi 3-jadvalda ko’rishimiz mumkin:
Download 163.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling