Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “agrobiznes va logistika” kafedrasi “Ro’yxatga olindi”
-Jadval. Biznes rejaningtarkibiy qismlari va tuzish jarayoni
Download 163.06 Kb.
|
Kurbonov Jahongir 3.1 AGB-21 kurs ishi
4-Jadval. Biznes rejaningtarkibiy qismlari va tuzish jarayoni
Xulosa va takliflar Bugungi kunda mamlakatning jahon bozorida yuqori o’rinlarni egallashida, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishida investitsiyalar juda katta ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotning modernizatsiya-lashuvi va jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi ko’p jihatdan to’g’ri va asoslangan investitsiya siyosatiga bog’liqdir. Mamlakatimizda investitsion faoliyatni iqtisodiy shart-sharoitlarga muvofiq rivojlantirish, ularni jamiyat iqti-sodiy hayotining barcha jabhalaridagi faolligini ta’minlash, milliy ishlab chiqarish jarayonining moderni-zatsiyalashuvi hamda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashning muhim omillardan biri bo’lib kelmoqda. Shuning uchun ham huku-matimiz tomonidan har yili amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarning kun tarti-bidagi asosiy masalalardan biri bo’lib, investitsiyalarni mamlakat milliy iqti-sodiyotiga jalb qilish masalasi turibdi. Ichki invеstisiya manbalarining chеklanganligi xorijiy invеstitsiyalarni jalb qilish borasida ham katta kuch-g’ayratni talab etmoqda. Afsuski invеstitsiya muhiti yaratilishi, davlat tomonidan invеstisiya faoliyati qonun yo’li bilan qo’llab-quv-vatlanishiga qaramasdan, invеstisiya jarayonlarida bir qator muammolar saqlanib qolmoqda. Bunday holatning sabablari qatorida vakolatli idoralarda tеx-nik-iqtisodiy asoslangan loyihalarni ekspеrtizadan o’tkazish muddatlari cho’zib yuborilayotganligi hamda invеstisiya loyihalari boyicha ishlovchi tizimni malakali kadrlar bilan ta'minlashda sustkashlikka yo’l qo’yilayotganligini ko’rsatib o’tish mumkin. Yetarli darajada va chuqur ilmiy taxlil qilinmay amalga oshirilgan ko’p-gina invеstitsiya loyihalari oqibat natijasida ko’zda tutilgan samaraga erishish imkonini bеradi. Loyiha tahlilini chuqur biladigan, uning barcha jihatlarini tushuna-digan, zarur bo’lsa, malakali mutaxassislarni jamlab, loyiha tahlili bo’yicha faoliyatii uyushtira oladigan mutaxassislarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Har bir qilinadigan investitsiya loyihasi yuqori samaraga erishishi uchun ham uni chuqur tahlil qilish zaruriyati kundan-kunga oshib bormoqda. Investitsion loyihani tahlil qilmaslik bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi, loyihaning zararga ishlashini keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Kurs ishini yozish natijasida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar quyidagilar-dan iborat: 1. Investitsion faoliyatning samaradorligini oshirish uchun olib borilayotgan investitsiya siyosatining ustuvorligini ta’minlashda belgilangan investitsiya siyosa-ti tamoyillarining to’laqonli bajarilishiga erishish zarur. Bu esa, investitsiya loyiha-larini amalga oshirishning iqtisodiyotdagi ahamiyatini ta’minlashning barcha jihatlari samarasining yuzaga chiqishiga ko’maklashadi. 2. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning barcha shakllaridan samarali foyda-langan hollarda ularni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirishdagi faol ishtirokini ta’minlash bilan O’zbekistonning eksport salohiyatini yanada oshirishga erishish lozim. 3. Bugungi kunda investitsion loyihalarning samaradorligini baholash pul oqimlari haqidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Lekin pul oqimlari miqdorini aniq-lashning ham o’ziga xos muammolari mavjudligi bois pul tushumlari va chiqim-larining xususiyatlarini bilib olish zarur bo’ladi. Pul oqimi miqdorini aniqlashda buxgalteriya hisobi bo’yicha yondashish va pul tushumlari va kirimlarini joriy, in-vestitsion va moliyaviy faoliyatlar bo’yicha alohida hisobga olish va u bo’yicha kerakli qarorlar qabul qilish zarur. 4. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda chet el tajribalaridan, xususan Jahon banki tajribasini O’zbekistonda qo’llash loyihalarning samarali amalga oshirilishini kafolatlaydi. Chunonchi, Jahon banki loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy ijtimoiy, tashkiliy, institutsional, tijorat, huquqiy va texnik tahlillari natijalarining har biriga alohida e’tibor beradi.Shu bois respublikamizda ham investitsiya loyihalarini tahlil qilishda yuqorida keltirilgan jihatlarning har birining tahliliga e’tibor berishsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi Download 163.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling