Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “agrobiznes va logistika” kafedrasi “Ro’yxatga olindi”
Investitsiya loyihalarining tayyorlash tushunchasi
Download 163.06 Kb.
|
Kurbonov Jahongir 3.1 AGB-21 kurs ishi
Investitsiya loyihalarining tayyorlash tushunchasi
Har qanday loyiha, avvalo, gʼoya sifatida vujudga keladi. Gʼoyaning chuqur tahlil qilinishi, ichki va tashqi omillarning oʼrganilishi natijasida uning haqqoniyligi va hayotiyligi kelib chiqadi. Korxonaning investitsiya loyihasini korxona rahbari va uning yetuk mutaxassislari ishlab chiqishadi. Аgar korxona mutaxassislarining bilimi va tajribasi yetarli boʼlmasa, professional maslaxatchilar xizmatidan foydalaniladi. Аgar yirik loyihalar koʼp komponetlarga ega boʼlsa, bunday loyihalarni tayyorlashga xalqaro tajribaga ega boʼlgan ekspertlar va maxalliy mutaxasislar jalb etiladi. Ularning bilim va tajribalari tayyorlangan loyihalarning real va ilmiy asoslanganligini taʼminlaydi. Loyihalarning real boʼlishi uchun, shuningdek, ularni tayyorlash jarayonida ekspertlarning xulosasini olish maqsadga muvofiqdir. Baʼzi xollarda loyihalarni tayyorlash jarayonida ularning samaradorligi pastligi va amaliyotga tadbiq etish qiyinligi ekspertlar tamonidan isbotlanadi. Natijada kelgusidagi unumsiz xarajatlarning oldi olinadi. Bunday amaliyot, jumladan, Jahon Banki amaliyotida kuzatilishi mumkin. Loyihaning hayot sikli quyidagilarni oʼz ichiga oladi: 1) Loyiha gʼoyasi 2) Investitsiya oldi tadqiqoti 3) Loyiha tayyorlash 4) Loyihani amalga oshirish 5) Monitoring, baholash va nazorat 6) Loyiha obʼektini ishga tushirish Loyihalar maʼlum ilmiy-tadqiqot, ilmiy izlanishlar va marketing tadqiqotlari natijasida tuziladi va ilmiy jihatdan asoslanadi. Izlanishlar natijasi sifatida aniq gʼoya va loyihaning kontseptsiyasi yaratiladi. Gʼoya esa real va aniq davr bilan chegaralanadi. Loyihani amalga oshirishda yoʼlboshchining roli benihoyat kattadir. Shu bilan birga loyihaning muhiti qulay va ragʼbatlantirish mexanizmi samarali boʼlishi kerak. Loyiha yoʼlboshchisi oʼz atrofiga professional mutaxassislardan iborat jamoani toʼplay olsagina, xar tomonlama asoslangan loyihani yaratishni taʼminlashi mumkin. Investitsiya loyihalarini xalqaro tajribada uchta yirik bosqichga boʼladilar: 1. Investitsiya oldi bosqichi; 2. Investitsiya bosqichi; 3. Yangidan vujudga kelgan obʼektlarni ekspluatatsiya qilish bosqichi. «Investitsiya loyihalar tahlili» fanining asosiy vazifasi birinchi bosqich toʼrisida fikr yuritishdir. BMTning YuNIDO nomli boʼlimi tomonidan chiqarilgan byulletenida investitsiya oldi bosqichini toʼrt yoʼnalishga boʼlib oʼrganish tavsiya etiladi. Bular: 1. Investitsiya kontseptsiyalarini tanlash; 2. Dastlabki (birlamchi) loyihalarni vujudga keltirish; 3. Yakuniy loyihani vujudga keltirish va uning texnikiqtisodiy hamda moliyaviy jihatdan maʼqulligini baholash; 4. Loyihaning yakuniy muhokamasi va u boʼyicha maʼlum qarorga kelish. Investitsiya oldi bosqichi Investitsiya oldi bosqichida muqobil variantlarga ega boʼlgan bir necha loyihalar oʼrganiladi va ulardan samaradorligi pastlari yoki samara bermaydiganlari chiqarib yuboriladi. Bunday loyihalar kelgusi yoʼnalishlarda koʼrilmaydi va bu bilan juda katta mablagʼ tejab qolinadi. Loyihalarning investitsiya oldi bosqichini quyidagi 1-chizmada koʼrishingiz mumkin. Investitsiya oldi bosqichini bunday yoʼnalishlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Chunki avval korxonaning yoki tarmoqning investitsiya yordamida ijtimoiy va iqtisodiy koʼrsatkichlarini yaxshilash imkoniyati bor yoki yoʼqligini aniqlash kerak. Bundan keyin investitsiya haqidagi fikrlarni chuqur oʼrganib chiqish va shu asosda biznes-rejani vujudga keltirish lozim. Аgar bu reja investor va buyurtmachida qiziqish uygʼotsa ishni keyingi bosqichlarda davom ettirish lozim. Bu yoʼnalish biznes-rejani chuqur tahlil-qilish va uni iqtisodiy-moliyaviy tomondan baholashdan iborat. Аgar bu izlanishlar natijasi ijobiy boʼlsa, loyihalarni vujudga keltirish bilan bogʼliq boʼlgan oxirgi xulosa chiqarish yoʼnalishsiga oʼtish tavsiya etiladi. Industrial rivojlangan mamlakatlarda investitsiya oldi bosqichini vujudga keltirish loyiha qiymatining 1,5-5% hajmidagi xarajatni talab etadi. Аlbatta, bu yerda loyiha qiymati hajmi asosiy rolь oʼynaydi. Umumiy investitsiya xarajatlaridagi investitsiya oldi bosqichining yoʼnalishlari boʼyicha xarajatlar ulushi quyidagicha: birinchi yoʼnalishda 0,2 - 1,0%, ikkinchi yoʼnalishda 0,25 - 1,5 %, uchinchi yoʼnalishda katta loyihalar boʼyicha 0,2 - 1,2 %, kichiklari boʼyicha esa 1,0 - 3,0% ni tashkil etadi. Loyihalarni realizatsiya qilish imkoniyatlari tahlilief Loyihalarni ma’qullanishini birlamchi bosqichi Ijtimoiy-iqtisodiy baholash Zarur investitsiya hajmi va mavjud investorlarning mavjudligi Loyihalarni muqobil mavjudligining birlamchi ma’qullangan bosqichi Download 163.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling