Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “agrobiznes va logistika” kafedrasi “Ro’yxatga olindi”


Tahlil turi Moliyaviy rentabellik tahlili


Download 163.06 Kb.
bet8/11
Sana25.02.2023
Hajmi163.06 Kb.
#1230441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurbonov Jahongir 3.1 AGB-21 kurs ishi

Tahlil turi

Moliyaviy rentabellik tahlili

Moliyalashti rishga ehtiyoj tahlili

Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi
tashkilotni
moliyaviy tahlili

Xarajatlarni qoplanishi tahlili

Tahlil
maqsadi

Loyihaga qoʼyilgan kapital
mablagʼlar
samaradorligini aniqlash

Loyihani amalga oshirish
uchun mablagʼ bilan
taʼminlashni
rejalashti rish

Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi
tashkilotning
moliyaviy ahvoli va boshqaruv sifatini aniqlash

Davlat loyihalaridan
foydalanuvchilar dan tushadigan
toʼlovlar hisobiga xarajatlar
qoplanishini baholash

Loyiha tahlili qaysi
pozitsiya
dan turib amalga
oshiriladi

Loyiha pozitsiyasidan turib

Loyihadan foydalanuvchi
lar va undan manfaat
koʼruvchilar
pozitsiyasidan turib

Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi
tashkilot
pozitsiyasidan turib

Loyihadan foydalanuvchilar undan manfaat
koʼruvchilar hamda loyihani
boshqarish
pozitsiyasidan turib

Foydala niladi gan
moliyaviy
hisobot lar tizimi

Diskontlangan pul tushumlari va chiqimlari oqimi hisoboti

Moliyaviy reja

Foyda va zararlar
hisoboti, Pul oqimlari
hisoboti, balans hisoboti.

Xarajatlarni qoplash
koʼrsatkichlari,
toʼlov hajmi, yoki
foydalanuvchilar dan olinadigan soliq hajmi.

3-Jadval. Moliyaviy tahlil turlari

Iqtisodiy tahlil investitsiya loyihasini umumjamiyat manfaati nuqtai nazaridan oʼrganadi. Iqtisodiy tahlil loyihalarga kengroq yondashib, daromad va xarajatlarni baholashda moliyaviy tahlildan farq qiladi. Umuman, bu tahlilda daromadlar-xarajatlar oqimini baholashda moliyaviy tahlilga qaraganda ikki oʼzgarishga yoʼl qoʼyiladi.


Birinchidan, investitsiya loyihasini amalga oshirish bilan bogʼliq boʼlgan ishlab chiqaruvchilar olgan subsidiyalar soliq toʼlovchilarning yoʼqotishlari bilan qoplanib ketsa, ayrim shaxslardan tushadigan toʼlovlar umummilliy darajada resurslar miqdorini oʼzgartirmaydi. Ikkinchidan, bir loyihani amalga oshirish ikkinchi bir loyiha uchun resurslar miqdori kamayishiga olib kelishi mumkin. Misol uchun, Samarqand viloyatida 15000 tonna pomidor yetishtiriladi. Yevropa texnologiyasida qayta ishlangan pomidor tomat pastasi, agar 220 kg.lik asseptek qoplarga qadoqlansa va Yevropaning ISO-9001 sertifikati bilan kafolatlansa, loyiha valyuta keltiruvchi loyihaga aylanadi.
Аgar shunday zavod mavjud boʼlsayu, uning talabi 12000 tonna pomidorni qayta ishlashga moʼljallangan boʼlsa, demak, keyingi loyihaga faqat 3000 tonna pomidor qolyapti. Qoʼshimcha zahiralar bilan yana 5000 tonna pomidor yetishtirilsa ham ikkinchi turdosh korxonaning loyihasiga xom ashyo taqchil boʼladi. Bu holda ikkinchi loyiha oʼzi bilan bir xil boʼlgan birinchi loyihaga konfliktli loyiha deb baholanishi mumkin. Bundan xulosa shuki, birinchi loyihaning amalga oshirilishi ikkinchi loyihani moliyalashtirishni samarasiz qilib qoʼyadi. Bu holda umumjamiyat nuqtai nazaridan iqtisodiy daromad moliyaviy daromaddan past boʼladi va buni loyiha boʼyicha ish boshlashdan oldin hisobga olish zarur. Moliyaviy tahlilda foydali deb baholangan loyiha oʼzining salbiy ekologik yoki ijtimoiy oqibatlari tufayli iqtisodiy tahlilda foydasiz deb baholanishi mumkin.
Loyihaning ekologik jihatlari bilan bogʼliq iqtisodiy xarajatlar hisobga olinganda koʼp hollarda u samarasiz boʼlib qolishi mumkin. Loyihaning ekologiyaga salbiy taʼsirini oldini olish uchun tozalash inshootlari qurishga toʼgʼri keladi. Bu holda investitsiya xarajatlari koʼpayadi va loyihaning samaradorligi pasayadi. Natijada loyiha samarasiz deb hisoblanishi mumkin. Moliyaviy tahlil va iqtisodiy tahlil oʼrtasidagi farqlarni quyidagicha keltirish mumkin:
1. Moliyaviy tahlilda daromad va xarajatlarga nisbatan alohida bozor baholari qoʼllaniladi. Iqtisodiy tahlilda muqobil ijtimoiy qiymatlar (daromadlar va xarajatlarga nisbatan yashirin baholar, ekologik daromad va xarajatlar, foydalinilmayotgan yoki toʼla foydalanilmayotgan ishlab chiqarish omillari) qoʼllaniladi.
2. Moliyaviy tahlilda kapital xarajatlar loyiha xizmat muddatiga taqsimlab chiqiladi (amortizatsiya). Iqtisodiy tahlilda esa kapital xarajatlar foydalanish yilidagi bir marotabalik xarajat summasi sifatida hisobga olinadi.
3. Moliyaviy tahlilda soliqlar va turli guruhlar oʼrtasidagi boshqa bir tomonlama toʼlovlar hisobga olinadi. Iqtisodiy tahlilda esa bu toʼlovlar va soliqlar jamiyat ichidagi transfert toʼlovlari boʼlgani uchun hisobga olinmaydi.
4. Moliyaviy tahlilda diskontning xususiy stavkasi qoʼllaniladi. Iqtisodiy tahlilda loyihalar boʼyicha daromadlar va xarajatlar oqimlarini daromad darajalariga koʼra guruhlar boʼyicha oʼrganiladi.
Umuman olganda, iqtisodiy tahlil loyihaning homiylariga ham, boshqalarga ham taʼsirini oʼrgangan holda u jamiyat uchun qanchalik foydali ekanligini, uni amalga oshirish uchun jamiyat nuqtai nazaridan resurs ajratish qanchalik maqsadga muvofiqligini tekshiradi.
Daromadlar va xarajatlarni iqtisodiy tahlil qilish resurslardan samaraliroq foydalanish maqsadida iqtisodiy tanlash muammosini qulay va tushunarli izohlash usulidir.
Mamlakat u yoki bu mahsulotni koʼp ishlab chiqara oladi, lekin bir yoʼla hamma mahsulotni koʼp ishlab chiqarib boʼlmaydi. Shu sababli resurslardan foydalanishning turli variantlaridan birini tanlashga toʼgʼri keladi. Minimal xarajatlar bilan maksimal natijalarga erishishni taʼminlaydigan qilib investitsiyalashga erishgan mamlakatgina oʼz resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlay oladi.
Iqtisodiy tahlil maqsadi loyiha bilan bogʼliq barcha samaralarni koʼrib chiqish uchun umumiy asos yaratishdir. Bunga:
1. Bozor bitimlaridan oʼz aksini topadigan iqtisodiy oʼzgaruvchilarni aniqlash (masalan, uy bahosi u joylashgan hudud sifatini-transport, maktab kabilarning yaqinligini, uy-joy arxitekturasining urf boʼlgan turini, xonalar sonini aks ettiradi);
2. Loyihaning turli belgilarini baholashga aholi munosabatini aniqlash uchun loyihaning foydali tomonlarini harakterlovchi koʼrsatkichlarga pulda ifodalanmaydigan qiymatlarni kiritish;
3. Loyihalarni bevosita oʼlchanadigan boshqa xarajatlari hamda natijalarini taqqoslash imkonini beruvchi chizmalarni ishlab chiqish yoʼli bilan erishiladi.
Bular asosida loyihadan olinadigan manfaat unga sarflangan xarajatdan oshish-oshmasligi toʼgʼrisida murakkab qarorga kelinadi. Bunda daromad va xarajatlar yagona oʼlchov birligida ifodalanadi.
Loyihani qabul qilish, loyiha boʼyicha isteʼmol qilinadigan resurslardan foydalanish borasidagi muqobil variantlardan hech biri mamlakat oldida turgan vazifalar nuqtai nazaridan bundan yuqoriroq natija bermasligini anglatadi.
Insonlar hohlamagan narsaning, voqeaning sodir boʼlish ehtimolini qaltislik deb ataydi. Investitsiya loyihalari uchun qaltislik – bu loyihalarda koʼzda tutilgan maqsadlarga erishmaslik ehtimolidir.
Investitsiya loyihalari bor ekan ular bilan bogʼliq tavakkal xavfi har doim boʼladi. Bizning vazifamiz investitsiya loyihalari samaradorligini aniqlashdir. Аlbatta, tavakkalchilikni hisobga olmasdan loyihalarni baholashimiz, solishtirishimiz mumkin. Аmmo bu haqiqiy holatni koʼrsatmaydi. Аgar shu loyihadan mavjud tavakkalchilikka qoʼl urishimizga arziydigan manfaat olsakgina uni amalga oshiramiz. Shuning uchun loyiha samaradorligini baholashda ularning qaltisligi hisobga olinadi va u asosan qanday tavakkalchiliklardan iboratligi oʼrganiladi. Ularni bartaraf qilish imkoniyati mavjudligi oʼsha loyihaning yutugʼi hisoblanadi.
Investitsiyalarda tavakkal xavfi deganda turli omillar taʼsirida investitsiya daromadlarining koʼzda tutilgan miqdordan kamayish xavfi tushuniladi.
Iqtisodiy qaltislik deganda pul koʼrinishida ifodalanishi mumkin boʼlgan turli zararlarning yuzaga kelish ehtimoli tushuniladi. Ular quyidagicha boʼlishi mumkin.
− Zarar koʼrish xavfi, ehtimoli - qaysidir mahsulotni ishlab chiqarish zarar keltirishi mumkin;
Noaniqlik, oldindan koʼra bilish imkoniyati yoʼqligi, yaʼni bozorning oʼrganilmaganligi yoki boshqa sabablar tufayli maʼlum bir loyiha uchun yakuniy moliyaviy natija qanday boʼlishini oldindan aytish qiyin boʼladi.
Iqtisodiy qaltislik bilan hohlagan subʼekt toʼqnashishi mumkin – alohida shaxs, guruh, korxona, bank, sugʼurta kompaniyalari va hokazo. Iqtisodiy qaltislik kimda boʼlishidan qatʼiy nazar, hamma qaltislik bilan bogʼliq xatarni, zararlarni kamaytirishga harakat qiladi.
Iqtisodiy qaltislik bilan bogʼliq ehtimoliy yoʼqotishning kamayishini hohlaydigan har bir korxona oʼzi uchun quyidagi bir qancha muammoli masalalarni hal qilishi kerak:
− iqtisodiy qaltislik bilan bogʼliq ehtimoliy zararlarni baholash;
− qaltislikni toʼliq oʼzida qoldirish yoki boshqa subʼektga berish masalalarni hal qilish;
− oʼzida qoldirilgan qaltislik sababli yuzaga kelishi mumkin boʼlgan yoʼqotishlarni kamaytirish dasturini ishlab chiqish. Bundan maqsad qaltislik mavjud boʼlgan sharoitda korxonaning samarali ishlashini taʼminlashdir.
Korxonada roʼy berishi mumkin boʼlgan qaltisliklar turli xil, lekin asosan ularning ikki turi koʼriladi:

  1. Moliyaviy qaltisliklar. Ularga quyidagilar kiritiladi:

− foiz stavkasi oʼzgarishi;
− kreditning vaqtida qaytarilmasligi;
− valyuta kursining tebranishi;
− xaridorlarning toʼlovga qobiliyatsizligi;
− xom-ashyo va materiallar narxining oshishi;
− xaridorlar tomonidan majburiyatlarning bajarilmasligi va hokazolar.
2. Korxona xoʼjalik faoliyati bilan bogʼliq qaltisliklar. Ularning paydo boʼlishiga quyidagilar sabab boʼladi:
− jihozlarning eskirganligi;
− xom-ashyo va materiallar sifatining oʼzgarib turishi;
− texnologiya yetishmasligi;
− ishlab chiqarish kuchlari zahirasining yoʼqligi;
− favqulotda holatlar va hokazo.
Tavakkalchilik xavfini baholash usullari quyidagilar:
1. Tavakkalchilikdan qochish yoki inkor qilish. Kompaniyalar ishida qochish mumkin boʼlmagan katta tavakkalchiliklar mavjud boʼladi. Bunday tavakkalchilik xavflarni biroz kamaytirish mumkin, ammo bu ularning taʼsir kuchini kamaytirmaydi. Shuning uchun ulardan qochishning eng yaxshi usuli ular sodir boʼlishi ehtimolini umuman yoʼq qilish kerak. Bunday usulni qoʼllashga misol maʼlum mahsulotni ishlab chiqarishni toʼxtatish, shu sohada biznesdan ketish va bunday tavakkalchiliklar boʼlmagan boshqa sohalarni tanlash.
2. Tavakkalchilik xavfini oʼziga olish, yaʼni zararlarni xususiy moliyaviy imkoniyatlar asosida qoplashdir. Bu usul quyidagi holatlarda maʼqul:
− zararlar chastotasi katta boʼlmaganda;
− potentsial zararlar hajmini korxona joriy aktivlari hisobidan qoplash mumkin boʼlganda. Bu usulda zararlar joriy pul tushumlari yoki shu maqsadlarda maxsus tuzilgan zahira fondi hisobidan qoplanadi.
3. Tavakkalchilik xavfini oldini olish. Bu usulda ular yuzaga kelishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar qilinadi. Quyidagi hollarda uni qoʼllash maʼquldir:
− zarar yuzaga kelishi ehtimoli yuqori;
− zarar miqdori yuqori emas.
Tavakkalchilik xavfini baholashda bu usulni qoʼllash har xil oldini olish dasturlarini ishlab chiqish va qoʼllash bilan bogʼliq. Bu dasturlar davriy boʼladi va ular nazorat qilib turilishi kerak.

  1. Zararni kamaytirish. Bu zararlarni kamaytirishga qaratilgan usuldir.

Bu usuldan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
− ehtimoliy zararni yuqori boʼlishi;
− xavfni yuzaga kelish ehtimoli yuqori emas.

  1. Sugʼurtalash. Bu usul tavakkalchilik xavfini baholashda eng koʼp qoʼllaniladigan usullardan biridir. Bunda korxona maʼlum tavakkalchilik xavflarini bartaraf qilish uchun sugʼurta kompaniyasiga beradi, xavf sodir boʼlganda sugʼurta kompaniyasi koʼrilgan zararni qoplaydi. Quyidagi hollarda korxona uchun bu usulni qoʼllash maʼquldir:

− xavf, zarar ehtimoli yuqori emas, ammo ehtimol zarar hajmi katta boʼlsa. Shuni nazarda tutish kerakki, korxonada tavakkalchi xavfi bir xil turda va koʼp boʼlsa, ularni sugʼurta kompaniyasi orqali sugʼurtalash yoʼli bilan emas, balki sugʼurta badallarini korxona ichida joriy etish orqali boshqarish mumkin.
− xavf boʼlish ehtimoli yuqori, ammo zarar miqdori kam boʼlsa.
Sugʼurta asosan baxtsiz hodisa yuz bergan hollarda juda zarurdir. Koʼp hollarda sugʼurtalash tavakkalchilik xavfini baholashda yagona usul hisoblanadi, baʼzida esa qonun tomonidan majburiy qilib qoʼyiladi.

  1. Oʼz-oʼzini sugʼurta qilish usuli, yaʼni zararlarni qoplashga qaratilgan shaxsiy sugʼurta fondlarini tuzishga qaratilgan. U tavakkalchilik xavfini baholash usuli sifatida quyidagilarga sharoit yaratadi:

− zararni qoplash imkoniyatlarini oshirish;
− sugʼurta fondlarini investitsiya qilish orqali korxona foydaliligini oshirish.

  1. Tavakkalchilik xavfini boshqaga oʼtkazish usuli, bunda korxona oʼzidagi ehtimoliy xavfni, zararni boshqa korxonaga oʼtkazadi. Buning bir turi sugʼurta, korxona sugʼurta badalini toʼlaydi va qaltislik sugʼurta kompaniyasiga oʼtadi.

Investitsiyalashda tavakkal xavfi deganda investitsiya daromadlarining koʼzda tutilgan miqdoridan kamayish holati tushuniladi. Daromadlarning oʼzgarishi shkalasi qanchalik keng boʼlsa, investitsiyalashda tavakkal xavfi darajasi shunchalik yuqori boʼladi. Investitsiyalashda tavakkal xavfi manbalari bir-biri bilan juda bogʼliq boʼlganligi sababli, ularning qaysi biri daromadga qanchalik taʼsir etganligini aniqlash juda mushkul. Investitsiyalashda tavakkal xavfining asosiy turlari: ish bilan bogʼliq tavakkal xavfi, moliyaviy bozor xavflari, aholining sotib olish qobiliyati bilan bogʼliq boʼlgan moliyaviy xavf, foiz xavfi va boshqalar hisoblanadi.


  1. Download 163.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling