Iqtisodiyot va turizm


O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari va


Download 0.54 Mb.
bet2/2
Sana27.06.2020
Hajmi0.54 Mb.
#121959
1   2
Bog'liq
Kurs ishi.Ibragimov S.


3. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari va

asosiy tamoyillari.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o`z tashqi siyosatini o`zi belgilash

uchun keng imkoniyatga ega bo`ldi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti

I.Karimov ta’biri bilan aytganda, “O`zbekistonning davlat mustaqilligini qo`lga

kiritganligi va u xalqaro miqyosda tan olinganligi shuni bildiradiki, bundan buyon

respublika mustaqil ichki va tashqi siyosatini olib boradi, hech kimning

vositachiligisiz o`zaro manfaatli munosabatlarni o`rnatadi.” O`tgan 28 yil davomida

milliy manfaatlarimizga mos keladigan, uning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini

mustahkamlashga, xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va

madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan tashqi siyosat yo`nalishlari

belgilab olindi. Bu borada respublikaning tashqi siyosatdagi faol ishtiroki , xalqaro

tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi muhim o`rin tutadi.

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ushbu sohani isloh qilish, tubdan

yangilash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi qaytadan isloh qilindi. O`zbekiston

Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov farmoniga asosan 1992-yil 23-sentabrda

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 1991-yil 7-sentabrda Tashqi iqtisodiy

faoliyat milliy banki tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy

aloqalarni yo`lga qo`yish maqsadida 1990-yil 12-iyulda tashkil etilgan O`zbekiston

SSR Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat qo`mitasi 1992-yil 12-fevralda Tashqi

iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi. 1992-yil 21-fevralda esa O`zbekiston

Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O`zbekiston Respublikasi

tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2002-yil 21-oktabrdagi “Tashqi

iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va

takomillashtirish to`g`risida”gi Farmoniga asosan bu vazirlik O`zbekiston

Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi “Tashqi

iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv

tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi Farmoniga asosan, O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O`zbekiston Respublikasi Tashqi

iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi.

Shuningdek, bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ushbu yo`nalishning

huquqiy asoslari yaratildi. O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatimiz

Konstitutsiyasiga, “Tashqi siyosiy faoliyat Konsepsiyasi to’g’risida”gi va

“O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonunlarga va

boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, hamda O’zbekiston Respublikasi Birinchi

Prezidenti I.A.Karimovning dasturiy nutqlari va ma’ruzalariga, mamlakatimiz

tomonidan imzolangan xalqaro konventsiya va shartnomalarga asoslanadi.

Jumladan,

1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi

Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to`g`risida”gi Qarori,

1992-yil, 25-may.

2. “O`zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalari

boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish tartibi to`g`risida”gi Qonuni, 1992-yil,

2-iyun.


3. “O`zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja

va martabalarini belgilash to`g`risida”gi Qonun, 1992-yil, 3-iyul.

4. Prezident I.A.Karimovning “O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi Farmoni, 1994-yil 25-fevral.

5. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi

Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi Qarori, 1994-yil,

16-mart.

6. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va

O`zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash

haqida”gi Qonun, 1995-yil, 6-yanvar.

7. “O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaro

to`g`risida”gi Qonun, 1995-yil, 22-dekabr.

8. “O`zbekiston Respublikasining Konsullik Ustavini tasdiqlash to`g`risida”gi

Qonun, 1996-yil, 29-avgust.

9. “O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi to`g`risida”gi

Qonun, 2013-yil.

O`zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy

asoslari, prinsplari, mazmuni, maqsad va vazifalari O`zbekiston Republikasi

Konstitutsiyasining IV bob, 17-moddasida “O`zbekiston Respublikasi xalqaro

munosabatlarning to`la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning

tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning

daxlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga

aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa

qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy

manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish,

hamdo`sliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib

chiqishi mumkin”3

O`zbekiston o`zining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda

huquqiy normalar asosida o`z tashqi siyosatini belgiladi. Qisqa davr ichida

davlatlararo munosabatlardagi tamoyillar va ustuvor yo`nalishlarini belgilab oldi.

Davlatning tashqi siyosatdagi harakatlarini tartibga solib turuvchi asosiy

harakatlantiruvchi kuch bu – Konstitutsiyaviy huquqdir. Prezident I.Karimov

ta’kidlaganidek, “Ochiq demokratik jamiyat qurish, bozor munosabatlarini vujudga

keltirish xalqaro e’tirof etilgan konstitutsiyaviy hamda huquqiy asosda amalga

oshirilmoqda. Bu asos iqtisodiyotni isloh qilish, uning keng ko`lamda jahon

hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun kuchli huquqiy kafolatlar va shart-

sharoitlarni ta’minlab beradi”.4

O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari

quyidagilardan iborat:

- Mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik,

umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik. Demak,

butun dunyo davlatlari bilan u qaysi dinga e’tiqod qilishi, millati, tilidan qat’iy nazar teng manfaatli hamkorlik olib borish, jahonda tinchlik va xavfsizlikni

ta’minlashga mas’ullikni anglatadi.

- Davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish.

“Suveren tenglik” tushunchasi boshqa davlatlarning o`ziga xosligini e’tirof etishni,

ularning mustaqilligini, o`z siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tizimini o`zi

erkin tanlash, rivojlantirish, shuningdek o`z ichki qonunchiligini o`zi yaratish

huquqlarini hurmat qilishni anglatadi.

- Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik. Tashqi siyosatda ana shu

prinsipning amalga oshirilishi, eng avvalo, BMT Ustavida (2-moddaning 7-bandi)

hamda BMT Bosh Assambleyasining davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik

to`g`risidagi hamda ularning mustaqilligi va suverenitetini saqlash to`g`risidagi

1965-yilgi deklaratsiyada qayd etilgan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan

tamoyillariga asoslanadi.

- Nizolarni tinch yo`l bilan hal etish. Ushbu tamoyilda xalqaro munosabatlar

sub’ektlari o`rtasida yuzaga keladigan har qanday masalalar xaqlarning qonuniy

manfaatlari, tinchligi va xavfsizligi tahdid ostida qolmasligini ko`zlab, faqat tinch

yo`l bilan hal etilishi kerak. Bu BMT Ustavining 2-moddasi 3-bandida va VII

bobida o`z ifodasini topgan. O`zbekiston bu tamoyilni Bosh qomusimizda

mustahkamlab qo`yish orqali har qanday murakkablikdagi masalalarni zo`rlik

ishlatmay, tinch yo`l bilan hal etishga ustuvorlik beruvchi tinchliksevar davlat

ekanligini ma’lum qildi.

- Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik. O`zbekiston har qanday

nizolarni hal etishda harbiy harakatlarsiz, qurol ishlatmasdan bartaraf etishni

nazarda tutadi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov birinchi

chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida ushbu masalaga alohida to`xtaldi:

“O`zbekiston urush, harbiy mojarolarning oldini olishga qaratilgan har qanday

tashabbusni qo`llab quvvatlashga tayyor”.

- Ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning

umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi. O`zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi ekan, unda tan olingan tartib va qoidalarga

ham bo`ysunadi.

- Davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini

ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo`stliklarga kirish va ulardan ajralib

chiqish. Demak, xalq farovonligi, mamlakat xavfsizligi masalalari tashqi siyosatda

ham eng ustuvor maqsadlardan etib belgilanadi. “Prinspda, mohiyatan, milliy

manfaatlarning boshqa barcha manfaatlar, xususan, mintaqaviy, global, mafkuraviy

va shu singari manfaatlardan ustuvorligi e’lon qilinadi hamda ikki va undan ortiq

davlatlar o’rtasidagi o’zaro yaqin hamkorlik shakllariga, ayniqsa, o’z

suverenitetining muayyan qismini davlatlardan ustun turuvchi tuzilmalarga berish

bilan bog’liq munosabatlarga ehtiyotkor yondashish talabi yotadi”5

- Tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik. Tashqi siyosat orqali

yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini ta’minlash maqsad qilingan ekan, harbiy

bloklar va uyushmalarga kirmasdan tinchlik yo`lida hamkorlik amalga oshiriladi.

- Davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik, davlat

milliy manfaatlarining ustunligi. Teng huquqlilik tamoyilida har ikki tomonning

ham manfaatlari hisobga olinadi, birinchi tomonning ustunligiga yoki ikkinchi

tomonning butkul qaramligiga yo`l qo`yilmaydi.

- Tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko`p tomonlama kelishuvlar

asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan

uzoqlashmaslik. Tashqi siyosatni olib borishda o`zaro do`stlik, sheriklik

an’analariga sodiq qolish.

Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston Respublikasi o`z tashqi siyosati

tamoyillarini mukammal ravishda belgilab oldi va tartibga soldi. Buni quyidagilarda

ko`rish mumkin:

1. O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda

jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi.

2. O`zbekiston Respublikasi o`z iqtisodiy munosabatlarini ikki

tomonlama va ko`p tomonlama shartnomalar asosida, milliy manfaatlar

ustuvorligini inobatga olgan holda rivojlantirishga qaratdi.

3. O`zbekiston xalqaro iqtisodiy aloqalarga, kollektiv xavfsizlikning

global va mintaqaviy tizimlariga faol qo`shilib, mamlakatda tinchlikni,

barqarorlikni ta’minlamoqda.

4. O`zbekiston tashqi siyosatida jahondagi barcha mamlakatlar bilan

ijobiy hamkorlik, tinchliksevar siyosati orqali o`z nufuzini oshirib bormoqda.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning qaroriga asosan Oʻzbekiston

Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi6.

“Mamlakatimizda investitsiya iqlimini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish,

biznesni jadal rivojlantirish uchun asos sifatida investitsiya va tashqi savdo

faoliyatini samarali tartibga solish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, investitsiya jarayonining mahsulotni tashqi bozorlarda ilgari surish

yakuniy koʻrsatkichlari bilan sust bogʻlanganligi saqlanib qolmoqda. Davlat

boshqaruvining amaldagi tizimi investitsiya va savdo masalalarini alohida tartibga

solishga asoslangan, bu esa mazkur sohalarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni

qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda” dedi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.

Qarorda tashqi iqtisodiy a’loqalar haqida shunday deyilgan:

Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini

kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qoʻllab-

quvvatlash;

Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish va

boshqa koʻp tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini

muvofiqlashtirish;

tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati

darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek,

eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish.



4. MDH davlatlari tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining

bosqichlari.

Har qanday davlat hoh kichik hoh katta bo’lsin, iqtisodiy intеgratsiyasiz rivojlanishi

tеz bormaydi. Buni ko’pgina davlatlar o’z tajribalarida isbotlashdi. Iqtisodiy

intеgratsiyani rivojlantirishga qaratilgan O’zbеkiston Rеspublikasi siyosati ham

iqtisodiyoti yuksak darajada rivojlanishiga erishishga qaratilgan.

Iqtisodiy intеgratsiya iqtisodiyotga bеvosita quyidagi natijalaga erish imkoniyatini

bеradi:

- tovarlar, kapitallar, хizmatlar erkin harakat qiladi; raqobat kuchayadi;

- ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi; ishlab chiqarish samaradorligi

ortadi; sifatli va arzon tovarlar ishlab chiqariladi; istе’molchilarning talabi

ortib boradi; taklif qilinadigan tovarlar nomеnklaturasi ko’payadi;

- bozorlarning rivojlangan shakllari paydo bo’ladi va umumiy

bozorlar tashkil qilinadi; ishsizlik darajasi pasayadi; milliy iqtisodiyotdagi

farqlar yo’qolib boradi; yangi kuchli umumiy iqtisodiyot shakllanadi;

- milliy iqtisodiyot rivojlanib boradi; eng muhimi kishilar hayoti

farovonligi oshadi va h.k.

Bu natijalarga erishish uchun O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy Osiyo, MDH

davlatlari, rivojlangan va rivojlanayotgan qolavеrsa, Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan

hamkorlikka erishishga harakat qilishi kеrak. O’zbеkiston dunyo хo’jaligi tizimiga

kirib borar ekan, uning хalqaro iqtisodiy aloqalari uzoq va yaqin хorijiy

mamlakatlari bilan taraqqiy etmoqda.

O’zbеkiston Rеspublikasi a’zo bo’lib kirgan eng muхim birlashmalardan biri

- Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi (MDH) bo’lib, u 1991 yil dеkabrda tuzilgan. Hozir

MDH ga Ozarbayjon Rеspublikasi, Armaniston Rеspublikasi, Bеlorus Rеspublikasi,

Qozog’iston Rеspublikasi, Tojikiston Rеspublikasi, Qirg’iziston Rеspublikasi,

Moldova Rеspublikasi, Rossiya Fеdеratsiyasi, Turkmaniston Rеspublikasi,

O’zbеkiston Rеspublikasi va Ukraina kiradi. O’zbеkiston sobik Ittifoq rеspublikalari bilan aloqalarga katta ahamiyat bеrib, avvalboshdonoq Mustaqil davlatlar

hamdo’stligini tuzish g’oyasini qo’llab-quvvatladi. Bunday hamkorlikka

hamdo’stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan

bog’langanligi emas, balki chuqur tariхiy, madaniy va ma’naviy aloqalar, katta

tariхiy davr mobaynida хalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos

bo’lmoqda.

Hamdo’stlik maqsadlari quyidagilar:

• dеmokratik huquqiy davlatlar tuzish, ular o’rtasidagi munosabatlar

davlat mustaqilligini va suvеrеn tеnglikni o’zaro tan olish va hurmatlash,

o’z taqdirini o’zi bеlgilash huquqi, tеng huquqlilik va ichki ishlarga

aralashmaslik, har qanday tazyiqlardan voz kеchish, nizolarni tinch yo’l

bilan hal etish, inson huquqlari va erkinliklarini, shu jumladan kichik

millatlar huquqlarini hurmat qilish, majburiyatlarini va boshqa umum tan

olingan хalqaro huquq tamoyillari va normalarini halol bajarish asosida

rivojlanadi;

• bir-birlarini hududiy butunligini va mavjud chеgaralar buzilmasligini tan olish va

hurmat qilish;

• chuqur tariхiy ildizlarga ega bo’lgan хalqlarning tub manfaatlarini hamda

qo’shnichilik va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash;

• fuqarolararo va millatlararo totuvlikni saqlash.

Ayni vaqtda O’zbеkiston Rеspublikasining MDHga a’zoligi unga bir qator

muhim vazifalarni millat, iqtisodiyot manfaatlariga muvofiq hal etish imkonini

bеradi:

-ishlab chiqarishni, aholi ta’minotini (avvalo oziq-ovqat bilan) qo’llab-quvvatlashni



ta’minlovchi ko’lamda koopеrativ хo’jalik aloqalarini rivojlantirish va

takomillashtirish;

MDHning bir qator tovarlarini bozorda, ayniqsa an’anaviy mahsulotlarni sotish

sohasida yetakchi mavqеni saqlash;

- sobiq ittifoqchi rеspublikalar ega bo’lgan хom-ashyo rеsurslaridan

foydalanish;

- O’zbеkistonning uchinchi mamlakatlarga eksport-import tovar oqimiga хizmat

ko’rsatuvchi transport kommunikatsiyalaridan kafolatli va хatarsiz foydalanish.

O’zbеkistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi mехanizmini

takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari iqtisodiy erkinlashtirish, uni bozor

tamoyillariga izchillik bilan o’tkazish, хo’jalik tuzilmasini qayta qurishdan iborat

umumiy yo’l bilan bеlgilanadi. MDH davlatlari O’zbеkistonning asosiy savdo

iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ularning hissasiga rеspublika tashqi savdo

umumiy hajmining 30% dan ortig’i to’g’ri kеladi. O’zbеkiston va MDH

mamlakatlari mol ayirboshlash dinamikasi tеnglik va o’zaro foydali tamoyillarga

asoslangan, savdo-iqtisodiy munosabatlarning izchil rivojlanayotganligidan dalolat

bеradi. 2000-2019 yillar davomida O’zbеkiston bilan yirik savdo aloqalarini olib

boruvchi davlatlar Rossiya, Qozog’iston, Ukraina hisoblanadilar. Mustaqil Davlatlar

hamdo’stligi mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlarning shakli va tarkibi tubdan

o’zgarib bormoqda. O’zbеkistonning mavqеi tobora mustahkamlanmoqda.

MDHdagi ko’pgina mamlakatlar bilan savdo-to’lov sohasida O’zbеkiston ijobiy

saldoga egadir. Rossiya O’zbеkistonning eng muhim savdo hamkori hisoblanadi.

O’zbеkiston Rеspublikasidan asosan paхta tolasi, oziq-ovqat, mashina va uskunalar,

yonilg’i mahsulotlari, kimyo mahsulotlari eksport qilinadi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish mintaqaning rivojlanishi va

davlatlar iqtisodi uchun muhim ahamiyatga ega. O’zbеkiston Rеspublikasi birinchi

Prеzidеnti I.A. Karimov intеgratsiya haqida gapirar ekan, manfaatlar birikuvining

хilma-хil mехanizmlari va shakllari hamda intеgratsiya turlari mavjudligiga

asoslanadi. "Biz intеgratsiya jarayonlari va bozor islohatlarini rivojlantirishga,

Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy bozorni shakllantirishga alohida ahamiyat

bеramiz. Faqat o’zining tor milliy qobig’ida qolib kеtmagan bozorgina хorijiy invеstitsiyalarning katta oqimini jalb qilib, mintaqa mamlakatlarining barqaror

rivojlanishi va farovonligini ta’minlay oladi". O’zbеkistonning mavqеi mintaqada

ahamiyatli bo’lishiga qaramay, bir qancha jug’rofiy-siyosiy omillar mamlakatning

stratеgik imkoniyatlarini chеklab qo’yadi. Mamlakat qolgan Markaziy Osiyo

davlatlarining barchasi singari dеngizga chiqish yo’liga ega bo’lmaygina qolmay,

balki jahon transport kommunikatsiyalariga erkin kira olmaydigan davlatlar bilan

qurshab olingan. Ammo shular bilan bir qatorda suv rеsurslarining chеklanganligi,

Farg’ona vodiysida aholining zichligi, qishloq хo’jaligida band bo’lgan aholi

salmog’i kata ekanligi rеspublikamizda intеgratsiya jarayonlarini rivojlantirishni

to’хtatmaydi.

O’zbеkiston Markaziy Osiyoda va MDH doirasida paхta yetishtiruvchi asosiy

mamlakat bo’lib hisoblanadi. Agar butun Markaziy Osiyo mamlakatlari 2 mln.

Tonna paхta tolasi yetishtirsa, uning 1,4 mln. tonnasi o’zbеk tolasidir. O’zbеkiston

paхta tolasi yetishtirish bo’yicha dunyoda to’rtinchi o’rinda, uni eksport qilish

bo’yicha esa ikkinchi o’rinda turadi.

O’zbеkiston gaz uzatish tizimi MDH davlatlarining yagona gazquvur tizimiga

kiradi. U Markaziy Osiyo, Rossiya va Ukraina kabi Yevropa davlatlariga gaz uzatish

tехnik imkoniyati bilan birgalikda 9 ta bosh gaz transport tarmog’i nafaqat O’rta

Osiyo uchun, MDHning Yevropa qismi davlatlari va Kavkazorti uchun ham

umumdavlat ahamiyatiga ega. Rеspublikada yuk va yo’lovchilarni mamlakat

ichkarisida va tashqari tashishni MDH, yaqin va uzoq хorij mamlakatlari bilan

iqtisodiy aloqalarni ta’minlovchi tarmoqlangan transport tizimi shakllandi.

O’zbеkiston Qozog’iston Rеspublikasi bilan mustahkam transport aloqasiga ega. Bu

aloqa orqali rеspublikamizning Rossiya, Хitoy, Osiyoning boshqa davlatlari va

Tinch okеani rеgioni avtoyo’llariga chiqishi ta’minlanadi. O’zbеkistonning bеvosita

ishtirokida Transosiyo magistralining bir qismi hisoblangan, Janubiy-MDHni

G’arbiy Yevropa bilan tutashtiradigan va Transsibir magistralidan 1500 km qisqa

bo’lgan Tajan-Saraхs-Mashхad yangi yo’li ishga tushirildi. Shu bilan bir

qatorda O’zbеkiston va Markaziy Osiyo mamlakatlariga Poti porti orqali Yevropa O‘zbekiston Respublikasining MDH Davlatlari bilan hamkorigi

O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Qozog‘iston

O‘zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi

bilan O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning sezilarli

qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2019-yil

yakunlari bo‘yicha qariyb 3367,7 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Shunga qaramasdan, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada

rivojlantirish uchun ishga solinmagan ko‘pgina imkoniyatlar mavjud. Qozog‘iston

bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada barqarorlikni ta’minlash va

dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari ikki tomonlama hamkorlik doirasida

erishilgan kelishuvlarning o‘zaro tenglik va manfaatdorlik tamoyillari asosida izchil

amalga oshirilishi bilan izohlanadi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi

munosabatlar o‘zaro anglashuv va hurmatga asoslangan barqaror aloqalarga

tayanadi. Bu munosabatlar ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladi.

1996-yildan buyon Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston

hukumatlararo komissiyasi faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunga qadar ushbu

komissiyaning 7 ta majlisi bo‘lib o‘tgan. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2019-yil

yakunlari bo‘yicha qariyb 829,0 million AQSh dollarini tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi va Qirg’iziston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va

do‘stona aloqalar qaror topgan bo‘lib, davlatlararo munosabatlarining barcha

jabhalarida hamkorlik darajasi yuksalmoqda.

O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari yuqori darajadagi ikkitomonlama

hamkorlik bilan izohlanadi. Oliy darajada qabul qilingan bitimlar, siyosiy, savdo-

iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar hamkorlikка oid hujjatlar turli

sohalarda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun

mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o‘sib bormoqda va 2019-yil yakunlari bo‘yicha

qariyb 541,9 million AQSh dollarini tashkil etdi. Ikki mamlakatning neft va gaz

sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Muhim

strategik xomashyoni eksport qilish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini

bergan «Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy» transmilliy gaz quvurining

qurilishi bo‘yicha yirik loyihaning amalga oshirilishi ikki mamlakatning ushbu

sohadagi samarali hamkorligiga yaqqol misol bo‘la oladi. Transport

kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkorlik borasidagi yana bir muhim yo‘nalishdir.

«O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon» yangi xalqaro transport-

kommunikatsiya yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha imzolangan ko‘p tomonlama

shartnomaning hayotga tadbiq etilishi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada

mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini ko‘paytirishga

ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Madaniy-gumanitar hamkorlik ikki tomonlama

munosabatlarni rivojlantirishning muhim omilidir. O‘zbekiston va

Turkmanistonning madaniyat va san‘at namoyandalari ikki mamlakatda tashkil

etiladigan festival, ko‘rgazma va forumlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

O‘zbekiston Tojikiston bilan savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalarda, mintaqa

barqarorliginini ta’minlashda hamda mintaqa xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar

bilan birgalikda kurashishda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishdan

manfaatdordir.

Ikki mamlakat o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo

qo‘shma komissiya tashkil qilingan. Shu kungacha qo‘shma komissiyaning to‘rtta

majlisi bo’lib o‘tgan. Majlislar Dushanbe shahrida 2002-yil 22-avgust kuni hamda

2009-yil 18-fevralda tashkil etilgan, Toshkent shahrida 2015-yil 23-iyun kuni hamda 2016-yil 28-dekabrda tashkil etilgan. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2019-yil

yakunlari bo‘yicha 497,0 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasini 1992-yil 20-mart kuni tan

olgan. Shu kunning o‘zida ikki mamlakat o’rtasida rasmiy diplomatik aloqalar

o’rnatildi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlik 2004-yil

imzolangan Strategik hamkorlik va 2005-yil imzolangan Ittifoqdoshlik

munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar asosida rivojlanmoqda.

Rossiya Federatsiyasi bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar ja’dal

sur’at bilan rivojlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo hamkorlari

orasida Rossiya Federatsiyasi birinchi o’rinda turadi. 2019-yil yakunlariga ko’ra ikki

davlat o’rtasidagi tovar ayirboshlash 6,6 mlrd. AQSh dollarni tashkil etdi.

Ozarbayjon Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi

munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan.

Xususan, atrof-muhitni muhofaza qilish, informatsion va kommunikatsion

texnologiyalar, temir yo‘l transporti, soliq, maxfiy ma’lumotlar daxlsizligini

ta’minlash sohalarida hamkorlikka oid, shuningdek, gumanitar, savdo-iqtisodiy va

ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishга doir qator hujjatlar imzolandi.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2019-yil yakunlari bo‘yicha 51,8 million AQSh

dollarini tashkil etdi.

Ukraina ham O‘zbekiston Respublikasining yetakchi tashqi iqtisodiy

sheriklaridan sanaladi. O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama

munosabatlar mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lib, turli sohalardagi hamkorlikni

tartibga soluvchi 142 shartnoma, bitim va boshqa hujjatlardan iborat.

O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2019-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 377,9 million

AQSh dollarini tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Belarus Respublikasi bilan har tomonlama

hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi. Mamlakatlarimiz

iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi. So‘nggi ikki yilda Toshkent va Minskda

Hukumatlararo кomissiyaning (HK) ikkita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston

Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasida 2008-2017-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va uning ijrosi yuzasidan Dastur

imzolangan. O‘zbekiston va Belarus hukumatlari o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi

kurash, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini

olish va oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar imzolangan.

MDH mamlakatlari boshliqlari majlisi doirasida Minsk shahrida 2014-yil oktabrida

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov va Belarus Respublikasi

Prezidenti A.Lukashenko uchrashishdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni

rivojalantirishning asosiy masalalari muhokama qilindi. O‘zaro tovar aylanmasi

hajmi 2019-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 330,8 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Armaniston, Moldova bilan MDH hamda mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar

doirasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Gruziya O’zbekistonning eng muhim tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biri

hisoblanadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy

hujjat – 1995-yilning 4-sentabrida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida imzolangan

do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo-

iqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-gruzin Qo‘shma

komisiyasi tartibga soladi. 2014-yilning 20- oktabrida Toshkent shahrida mazkur

komisiyaning navbatdagi yetinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 2019-yil yakunlari bo‘icha

ikki davlat o‘rtasidagi umumiy tovar aylanmasi hajmi 118,8 million AQSh dollarini

tashkil etdi.

5. O`zbekiston Respublikasining so`ngi yillardagi Tashqi iqtisodiy

faoliyati o’zgarishlari tahlili

Tashqi savdo aylanmasi. Hukumatning tashqi iqtisodiy faoliyat borasida

so‘nggi yillarda amalga oshirayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni

optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini ta’minlash

maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar 2019 yil yakuni bilan respublikaning

tashqi savdo aylanmasini (matnda TSA) 42,2 mlrd. AQSh dollariga yetishini va

2018 yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2 % ga oshishini ta’minladi.

Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etildi. TSAda

eksport hajmi 17,9 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 128,0 %) va import hajmi

24,3 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 124,9 %) yetdi. Hisobot davrida 6,4 mlrd.



AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.



O‘zbekiston Respublikasining TSA dinamikasi tahlili 2019 yilda o‘tgan yilga

nisbatan eksport va import hajmlarini o‘sishini ko‘rsatdi. 2017 yilga nisbatan TSA

1,6 barobarga oshdi va import (1,9 barobar) esa eksportga (1,3 barobar) nisbatan



tezroq o‘sdi.



Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan

beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (612,2

mln. AQSh dollari), Qirg‘iziston (529,0 mln. AQSh dollari), Tojikiston (191,4 mln.

AQSh dollari), Fransiya (65,7 mln. AQSh dollari) va Eron (15,0 mln. AQSh dollari).

Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

O‘zbekiston jahonning 193 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga

oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida

(18,1 %), Rossiya Federatsiyasida (15,7 %), Qozog‘istonda (8,0 %), Koreya

Respublikasida (6,5 %), Turkiyada (6,0 %), Germaniyada (2,3 %) va Qirg‘izistonda



(2,0 %) qayd etilgan.


TSAning choraklar kesimidagi tahlili ular orasida mavsumiylik borligini

ko‘rsatdi va eng yuqori TSA 12 mlrd. AQSh dollari bilan 2019 yilning III choragiga

to‘g‘ri kelib, 2017-2018 yilllarning mos davriga nisbatan 1,5 barobar oshganini

ko‘rsatdi.

2017-2019 yillardagi tashqi savdo balansi hajmlari o‘sishiga alohida e’tibor

berish talab etiladi. Ya’ni, 2018 yilning III choragida eng yuqori passiv tashqi savdo

balansi kuzatilib, 2017 yilning III choragidagi aktiv tashqi savdo balansiga nisbatan

2,6 mlrd. AQSh dollarga oshgan va 2019 yilning IV choragiga kelib passiv savdo

balansi 2,1 mlrd doll. tashkil etdi.

Eksport. Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni

qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlarni nomenklaturasini kengaytirish

maqsadida amalga oshirilgan islohotlar eksporterlar sonini 5895 taga yetkazdi va

ular tomonidan 17,9 mlrd. AQSh dollari qiymatdagi (2018 yilga nisbatan o‘sish

28,0%) tovar va xizmatlar eksport qilinishini ta’minladi.

Import. Respublikada import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab

chiqarishni rag‘batlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar importni keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Shu bilan

birga, mamlakatga kiritilayotgan salmoqli investitsiyalar natijasida so‘nggi yillarda

import hajmi oshib kelayotganligini kuzatish mumkin. Jumladan, hisobot davrida

import hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollarni (2018 yilga nisbatan 124,9 %) tashkil etib,

valyutani erkinlashtirish boshlangan davrga nisbatan 1,7 barobarga oshgan.

Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob-uskunalar hamda ularning

qismlari (43,8 %), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,2 %)

hamda xizmatlar (10,0 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.



XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka

erishganidan keyin rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz O’zbekiston hukumatining

bu borada olib brogan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Hukumatning olib

borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib

borgan ishlari tahsinga loyiqdir. MDH mamlakatlari bilan investitsiyaviy, savdo-

iqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanmoqda. Bu albatta, mamlakatimizda

yaratilayotgan qulay investitsion muhit, xorijiy korxonalar uchun yaratilayotgan

shart-sharoit va imtiyozlarning mahsulidir. O`zbekiston o`z taraqqiyot yo`lidan dadil

borar ekan, xorijiy davlatlar bilan, xususan, MDH mamlakatlari bilan o`zaro teng

manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirib boradi. Bu albatta, respublikamiz

iqtisodiyotining jadal rivojlanishida, O`zbekistonning rivojlangan mamlakatlar

qatoridan joy olishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston Republikasi

tashqi siyosatida MDH mamlakatlarining o`rni haqida quyidagi fikrlarni

bildirishimiz mumkin:

- Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini tartibga

soluvchi huquqiy asoslar yaratildi.

- O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini belgilab beruvchi huquqiy

asoslarning yaratilishida xalqaro huquq normalariga rioya qilindi.

- O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda MDH

mamlakatlari bilan keng ko`lamli hamkorlikni yo`lga qo`ydi.

- O`zbekiston va MDH o`rtasidagi aloqalarning muhim jihati –

iqtisodiy yo`nalishdagi hamkorlik hisoblanadi;

- O`zbekiston xalq xo`jaligini rivojlantirishda MDH davlatlari bilan

hamkorlik bundan keyin ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar

tahlil qilinganda quyidagi xulosalarga kelindi:

- Hamkorlikning ikkinchi davri (2000-2019-yillar)da iqtisodiy aloqalarning

o`sishi kuzatildi.

-O`zbekistondan MDH davlatlariga asosan xom ashyo

resurslari va tayyor mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilinmoqda;

- O`zbekistonga MDH davlatlaridan asosan tayyor mahsulotlar import

qilinmoqda;

- O`zbekiston va MDH mamlakatlar bilan neft-gaz sohasidagi

hamkorlik istiqbolli yo`nalishlardan hisoblanadi. Bu borada MDH

mamlakatlarining investitsiyalarini jalb qilish borasidagi ishlarni yanada

takomillashtirish maqsadga muvofiq.

- O`zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy

aloqalari tahlili shuni ko`rsatdiki, O`zbekiston-Rossiya o`rtasidagi hamkorlikni

yanada rivojlantirish, ayniqsa, mamlakatimiz sanoat korxonalarini texnik jihatda

modernizarsiya qilish bo`yicha yangi loyihalarni amalga oshirish lozim;

Xullas, boshqa sohalar bilan bir qatorda, O`zbekistonda yuqori xaridorgir

mahsulotlar ishlab chiqarish va uning turlarini kengaytirish, birinchi navbatda

to`qimachilik sanoati, elektromaishiy texnika, mashinasozlik va aviasozlik

sohalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda o`zaro manfaatli

iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish zarur.

Bugungi kunda O`zbekistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy

aloqalarini yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:

 O`zbekiston va MDH mamlakatlari uchun manfaatli bo`lgan yuqori samarali

ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini qo`llabquvvatlash va ularni

rag`batlantirish;

 MDH mamlakatlari investorlarini to`laqonli axborot

(investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot

nashrlari, iqtisodiy tahlil, xom-ashyo va mehnat salohiyati to`g`risida

ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun har bir hudud bo`yicha

viloyatlarning investitsiya salohiyati bo`yicha veb-sayt tashkil etish,

shuningdek, investitsiyaga oid konferensiyalar, seminarlar va

taqdimotlar ko`lamini yanada kengaytirish;

 Aloqalarning rivoji, iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati bo`yicha

o`quvchi-yoshlarda kengroq tasavvur hosil qilish uchun viloyatlar

hududidagi qo`shma korxonalarga (O`zbekiston-Rossiya,

O`zbekiston-Qozog’iston, O`zbekiston-Belarussiya) sayohat va

ekskursiyalar tashkil etish;

Bu kabi tadbirlar O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi

iqtisodiy aloqalar davomiyligini va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi, deb

hisoblayman.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

I. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va

qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa

huquqiy-me’yoriy

1.1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning qaror va

farmonlari.

1.2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2015.

1.3.”Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida(yangi tahriri)”gi qonuni

1.4.”Standartlashtirish to'g'risida”gi qonuni

II. Monografiya va ilmiy adabiyotlar O’zbek va rus tillarida

1. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov,

A.M.Alimov.

2. Международные экономические отношения /Под ред. Хасбулатова Р.И. М.:

Новости, 1991.Т.1. 2009

3. ПеброМ. Международные экономические, валютно-финансовые

отношения. - М.: Прогресс-Универс, 1994.

Internet saytlari

1. http://www.press-service.uz/uz/news/archive/

2. http://mfa.uz/uzb/hujjatlar/vaz mahk/

3. http://www.stat.uz

4. http://www.lex.uz

5. http://www.uza.uz

6. http://finless.ru

7. http://www.mof.go.jp





Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling