Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari
Download 17.7 Kb.
|
IAKTT-Mustakil ishlarni tayyorlash ko`rsatma
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU ___________________________
- Mustaqil ta’limni rasmiylashtirish
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI ______________yо‘nalishining _________guruh talabasi _______________________________ “IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA TIZIMLARI” fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI MAVZU ___________________________ Bajardi:____________________ Qabul qildi:____________________ Toshkent-2023 MUSTAQIL ISHNI BAJARISH BOʻYICHA KOʻRSATMALAR Referat tayyorlash boʻyicha uslubiy tavsiyalar. Talaba belgilangan mavzu boʻyicha referat ko‘rinishidagi mustaqil ish mavzusini bajaradi. Bunda turli – darslik va o‘quv qo‘llama, monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona manbaalaridan foydalanib mavzu yuzasidan materiallar yig’adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu boʻyicha referatni shakllantiradi. Zarur hollarda oʻqituvchidan maslahat va koʻrsatmalar oladi. Yakunlangan referat himoya qilinadi. Referat koʻrinishidagi auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim talaba tomonidan mustaqil individual bajarilgan ish hisoblanadi. Odatda, referat quyidagi tarkibiy elementlardan tashkil topadi: titul varog’i; mundarija (zarur boʻlganda); reja; asosiy qism; xulosa; foydalanilgan manbaalar roʻyxati; ilovalar (zarur boʻlganda). Referat tarkibiy qismlarining tavsiya etilayotgan hajmi:
Mustaqil ta’limni rasmiylashtirish Auditoriyadan tashqari referat koʻrinishida tayyorlangan mustaqil ishni bajarishda quyidagi talablarga rioya etiladi: A-4 formatdagi varoqning bir tomoni; shrif kattaligi-14, TimesNewRoman; qatorlar orasi bir interval; bet maydonlari eniga 3-1,5; boʻyiga 2-2 koʻrinishda; varoq kengligida formatlangan; birinchi betda mavzu rejasi (mundarija) keltiriladi; ishning oxirida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati koʻrsatiladi; sahifalarni raqamlash sahifa oʻrtasida, matn teks kenglikda, mavzu va reja mavzulari oʻrtaga tekislangan holda. Foydalanilgan manbaalar roʻyxati mualliflar ismi-sharifi boʻyicha alifbo tartibida shakllantiriladi. Download 17.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling