Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish Reja


Download 26.08 Kb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi26.08 Kb.
#1202486
  1   2
Bog'liq
Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish





Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish
Reja:

1. Innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish zaruriyati

2. Innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirishga ta’sir etuvchi omillar

3. Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish modellari


Ishlab chiqarish texnologiyasi to‘g‘risida tushuncha.
Texnologiya - bu turli vositalarga ishlov berish va qayta ishlash uslublari yigindisidir.
Ishlab chiqarish jarayonlari tarkibiy qismi bo‘lmish qazib olish, qayta ishlash, tashish, joylashtirish, saqlash, sotish va shu kabi operatsiyalarning o‘zi xam texnologiya deb aytiladi.
Fan-texnika taraqqiyoti rivojlangan sayin texnologiya xam uzluksiz yangilanib boradi. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish tendensiyasida uch asosiy yo‘nalish kuzatiladi:
• davriy texnologiyalardan uzluksiz potok ishlab chiqarish jarayonlariga asoslangan texnologiyalarga o‘tish;
• ishlab chiqarish tarkibiga ekologik toza chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish;
• biznesda ustuvor bo‘lgan fanga ko‘proq tayangan texnologiyalarni rivojlantirish. Ishlab chiqarish jarayonida texnologiyani qo‘llashning natijasi maxsulot
Xisoblanadi. Insonning ishlab chiqarish faoliyati oxirgi maxsuli bo‘lgan maxsulot talabga ega. Iste’molchi tomonidan foydalanish imkoniyatlariga bog‘liq ravishda maxsulotni uch turga ajratadilar:
- moddiy (MM);
- energetik (EM);
- intellektual (IM).
Intellektual maxsulotga dizayn, konstruksiya, savdo markasi, nou-xau tayyorlov usuli, ishlab chiqarish usuli kiradi.
Texnologiyalarni zamonaviylashtirish va ulardan ijtimoiy ishlab chiqarishi amaliyotida foydalanish- xar bir aloxida korxona ilmiy texnikaviy jarayon-larining o‘zgarmas shartidir
Ishlab chiqarish texnologiyalari murakkab sistemalarga qarashli va ularni faqat sistemali yondashuv orqali o‘rganish mumkin.
Murakkab sitemaning xarakterli belgilari:
- jarayonlar modellarining murakkabligi;
- boshqarish vazifalarining katta o‘lchovdaligi;
- strukturaning ierarxiyaligi;
- qismlarning agregatligi;
- xolatlarning aniq emasligi;
- "shovqin", tusiqlarga sezgirlik.

Sistemali yondashishning moxiyati uni tashkil qilish metodikasida yoritiladi, ya’ni sistemali tahlil ob’ektini ajratish (narsalar, holatlar, jarayonlar, strukturalar), ob’ektning tashqi va ichki muhitini bo‘lish chegaralarini belgilash, ob’ektning holatini baholash mezonlarini aniqlash, elementlar klassifikatsiyasi va ularni agregatlashtirish usullarini ko‘rsatish.


Sistemali tahlil mantiq qoidalariga va sog‘lom fikrlashga asoslangan bo‘lib, holatlarni miqdoriy baholash uslublarini qo‘llashga va turli vositalar bilan (imitatsiya, matematik ifodalash, statistika, programmalashtirish) tahlil ob’ekti reaksiyalarini modellashtirishga harakat qilishga qaratilgan.
Ilg‘or texnologiyalar ilg‘or iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega va foydalilik mezoniga javob beradi. Boshqarish qarorlarini asoslab berish uchun tahlil jarayonini alohida ob’ektga nisbatan ko‘rib chiqishadi. Bunda asosan quyidagilarga etibor berish kerak:
a) boshqarish ob’ekti strukturasini tug‘ri aks ettiradigan elementlarni topish;
b) tizimning tanlangan strukturasida boshqarish jarayonining yakunlanganlik talablarini ta’minlash, ya’ni jarayon dastlabki axborotni beruvchidan boshqaruvchi ta’sirga kelishi va ob’ektning yangi xolatini baxolashi kerak. Ma’lum bir faoliyat viloyatida mutaxassisning mehnat predmetini tashkil etuvchi ko‘plab elementlarning to‘plami, predmetli viloyat deyiladi.
Ma’lum mutaxassisliklar (muxandislar, iqtisodchilar, xukushunoslar va boshqalar) bo‘yicha kadrlarni o‘qitishning mazmuni va tartibi predmetli viloyatning tug‘ri aniqlanganligidan bog‘liq.
Ishlab chiqarish texnologiyalari ularni ifodalash vositalari mavjud bo‘lsa, ilmiy asoslanishi mumkin - jamiyatda qo‘llaniladigan xodisalarni ifodalashning turli tillari. Ularga quyidagi tillar kiradi:
- xarfli - ma’noli;
- matematik formula;
- mantik;
- grafik simvollar;
- algoritmlar;
- metatillari ;
- maketlash tili;
- analog tili.
Bozor iqtisodida ishlab chiqarish texnologiyalarini boshqarish, agar ular raqobatbardoshlikni ta’minlasa, muvaffaqiyatli hisoblanadi. Raqobatbardoshlik murakkab tushuncha. Uning tarkibiy faktorlariga quyidagilar kiradi:
- asosiy va yordamchi ishlab chiqarish texnologiyasi;
- boshqarish tizimi texnologiyasi;
- tashqi muxit iqtisodiy va siyosiy ta’siri xarakteri;
- personalni texnik va iqtisodiy tayyorlash darajasi;
- fan va texnikaning rivojlanish darajasi;
- iqtisodiy potensial (kapital, resurslar, iqtisodiy jozibadorlik).
Innovatsion menejment orqali takomillashtirish mumkin bo‘lgan xamma
texnologiyalarni ko‘rib o‘tish murakkab.

Download 26.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling