Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish Reja
Korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirishga ta’sir etuvchi omillar
Download 26.08 Kb.
|
1 2
Bog'liqIqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish modellari
Korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirishga ta’sir etuvchi omillar
Innovatsion faollik tadbirkorlik faoliyatining joni, uning mohiyati hisoblanadi. Tadbirkor degan sharafli nomga bozor iqtisodiyotida yangilik izlashga moyil, raqobatli kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun biron tadbirni amalga oshirishga tayyor bo‘lgan korxona yoki tashkilot rahbari sazovor bo‘la oladi. Bu tadbirkorga berilgan chiroyli nomgina emas, balki ma’naviy burch hamdir. Bu kuchli raqobat sharoitlarida yashovchanlik ehtiyojini ta’minlash uchun hayotiy zaruratdir. Innovatsionlik raqobat qonuni bo‘lib, bozor iqtisodiyotining ajralmas bir xususiyati hisoblanadi. Usiz har qanday bozor tizimi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi muqarrar. Turli mulkchilik shaklidagi tadbirkorlarning innovatsion salohiyatini baholashda quyidagilarni aniq belgilash lozim: ➢mamlakat iqtisodiyotida kichik va o‘rta innovatsion tadbirkorlik uchun infratuzilmani rivojlantirish (innovatsion-texnologik markazlar, inkubatorlar, texnoparklar, innovatsion-sanoat majmualari va h.k.); ➢innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni kuchaytirish (IITKI joriy xarajatlarini soliqqa tortiluvchi bazadan chiqarib tashlash, bunday xarajatlar oshgan taqdirda soliq imtiyozlari belgilash, yangi ilmiy asbob-uskunalarga tezlashgan amortizatsiya qo‘llash va b.), byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalarini jalb etish uchun sharoit yaratish (sug‘urtalash, bank tuzilmalari bilan aloqa mexanizmlari); ➢ innovatsiyalarni boshqarish uchun menejer kadrlar tayyorlash, mahalliy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish menejmenti me’yorlarini xalqaro me’yorlarga etkazish; ➢ tadbirkorlarni innovatsiyalarning riskli yo‘liga qadam qo‘yishga undovchi stimullar; ➢ tadbirkorlar uchun innovatsiyalarni amalga oshirish. Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish modellari 1. Texnologik parametrlarga bog‘liq ravishda innovatsiyalar mahsulotli va jarayonli innovatsiyalarga bo‘linadi. Mahsulotli innovatsiya deganda yangi xom - ashyo, materiallar va yarim fabrikatlarni qo‘llash va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish tushuniladi. Jarayonli innovatsiya - ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi uslublari (texnologik jarayon o‘zgarishlari) hisoblanadi. 2. Innovatsion bozor uchun yangiligi bo‘yicha innovatsiyalar quyidagilarga bo‘linadi: a) jahonda tarmoq uchun yangi; b) mamlakatda tarmoq uchun yangi; v) alohida korxona uchun yangi. 3. Tizimdagi o‘rni bo‘yicha innovatsiyalar bo‘linadi: a) ishlab chiqarishga kirish tomonidagi innovatsiyalar; b) ishlab chiqarishdan chiqish tomonidagi innovatsiyalar; v) korxona strukturasi innovatsiyalari. 4. Kiritiladigan o‘zgarishlarning chuqurligi jihatidan: a) radikal (tubdan o‘zgartiradigan); b) takomillashtiruvchi (yaxshilaydigan); v) Modifikatsion (zamonaviylashtiradigan). 5. Faoliyat sohasi bo‘yicha innovatsiyalar bo‘linadi: a) texnologik; b) ishlab chiqarish; v) iqtisodiy; g) savdo - sotiq; d) ijtimoiy; e) boshqarish. Texnologiya - bu turli vositalarga ishlov berish va qayta ishlash uslublari yigindisidir.Ishlab chiqarish jarayonlari tarkibiy qismi bo‘lmish qazib olish, qayta ishlash, tashish, joylashtirish, saqlash, sotish va shu kabi operatsiyalarning o‘zi xam texnologiya deb aytiladi. Fantexnika taraqqiyoti rivojlangan sayin texnologiya xam uzluksiz yangilanib boradi. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish tendensiyasida uch asosiy yo‘nalish kuzatiladi: • davriy texnologiyalardan uzluksiz potok ishlab chiqarish jarayon-lariga asoslangan texnologiyalarga o‘tish; • ishlab chiqarish tarkibiga ekologik toza chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish; • biznesda ustuvor bo‘lgan fanga ko‘proq tayangan texnologiyalarni rivojlantirish. Ishlab chiqarish jarayonida texnologiyani qo‘llashning natijasi maxsulot Xisoblanadi. Insonning ishlab chiqarish faoliyati oxirgi maxsuli bo‘lgan maxsulot talabga ega. Iste’molchi tomonidan foydalanish imkoniyatlariga bog‘liq ravishda maxsulotni uch turga ajratadilar: - moddiy (MM); - energetik (EM); - intellektual (IM). Intellektual maxsulotga dizayn, konstruksiya, savdo markasi, nou-xau tayyorlov usuli, ishlab chiqarish usuli kiradi. Texnologiyalarni zamonaviylashtirish va ulardan ijtimoiyishlab chiqarishi amaliyotida foydalanish- xar bir aloxida korxona ilmiy texnikaviy jarayonlarining o‘zgarmas shartidir. Ishlab chiqarish texnologiyalari murakkab sistemalarga qarashli va ularni faqat sistemali yondashuv orqali o‘rganish mumkin. Murakkab sitemaning xarakterli belgilari: - jarayonlar modellarining murakkabligi; - boshqarish vazifalarining katta o‘lchovdaligi; - strukturaning ierarxiyaligi; - qismlarning agregatligi; - xolatlarning aniq emasligi; - "shovqin", tusiqlarga sezgirlik. Sistemali yondashishning moxiyati uni tashkil qilish metodikasida yoritiladi, ya’ni sistemali tahlil ob’ektini ajratish (narsalar, holatlar, jarayonlar, strukturalar), ob’ektning tashqi va ichki muhitini bo‘lish chegara -larini belgilash, ob’ektning holatini baholash mezonlarini aniqlash, elementlar klassifikatsiyasi va ularni agregatlashtirish usullarini ko‘rsatish. Sistemali tahlil mantiq qoidalariga va sog‘lom fikrlashga asoslangan bo‘lib, holatlarni miqdoriy baholash uslublarini qo‘llashga va turli vositalar bilan (imitatsiya, matematik ifodalash, statistika, programmalashtirish) tahlil ob’ekti reaksiyalarini modellashtirishga harakat qilishga qaratilgan. Ilg‘or texnologiyalar ilg‘or iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega va foydalilik mezoniga javob beradi. Boshqarish qarorlarini asoslab berishuchun tahlil jarayonini alohida ob’ektga nis- batan ko‘rib chiqishadi. Bunda asosan quyidagilarga etibor berish kerak: a) boshqarish ob’ekti strukturasini tug‘ri aks ettiradigan elementlarni topish; b)tizimning tanlangan strukturasida boshqarish jarayonining yakunlanganlik talablarini ta’minlash, ya’ni jarayon dastlabki axborotni beruvchidan boshqaruvchi ta’sirga kelishi va ob’ektning yangi xolatini baxolashi kerak. Ko‘rib o‘tilgan prinsip bo‘yicha xamma turdagi ishlab chiqarish texnologiyalarini ko‘rib chiqish yagona uslubiy yondashish asosida amalga oshirilishi mumkin. Bu esa menejerlar xarakatini o‘z kasbiy faoliyatining keng predmetli viloyatida universallashtrishni ta’minlaydi. Ma’lum bir faoliyat viloyatida mutaxassisning mehnat predmetini tashkil etuvchi ko‘plab elementlarning to‘plami, predmetli viloyat deyiladi. Ma’lum mutaxassisliklar (muxandislar, iqtisodchilar, xukushunoslar va boshqalar) bo‘yicha kadrlarni o‘qitishning mazmuni va tartib predmetli viloyatning to’g‘ri aniqlanganligidan bog‘liq. Turli mulkchilik shaklidagi tadbirkorlarning innovatsion salohiyatini baholashda quyidagilarni aniq belgilash lozim: ➢ mamlakat iqtisodiyotida kichik va o‘rta innovatsion tadbirkorlik uchun infratuzilmani rivojlantirish (innovatsion-texnologik markazlar, inkubatorlar, texnoparklar, innovatsion-sanoat majmualari va h.k.); ➢ innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni kuchaytirish (IITKI joriy xarajatlarini soliqqa tortiluvchi bazadan chiqarib tashlash, bunday xarajatlar oshgan taqdirda soliq imtiyozlari belgilash, yangi ilmiy asbob uskunalarga tezlashgan amortizatsiya qo‘llash va b.), byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalarini jalb etish uchun sharoit yaratish (sug‘urtalash, bank tuzilmalari bilan aloqa mexanizmlari); ➢ innovatsiyalarni boshqarish uchun menejer kadrlar tayyorlash, mahalliy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish menejmenti me’yorlarini xalqaro me’yorlarga etkazish; ➢ tadbirkorlarni innovatsiyalarning riskli yo‘liga qadam qo‘yishga Download 26.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling