«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/36
Sana30.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1141181
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan

ta’minlovchi, pudratchi, sanoatchi, hisobchi, nazoratchi, moliyachi, omonatchi, 
raqobatchi, buyurtmachi, kafolatlovchi va boshqalar. Fikrimizni yanada quvvatlash 
uchun ayrim matnli misollar keltiramiz: Shu jihatdan sudxo‘rlik rivoj topadi, ya’ni qarz 
beruvchi kishi bergan pulini kafolatlovchi va pulini qadrsizlatib ketishdan saqlash yo‘lini 
qidira boshladi (Mulkdor, 153). Demak, ta’magir taftishchilarga qarshi qonun yo‘li bilan 
kurash olib borish zarur (Hurriyat, 1997, 17.12). . . . ayniqsa hisobchilar ushbu 
o‘zgarishlardan vaqtida boxabar bo‘lib ulgurushmayapti (Hurriyat 1997,17.12). 
Bozorchi-bu bozorga savdo-sotiq ehtiyoji bilan kelgan kishi (BINA, 7-b). 
2. 
–ma affiksi ishtirokida. 
Ma’lumki, -ma affiksi o‘zbek tilida xilma-xil ma’noni ifodalovchi leksemalar 
yasaydi. Uning ayrimlari terminologik tizimlarda birmuncha faol ekanligini qator ilmiy 
ishlar misolida ko‘rish mumkin. Bu affiks yordamida, garchi kam miqdorda bo‘lsa ham, 
har holda ayrim iqtisodiy terminlar yasalganki, quyidagi misollar fikrimizni tasdiqlay 
oladi: g‘amlama, ustama, uyushma, birlashma, tuzilma, buyurtma, bo‘linma, undirma. 
Misollar: Ulgurji-vositachi tuzilma bozor muassasalarning eng muhimlaridan biridir 
(Mulkdor, 48,163). Davlat buyurtmasining ulushi ancha kamaytirildi (IN, 22). Oddiy 
takror ishlab chiqarish vositalari har ikkala bo‘linmadagi moddiy sarflarni qoplaydigan 
hajmlarda ishlab chiqarish kerak (Iq,N. 102). Jamg‘armalar va iste’moldan voz kechish 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish unchalik yaqqol ko‘rinmaydi (BINA, 153 b). Xususan, 
davrda byudjetga ikki to‘lov turi, ya’ni oborot solig‘i va foydadan ajratma muvaffaqiyatli 
ishlar edi (BINA, 233-b). Agar xaridor to‘lov hujjatlari yozilgandan so‘ng, shartnomada 


kelishilgan ma’lum davr ichida to‘lovni amalga oshirsa to‘lov yig‘indisidan chegirma 
beriladi (Kredit, 15-b).
3. 
kor affiksi ishtirokida: 
Mazkur 
affiks 
asosdan 
anglashilgan 
narsa-predmetni 
etishtirish 
bilan 
shug‘ullanuvchi shaxs otini yasasa (paxtakor, g‘allakor kabi), iqtisodiy terminologik 
tizimda mavhum otlarga qo‘shilib, ulardan anglashilgan ish-harakat bilan 
shug‘ullanuvchi shaxs oti yasaydi: chorakor, tadbirkor, tejamkor, sohibkor va b. 
Qonunchilik qoniqtirilmagan holati tadbirkor tashabbusini susaytiradi. (Moliya, 27-b).
Yana quyidagi misollarga e’tibor beramiz: O‘tgan haftada viloyat markazida 
“Kichik va o‘rta tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash” mavzuida seminar kengashi bo‘lib 
o‘tdi (Mulkdor, 1997,27.04). Boshqa yurtdan tovar olib keluvchiga baraka va ehtiyotkor 
deyilgan (Mulkdor, 1997, 153). Moliyaviy va tezkor, tez muddatli . . . ishlab chiqilmagan 
(BINA, 227-b). 
4. 
–dor affiksi ishtirokida. 
Bu affiks asosdan anglashilgan narsa-predmetga ega bo‘lgan shaxs nomini hosil 
qiladi. Masalan, mulkdor, xaridor, qarzdor, nasiyador, sarmoyador, xissador va b. 
Ma’lumki, mulkdor topgan mulkining halol bo‘lishi uchun zakot bermog‘i shart 
(Mulkdor, 1997, 153). Tovarlarni eksport va import qilishda xorijiy sarmoyadorlar tez 
daromadlaridan foydalanishlarida birmuncha imtiyozli tartibda tartibda qilmoq kerak 
(IK,16). Sotuvchi va xaridorning iqtisodiy ahvoli bozor kon’yukturasiga, bozorning
joriy holatiga bog‘liq bo‘ladi (Iq.N,76). Xaridor nuqtai nazaridan o‘ta muhim 
hisoblansa shunchalik shu tovarga bo‘lgan elastiklik (o‘zgaruvchanlik) koeffitsienti past 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling