«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
mablag‘; dastmuzd-ish haqi-maosh; savdopesha-savdogar-savdogarchilik, nafaqa-
maosh-harajat, bozurgon-bozorchi-savdogar, bay’ona-baho-qiymat-bay puli va boshqalar. Keyinchalik, ya’ni XX asrning 30-yillaridan keyin o‘zbek tilida, xususan, uning iqtisodiyot terminologiyasida ruscha-baynalmilal terminlarning qo‘llana boshlashi birinchidan, shu terminologiyaning boyishiga, ikkinchidan, sinonim terminlarning ko‘payishiga olib keldi. O‘sha davrda nashr etilgan darslik va lug‘atlarda, tarjima asarlarda ruscha- baynalminal terminlarning qo‘llanishi natijasida sinonim va variantdor terminlar paydo bo‘ldi. Masalan: rasxod-daromad, kommirchiski banka-tijorat banki, peshaki aqcha- avans-bo‘nak, maliyat-nalog-soliq, podshahlik bankaxanasi-davlat banki, boxgaltir- buxg‘altir-buxgaltir, blanka-bulanka-blank, banka-bank-bank, berja-birja, priskurant- preyskurant, veksil-veksel, patent-patitt, kridit-kredit, budjet-byudjet va b. Aytilganlardan sinonimiya va variantdorlik faqat terminologik tizimlar taraqqiyotining ilk bosqichigagina xos ekanu, hozirgi terminologiyada bu hodisa aytarli yo‘q, degan xulosaga kelmaslik kerak, albatta. To‘g‘ri, vaqt o‘tishi bilan o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasi rivojlana va silliqlana borib, ma’lum darajada sinonim terminlardan xoli bo‘ladi. O‘rni kelganda shuni aytish kerakki, sinonimik terminlar bilan umumadabiy tildagi sinonimiya tushunchalari o‘rtasida katta farq bor. Sinonimiya nutqning badiiy, publitsistik uslublari uchun juda qo‘l keladi, yozma va og‘zaki nutqni bir xil takrorlardan ozod qiladi. Biroq, bunday sinonimiya terminologiya uchun foydasiz bir holdir. Sinonimiya terminlar, birinchidan, kishi xotirasiga ortiqcha yuk bo‘lib tushadi, chunki ko‘plab tushunchalarni o‘zlashtirish bilan 1 Dànilenko’ V.P. Russkàya terminalogiya, M., 1996, s.74. birga ularni anglatuvchi yanada ko‘p terminlarni eslab qolishga to‘g‘ri keladi, ikkinchidan, ularning mavjudligi natijasida ma’no jihatdan bir-biridan farqlanish xavfi tug‘iladi. Terminologiyada, jumladan iqtisodiyot terminologiyasida sinonimiya xilma-xil ob’ektiv va sub’ektiv sabablar natijasida yuzaga keladi. Yuqorida terminologik sinonimiyani keltiruvchi uch holat, binobarin, terminologik sinonimiyaning uch ko‘rinishi haqida V.P. Danilenkoning fikrini keltirgan edik. Ana shu uch holatni terminologik sinonimiyani, shunda ham lug‘aviy (leksik) sinonimiyani vujudga keltiruvchi ob’ektiv holatlar deb ko‘rsatish mumkin. Bu jarayonda sub’ektiv holat esa, ko‘pincha, ayrim mualliflar va tarjimonlarning termin yaratishda u yoki bu affikslarni o‘rinsiz qo‘llanishi, birikma terminlar tarkibiy qismlarini tanlashdagi xatolaridan iborat bo‘lib, bunday intilishlar natijasida grammatik sinonimlar-variantlar yuzaga keladi. O‘zbek iqtisodiyot terminologiyadagi sinonimiyaning xilma-xil ko‘rinishlarini bartaraf etish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim. Lug‘aviy (leksik) sinonimiya. O‘zbek iqtisodiyot terminologiyasida tez-tez uchrab turadigan bu xildagi sinonimiyani, o‘z navbatida, yana bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin: a) asli o‘zbekcha (umumturkiy) so‘zlarning o‘zaro sinonimiyasi; b) shunday terminlar bilan fors-tojikcha yoki arabcha, yohud ruscha-baynalmilal leksemalarning sinonimiyasi. Biroq, bu o‘rinda masalani biroz umumlashtirish maqsadida, asli o‘zbekcha, fors-tojikcha hamda arabcha terminlarning o‘zaro sinonimiyasini bir guruh deb hisoblab, ana shu guruh bilan ruscha- baynalmilal leksemalar sinonimiyasini ikkinchi guruhga ajratdik. O‘zbek tili lug‘aviy tarkibining asosini tashkil etuvchi asli o‘zbekcha, fors- tojikcha, arabcha leksemalardan iborat iqtisodiy terminlar sinonimiyasini darslik va qo‘llanmalarda, lug‘atlarda va boshqa manbalarda bot-bot uchratib turish mumkin. Fikrimizning dalili uchun ayrim misollarni keltiramiz: foydaxo‘r-chayqovchi, nazoratchi- Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling