«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
tekshiruvchi, xaridor-buyurtmachi, qarzdor-nasiyador, xaridor-mijoz, pul-aqcha, bitim-
shartnoma, chorakor-koranda, daromad-kirim, harajat-chiqim, sarf-harajat-chiqim, sarmoya-mablag‘, mezon-o‘lchov-belgi, boshqarma-mahkama, uyushma-birlashma, ustama-qo‘shimcha. Yana quyidagi misollarga e’tibor beraylik: Bozordagi har bir bitimda bir-biriga bog‘liq ikki xil aloqani ko‘rish juda muhim-dir (Iq. N,67). Ishga yollash shartnomasini diqqat bilan kuzatganda bir qator belgilari ko‘rinadi (Iq.N.,161). Daromadlar (foyda) yoki boshqa soliqqa tortish ob’ektlarini yashirin hollari aniqlanganda qonun hujjatlariga muvofiq surishtiruv o‘tkazish. (Moliya, 48-b). Firma ishidagi rejalashtirishda mahsu- lotning uch turi farqlanadi... –firma uchun yangi, lekin bozor uchun yangi bo‘lmagan tovar (Iq.N, 114). Korxona o‘z mahsulotini sotadigan baho bilan uning tannarxi o‘rtasidagi farq korxonaning sof daromadini tashkil qiladi. (IN, 144). Iste’molchi (xaridor) . . . endi bozor iqtisodiyot sharotida ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) o‘z izmi- ni o‘tkazadi. (BINA, 50-b). Aslida o‘zbekcha-fors-tojikcha yoki arabcha leksemalar qatoriga bir asosli (tub yoki yasama) terminlar bilan birikma terminlarning ham sinonimik munosabatga ega bo‘lishi mumkinligini quyidagi misollar tasdiqlay oladi: savdogar-ishbilarmon vositachi, daromadlik-daromad keltirish, moliya-pul mablag‘i, tushim-savdodan tushgan pul, vakolatnoma-ishonch qog‘ozi, omonatchi, omonat pul qo‘yuvchi, korchalon-olg‘ir sanoatchi, foyda-tekin daromad, nafaqa-yordam puli, iste’molchi-iste’mol qiluvchi, yakanchi-mayda savdogar, xaridor-sotib oluvchi, mulkdor-mulk egasi. Mazkur pulga tovarlar va xizmatlar sotib olingach, u firmaning pul tushumiga (daromadiga) aylanadi (IK,295). Bozor iqtisodiyotidagi daromadlar tengsizligining ikki jihati bor (Iq. N, 437). Terminlarning bu xildagi sinonimiyasini birinchi navbatda, ularning umumadabiy tilda bab-baravar ishlatilayotganligi bilan izohlash mumkin. Chunki, bunday sinonimik qatorni hosil qiluvchi terminlar asli o‘zbekcha, fors-tojikcha yoki arabcha bo‘lishidan qat’iy nazar, asrlar davomida umumxalq tilida ishlatilib kelingan. Shuningdek, mazkur terminlar ishlatilgan tillarda so‘zlashuvchi xalqlar uzoq yillar davomida yonma-yon, hatto aralash holda yashaganligi yoki yaqin aloqada bo‘lganligi tufayli ham ayrim shu turdagi sinonimiyaning turg‘unlashuviga olib kelgan, deb hisoblaymiz. Sinonimik terminlar hosil bo‘lishining sabablaridan yana biri o‘zbek tilida avvaldan qo‘llab kelingan lug‘aviy birlikning ruscha-baynalmilal terminlar bilan parallel qo‘llanishdadir. Muayyan bir tushunchani ifodalash uchun bir vaqtning o‘zida ham milliy, ham baynalmilal terminlardan foydalanish nafaqat o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasi uchun, balki barcha tillarning terminologik tizimlari uchun ham umumiy holat hisoblanadi. Shuning uchun sinonimiyaning bu turini ham birdaniga bartaraf etib bo‘lmaydi. Milliy (o‘zbekcha) va baynalmilal iqtisodiy terminlarning lug‘aviy sinonimik qatorida ham yuqoridagiday holatni, ya’ni, birinchidan, bir asosli (tub yoki yasama) terminlar doirasida ham mavjud ekanligini quyidagi misollar bilan dalillash mumkin: islohot-reforma, soliq-nalog, iqtisodiyot-ekonomika, iqtisodchi-ekonomist, ruxsatnoma- litsenziya, qarzdor-debitor, mablag‘-kapital, vositachi-distribiter, foiz-protsent, qarz- kredit, hisobchi-buxgalter. Mazkur tovarlarning o‘rinbosari qanchalik ko‘p bo‘lsa, Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling