«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan


- Mavzu : Iqtisodiy matnga fakt to`plash va matn tuzish usullari


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/36
Sana30.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1141181
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan

6- Mavzu : Iqtisodiy matnga fakt to`plash va matn tuzish usullari. 
 
Reja. 
1. Iqtisodiy matnga fakt to`plash va uning tuzilishi. 
2. Iqtisodiy matn va leksika. 
3. Iqtisoslikka oid matnga so’z va termin tanlash. 
 
Fakt to`plash – Mavzu bo‘yicha jamlangan faktlar mohiyat e’tibori 
bilan har xil bo`ladi. Ularni zaruriyligiga qarab asosiy yoki yordamchi (qo‘shimcha) 
fakt, mavzu qamrovi va hajmiga ko‘ra katta yoki kichik, o‘rniga ko‘ra birlamchi 
yoki ikkilamchi, maqsadiga ko‘ra asosli yoki asossiz, sifatiga qarab ishonchli yoki 
ishonchsiz, vazifasiga ko‘ra tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi, davriyligiga ko‘ra 
o‘tkinchi yoki davomli, mohiyatiga ko‘ra aniq yoki noaniq, xizmat doirasiga ko‘ra 
umumiy yoki xususiy, ahamiyatiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy, munosabatiga ko‘ra 
xolis yoki noxolis faktlarga bo‘lish mumkin. 
Faktlar doimo haqiqatni isbotlashga xizmat qilgan: Biri mutloq, ikkinchisi 
esa nisbiy haqiqatdir. Fakt va haqiqat o‘zaro uyqash va uyg‘undir.
Asosiy faktik materialga daxldor bo‘lgan qo‘shimcha, yordamchi faktlarni 
to‘plash ham yangiliklar yozish, jarayonigacha bo‘lgan muhim bosqichni tashkil 
etadi. Barcha faktlar ichidan eng asosiysini ajratish, ya’ni birinchi va ikkinchi 
darajali faktlarni farqlash zarur. To‘plangan faktlarning ayrimlari bir-birini 


to‘ldirishga xizmat qilsa, ayrimlari bir-biriii inkor ham etadi. Asosiy fakt bu natija 
demakdir. Har qanday natija sababning oqibati, hosilasi.
Faktlarni jamlashda bevosita voqea – hodisaning o‘ziga tegishli 
bo‘lgan dalillarga tayanilsa, ikkinchidan 
o‘sha hodisani ko‘rgan, 
eshitganlarning fikrlari qayd etiladi. 
To‘plashda amal qilinishi zarur bo‘lgan holatlar faktik materiallar bilan bog‘liq.
Raqamlar, 
turli 
nomlar, 
iqtiboslar, 
geografik 
atamalar 
aniqlik bilan qayd etilishi zarur. 
Yangi fakt hodisani yoritishda quyidagilarga e’tibor qilinadi. 
Birinchidan, 
qalamga 
olinayotgan 
faktning 
muhim 
va 
dolzarbligini 
belgilash maqsadida uni shunga o‘xshash faktlar orasidagi o‘rnini
aniqlashi lozim.
Ikkinchidan, unga beriladigan iqtisodiy, geografik va tarixiy ta’rif ham 
faktning mohiyatini atroflicha, to‘laroq ochishga xizmat qiladi. 
Uchinchidan, o‘zaro taqqoslash maqsadida statistik jihatdan raqamlar 
ko‘rsatkichi 
bilan 
izoh 
berilishi 
ham 
maqsadga 
muvofiq 
bo‘ladi.
To‘rtinchidan, ana shu faktga daxldor bo‘lgan soha mutaxassislarining fikrini 
keltirish orqali o‘z munosabatini bildirishi ham ayni muddaodir. 
Matn tuzuvchi, jurnalist ushbu ikki manbaga tayanishi zarur.
1. Hukumat qarorlari. Chunki bunda barcha yo‘nalishlar, tendensiyalar, iqtisod,
fan, texnika, madaniyat bo‘yicha rejalar barcha-barcha belgilangan bo‘ladi.
2. Qaysi soha, qaysi yo‘nalish bo‘yicha matn tayyorlash zarur bo‘lsa, shu soha 
vakllari, mutaxassislar bilan suhbatlashish, sohaga doir adabiyotlar bilan tanishib 
chiqish. 
To‘plangan barcha faktlar yangilik sifatida qog‘ozga tushmasligi mumkin. 
To‘plangan faktlarning ahamiyatlirini ajratib olish boshqacha aytganda, “saragini-
sarakka, puchagini-puchakka” ajratish usuli qo‘llaniladi. Matn tuzuvchi jurnalist 
mavzu mohiyatiga mos holda faktlarni yig‘adi, saralaydi, tanlaydi, ajratadi, 
umumlashtiradi belgilaydi. 
Matnshunoslikka oid adabiyotlarda qayd etilishicha, har qanday matn, u ilmiymi, 
rasmiymi, badiiymi – bundan qat’i nazar, mantiq qoidalariga asosan shakllanishi lozim. 
Izchillik ana shu qoidaning birinchi talabidir. Matnda har bir so‘z har bir gap va 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling