«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
abzatslar o‘rtasida mantiqiy bo
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
abzatslar o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish va izchillik bo‘lishi lozim. Agar shunday
bo‘lmasa, matnni tushunish qiyin bo‘ladi. Matnda ba’zan bir-biriga zid gaplar berilib qoladi. Masalan: Bozorda horijdan keltirilgan mahsulotlar juda ko’p, lekin ular juda qimmat. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmunan bir-biriga zid bo‘lsa ham, ular o‘rtasida mantiqiy uzilish yo‘q. Chunki bozorda mahsulotlarning ko’pligi ularning arzonlashishga sabab bo’lsa-da, ammo mahsulotning xorijdan keltirilganligi, sifati, foyda va xaridorlarning talabi ularning arzonlashishiga asos bo’la olmaydi. Muvaffaqiyatli tuzilmagan gap ham mantiqning buzilishiga olib kelishi mumkin: Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish rejasini muddatdan oldin bajardilar (gazetadan). Tavsifiy matnlarda shaxs, narsa, voqea-hodisaning muhim belgilari aniq ma’lumotlar, sifatlovchi ifodalar orqali bayon qilinadi. Tavsiflashda shaxs yoki narsa- voqeani holisona baholash bilan birga unga muhim hisoblanadi. Bunday matnlar tilida xarakter-xususiyatni ifodalovchi sifatlar, belgining ortiqlik darajasini ifodalovchi leksik- grrammatik vositalar, yasama sifatlar faol ishlatiladi. Shuningdek, shaxs harakat- holatining belgisini ifodalovchi ravishlardan o’rinli foydalanish talab qilinadi. Shunga ko’ra tavsifiy ma’tn yaratish zaruriy til vositalarni to’g’ri tanlash va qo’llashni, sifat va ravish yasalishi me’yorlarini, bunday so’zlardagi belgi ifodasining darajalashini puxta bilishni taqozo etadi. Ixtisoslikka oid matn tuzishda esa quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim: - matnning qaysi nutq uslubida yozilishi kerakligini oldindan bilish; - ixtisoslikka oid so‘z va shartli belgilarni to‘g‘ri tanlay olish va o‘rinli joylashtirish; - so‘z va terminlarni imlo me’yorlariga rioya qilgan holda yozish; - tanish bo‘lmagan yoki faol qo‘llanmaydigan termin, shartli belgi yoki qisqartmalarga qavs ichida izoh berish; - ixtisoslikka oid terminlarni boshqa tillardan o‘zlashtirish va so‘z yashda milliy tilning tabiatini nazarda tutish; -terminlarni o‘rinsiz takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularninng ta’sirchanligini oshirish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiya imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va boshqalar. Umuman ixtisoslikka oid so‘z va terminlarni to‘g‘ri tanlash hamda qo‘llash nutq madaniyatining kasbiy bilimdonlikning muhim sharti hisoblanadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling