«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
-Mavzu: Iqtisodiy matnlar va hujjatlar
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
8-Mavzu: Iqtisodiy matnlar va hujjatlar.
Reja: 1.Iqtisodiyotga oid matnlar. 2. Iqtisodiy matnlarni mazmuni, mantiqli va xatosiz yaratish. 3. Iqtisodiy hujjatlar va ularning turlari. 4. Iqtisodiy hujjatlarni tarkibiy qismlari. Tahrirda muallif maqsadi, asar g‘oyasi, hayotiy va badiiy haqiqat mantig`i, qahramonlar xulqi kabilarning hisobga olinadi. Tahrirda muallif va muharrir munosabatlari, mualliflik huquqi va muharrirning matniga aralashish imkoniyatlari mavjud. Muharrir faoliyatining bir jihati kitob nomi, unvoni haqidagi ma’lumotlar va nashriyot bildirgichlari majmuini tuzish va rasmiylashtirishdan iborat. Muharrir kitob bildirgich ma’lumotlarini tuzish va tahrir qilish jarayonida qo‘yidagilarga alohida e’tibor beradi: 1.Annotatsiya. 2. So‘z boshi. 3. Kirish. 4. Tarjimai hol. 5. Xotima. 6. Sharh va izohlar. 7. Eslatma va ilovalar. 8. Lug`at va bibliografik ko‘rsatgichlar. 9. Adabiyotlar ro‘yxati. 10. Voqea hodisalar taqvimi (xronologik ko‘rsatgichlar. 11. Shartli qisqartmalar. 12. Mundarija. Tahrir etuvchi uchun uch-to‘rtta so‘zni qushish, yoki to‘rt-beshta jumlani bitta gap shakliga keltirish yetakchi maqsad emas. Qalamga olingan mavzu qanday qilinsa, ixcham, lo‘nda shaklda egasiga etadi. Muharrirning qisqartirishi quyidagi mezonlarda aks etadi. 1. Muallifning yangilik orqali maqsadini aniqlash. Keyingi qisqartirishlar esa ana shunga asoslanadi. 2. So‘z o‘rniga boshqa birini qo‘llash, almashtirish. Bunda fikrniig ta’sirliligi va ifodaliligi nazarda tutiladi. Muharrir bu o‘rinda so‘z sinchisi vazifasini o‘taydi. 3. Jumladagi ayrim cho‘ziq ibora va birikmalarni yaxlitlashtirish, ba’zi so‘zlardan voz kechish. 36....... Bir abzas ichida bor bo‘lgan jumlalarni fikriy bog‘liqligiga qarab umumlashtirish. Maqola – publitsistik uslubga xos janr. Maqolada kundalik ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar tahlil qilinadi; nazariy, ommaviy jihatdan umumlashtiriladi; davlat siyosati, iqtisodiyot. Texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar ilg‘or ish tajribalari aks ettiriladi. Turli nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh maqola, nazariy va targ‘ibot maqola, muammoli maqola keng qo‘llaniladi. Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng mas’uliyatli maqolasi hisoblanadi. Ushbu maqolada ichki va xalqaro hayotga doir muhm masalalarni o‘quvchilarga etkazish – asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday maqola ma’lum bir masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo‘lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi. Nazariy maqola va targ‘ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va printsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o‘quvchining g‘oyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqolada esa munozara va bahs asosiy o‘rinda bo‘ladi, hamda muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga tashlaydi. Maqola so‘zi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, televideniya, shuningdek, to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda jiddiy islohotlar boshlandi. Bularning hammasi yozma va og‘zaki nutqda o‘z in’ikosini topayapti. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni jadal amalga oshirishda yozma manbalarning, hujjatlarning roli beqiyosdir. O‘zbek hujjatchiligi qadimiy tarixga ega. Turli davrlardagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar o‘zbek hujjatchiligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Hozirgi kunda eski turkiy (o‘rxun-enasoy), so‘g‘d, uyg‘ur, arab, fors, kirill (rus) yozuvlar bitilgan hujjatlar mavjud. Qadimgi turkiy (o‘rxun-enasoy) yozuvida bitilgan hujjatlar yo‘q qilingani uchun ham ba’zilarigina saqlab qolingan. Ular ham toshlarda yozilgan. VIII asrdan boshlab arab yozuvidagi hujjatlarga o‘tish boshlangan. VIII-XIX asrlarda arznoma, bitim, yorliq, noma, tilxat, farmon kabi o‘nlab hujjatlar qo‘llanilgan. Bu hujjatlar o‘zbek, arab, fors-tojik tillarida yaratilgan. Ish yuritish bilan bog‘liq hujjatlar hukmdorlarning saroy va mahkamalarida yaratilgan. O‘zbek xonliklarida ish yuritish hujjatlari devonxonada amalga oshirilgan. Hujjatlarni yaratuvchi (yozuvchi)lar munshiy yoki mirza deb yuritilgan. XX asrga qadar yaratilgan manbalarda arabcha, forscha-tojikcha turg‘un birikma va qoliplar bilan birga o‘zbek tiliga xos tartibdagi va nutqiy qolipdagi hujjatlar ham anchaginani tashkil etadi. XX asrning 90 yillariga qadar hujjatchiligimiz rus tilining to‘liq ta’sirida bo‘ldi. Mustaqillikdan so‘ng o‘zbek hujjatchiligini davr talablari asosida shakllantirish bo‘yicha bir qator ishlar qilindi. O‘zbek tilining rasmiy ish yuritish uslubini shakllantirish va rivojlantirishda N.Mahmudov, N.Mahkamov, A.Madvalievlarning xizmati beqiyosdir. Ular tomonidan nashr etilgan “O‘zbek tilida ish yuritish” kitobi o‘zbek hujjatchiligida muhim voqea bo‘ldi. O‘zbek tilida hujjatlarning turlari ko‘p va xilma-xildir. Mavjud adabiyotlarda hujjatlar quyidagicha tasnif qilinadi: 1. Yaratilish o‘rniga ko‘ra: Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling