«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/36
Sana30.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1141181
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan

So‘z va termin tanlashda  quyidagilarga e’tibor berish zarur: 
- so‘zning lug‘aviy ma’nosini bilgan holda tanlash
- tanlangan terminni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish; 
- so‘zning, terminning tushunarli bo‘lishini hisobga olish
- terminning ma’no xususiyatiga asoslanib, uni maqsadga muvofiq tarzda tanlash; 
- baynalmilal terminlarni adabiy tilning leksik me’yoriga muvofiq holda tanlash;
- terminni matn mazmuniga mos tarzda tanlash; 
- so‘z va terminni matnning uslubiy xususiyatiga mos ravishda tanlash. 
Matnni tahrir qilish uchun dastlab u bilan yaxshilab tanishib, to‘lig‘icha o‘qib chiqish, 
masalaning mohiyatini tushunib olishi lozim. Birinchi o‘qishdanoq tuzatishlar kiritishga 
shoshilish xatoliklarga olib kelishi, bu tuzatishlar muallif muddaosini anglamasdan 
amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Matn haqida tasavvurga ega bo‘lingandan keyin, 
unda nimalar yetishmasligi hisobga olingach, ishga kirishish lozim. 
Shu ishlar amalga oshirilganidan keyin matn til jihatdan tahrir qilinadi. Bunda 
so‘zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham e’tibordan chetda 
qoldirilmaydi. Mana shu tuzatishlar jarayonida asosiy matndagi ba’zi o‘rinlar 
kengaytirilishi, olib tashlanishi, o‘zgartirilishi mumkin. 
7- Mavzu: Iqtisodiy matn ustida ishlash va uni tahrir qilish. 
Reja: 
1.
 
Iqtisodiy matnni kengaytirish. 
2.
 
Iqtisodiy matnni qisqartirish. 
3.
 
Matnni tahrir qilish. 
Matnni kengaytirish  quyidagi yo‘l va vositalar bilan amalga oshiriladi: 
- matnning asosiy g‘oyasini ifodalovchi tayanch so‘z yoki gapni aniqlash va 
shunga bog‘liq holda o‘z mustaql, ijodiy fikrini ifodalovchi gap qo‘shish; 
- matn mazmunini maqol, matal, hikmatlar bilan boyitish, dalillar bilan asoslash


- gapni uyushiq bo‘laklar, kiritmalar, ajratilgan bo‘laklar hisobiga kengaytirish; 
- so‘z va birikmalarni ma’nodoshlari – tasviriy ifodalar, frazeologik iboralar va 
boshqa badiiy tasvir vositalari bilan almashtirish; 
- sodda gapni qo‘shma gapga, qo‘shma gapni alohida sodda gaplarga ajratish
- matnning kirish, xulosa qismlarini qarashlar, mulohazalar, ilovalar bilan 
to‘ldirish. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling