«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/36
Sana30.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1141181
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan

anketa, ijara-arenda, taqchil-defitsit, soliq-nalog va b. kabi sinonimlarning birini tanlab 
olib boshqasidan voz kechish maqsadga muvofiqdir. Ayni shunday holatlarda
bizningcha, bu sinonimlardan birinchilarini iqtisodiy termin sifatida bemalol 
qo‘llayverish mumkin. Ulardan ko‘pining tegishli manbalarda iqtisodiy ma’noda 
qo‘llanayotganligi ham shundan dalolat beradi. Fikrimizning dalili uchun ayrim matnli 
misollar keltiramiz: Soliqlar-davlatning korxona va tashkilotlardan hamda aholidan 
undiradigan pul mablag‘idir. Soliq ikki vazifani o‘taydi (Iq,N, 90). Ijara shartnomasi 
ijaraga beruvchi bilan ijaraga oluvchining munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy 
hujjat hisoblanadi (HA, 61). 


Lug‘aviy sinonimiyaning yana bir ko‘rinishi bitta asosli (tub yoki yasama) 
leksemalardan iborat terminlar bilan birikma terminlarning parallel ravishda 
qo‘llanishidir. Bunday sinonimiya, birinchidan, o‘zbek tilida avvaldan qo‘llanib kelgan 
iqtisodiy termin yoki shu ma’noda qo‘llanayotgan leksemaning mazmunini 
konkretlashtirish uchun foydalanish oqibatida kelib chiqqan. Masalan: mahsulot-savdo 
mahsuloti, tanga-mayda pul, harajatlar-qo‘shimcha chiqimlar, nafaqa-yordam puli
yakancha-mayda savdogar, xaridor-sotib oluvchi. 
Ikkinchidan, o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasiga kirgan va kirib kelayotgan 
ruscha-baynalmilal terminlarni izohlash yoki, aksincha, ularning o‘zbek tilidagi 
kalkalarini tushuntirishga intilishdan ham o‘ziga xos sinonimlar paydo bo‘ladi. Masalan: 
menedjer-uddaburon ish boshqaruvchi, biznesmen-usta savdogar, brakeraj-mol nazorati 
va b. Bunday holatlarda ruscha-baynalmilal terminlarning o‘zi qo‘llanishini ma’qul deb 
bilamiz. 
O‘zbek tilidagi iqtisodiy terminlar sinonimiyasinnig yuqorida ko‘rib o‘tilgan 
turlari bevosita yoki bilvosita lug‘aviy (leksik) sinonimiyaga aloqador. 
Yana bir masala, morfologik, ya’ni so‘z yasovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishi 
bilan bog‘liq sinonimlar
1
ning ayrim ko‘rinishlari va ularni bartaraf 
qilish yo‘llari haqida fikr yuritamiz.
Grammatik (morfologik) variantlar. O‘zbek iqtisodiy terminlarining lug‘aviy 
uslubiy sinonimlardan tashqari so‘z yasovchi qo‘shimchalarning o‘rinli yoki o‘rinsiz 
ishlatilishi natijasida variantdor terminlar paydo bo‘ladi. Bunday variantdorlik sodda
yasama hamda qo‘shma terminlarning yoki birikma terminlar aniqlovchi qismining teng 
ma’noli xilma-xil affikslar bilan shakllantirilishi tufayli yuzaga keladi. 
Ma’lumki, XX asrning 20-30 yillarida rus tili milliy tillar zamonaviy 
terminologik tizimlarining shakllanishida etakchi o‘rin tutib keldi. Biroq leksema
o‘zlashtirishning ma’lum qonun-qoidalari etarli darajada ishlab chiqilmaganligi boisdan 
o‘sha davrlarda o‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasida ham ruscha-baynalmilal 
terminlarni xilma-xil tarzda shakllantirishga majbur bo‘lingan edi. Bunday holat esa bir 
tushunchani ifodalovchi terminlarning har xil ko‘rinishlarga ega bo‘lib qolishiga olib 
keldi. Misollar keltiramiz: boxg‘altir-boxgaltir, boxgalteriya-buxgalteriya, bankavay 
belat-bank bileti, priskurant-preyskurant, bedjet-byudjet, rasxot-rasxod, qurs-kurs, 
banka-bank, berja-birja, blanka-bulanka-blank va boshqalar. 
Qayd etish lozimki, hozirgi bosqichda bu xildagi variantdorlikka chek qo‘yilgan, 
ya’ni ruscha-baynalmilal terminlar ayni qator tildagiday yozib kelinmoqda . 
Ba’zi hollarda morfologik usulda, ya’ni affikslarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan 
bir asosli leksemalar yonida shu asos ishtirokida hosil qilingan birikmalar paydo bo‘lib 
qoladiki, bu ham o‘ziga xos sinonimiyani yuzaga keltiradi. Fikrimizning dalili uchun 
ayrim misollar keltiramiz: mulkdor-mulk egasi, iste’molchi-iste’mol qiluvchi, 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling