«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/36
Sana30.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1141181
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan

egiluvchanligi, bozor mexanizmi. Moliyaviy mexanizm har bir soha va bo‘g‘inlar bir 
butun yaxlitlikning tarkibiy qismi hisoblanadi (Moliya, 27-b). Tezkor birjalar ko‘pincha 
birjadagi tovarning bozor baholari o‘zgarishi natijasida ko‘riladi (H.II, 91,5-b). Moliya 
vositalaridagi yana biri emirilish (amortizatsiya) fondidir (I.B., 82). 
3. 
Fizikaviy terminlar bilan aloqador so‘zlar iqtisod termini vazifasini bajarib 
kelishi mumkin. Masalan: bozor muvozanati, mehnat sig‘imi, kapital sig‘im, nisbiy 
daraja, pul massasi, tebranuvchi talab, o‘zgaruvchan xarajat, doimiy xarajat, 
o‘zgaruvchan narx, mutloq daraja, talabning egiluvchanligi, fond sig‘imi. 
Yana misollarga murojaat qilamiz: Talabning miqdor darajasini bahoning 
o‘zgarishiga javoban o‘zgarishi talabni egiluvchanligini xarakterlaydi (Iq. N. 78). . . . 
bozordagi talab va taklif nafaqat miqdori, balki o‘zining tarkibi jihatidan ham bir-biriga 
mos kelishi kerak va shundagina bozor muvozanatiga erishiladi (Iq.N.78). Iqtisodiyotda 
narxlar muvozanati yoki nisbat degan xodisa bor (IN, 312). Narxlar nisbati unga ta’sir 
etuvchi omillarning har xil amal qilishidan kelib chiqadi (IN, 313). Nisbiy daraja-bu 
narxning xarid qobiliyatiga nisbati, aniqrog‘i undagi hissasidir (IN,313). Pul massasi 
bozorga chiqarilgan tovar va xizmatlarning bozordagi bahosini belgilaydi (BIA, 220-b). 
4. 
Qishloq ho‘jaligi va uning atributlarini anglatuvchi terminlar: agrar krizis, 
soxibkorlik, qiymatning o‘sishi, tovar xo‘jaligi, o‘sim, qarz o‘simi, undirilgan pul, pul 
undirish, unumsiz chiqim, unumsiz xarajat, undiriladigan soliq, iqtisodiy o‘sish, talabni 
o‘stirish, agrobiznes, agrosanoat. 
Misollar: Soliq tizimi davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar turi majmui, ularni 
yig‘ib olish yo‘llari va usullarini tashkil etish tushuniladi. (Iq.N, 91). 
. . . Iqtisodiy o‘sish shartlarini konkret tahlil etish kerak (Iq.N,103). Iqtisodiy 
o‘sishning intensiv xususiyatlarini hisobga olish bilan birga ishlab chiqarish 
samardorligini tushunchasini ham aniqlab olish kerak (Iq.N,113). 
5. 
Ijtimoiy fanlar va ularning atributlarini anglatuvchi terminlar. Masalan: moliya 
oligarxiyasi, qadrli mablag‘, ixtisoslashtirilgan sarmoya, avtonom byudjet, absolyut 
renta, ta’sischilik aktsiyalar, mutlaq naf, erkin savdo, tovar moddiy qadriyatlar, to‘lov 
qobiliyatsizligi, etakchi valyuta, tovar turkumi, bozor unsurlari, daromad samarasi, 
ixtiyoriy ishsizlik, shiddatli inflyatsiya, o‘rinbosar tovarlar, xayriya fondi, vaqf fondi, 
iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy tanazzul, pulning qadrsizlanishi, muomala fondlari. 
Yana misollarga murojat qilamiz: . . . Iqtisodiyotni tushkunlikka solib turuvchi 
iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy ishlab chiqarishda davriylik xususiyatni kasb eta boshladi 
(Iq. N, 105). Har bir korxona aylanma ishlab chiqarish fondlari bilan bir qatorda 
muomala fondlariga ham ega (Iq. N, 140). Talabning o‘zgarishiga o‘rinbosar 


tovarlarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligi muhim ta’sir ko‘rsatadi (In,270). Moliya siyosati 
iqtisodiyotga tatbiq etishda bir necha umumiy va alohida tamoyillarga e’tibor berish 
muhim o‘rin tutadi (Moliya, 20-b). Oligopolistik bozorda sanoqli, ozchilik firmalar va 
kompaniyalar hukmron bo‘ladi (BINA, 21-b). 
31....... 
Zoologiya terminlari ham iqtisod termini vazifasini 
bajarib kelishi mumkin. Masalan: o‘rmalovchi 
inflyatsiya, suzib yuruvchi inflyatsiya, yuguruvchi 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling