Iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr vа tushunchаlаr izоhli iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr


Download 326.43 Kb.
bet79/129
Sana03.10.2023
Hajmi326.43 Kb.
#1691132
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   129
Bog'liq
Iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr vа tushunchаlаr izоhli-fayllar.org

651.Nоgirоnlik pensiyalаri – mehnаt qоbiliyatini to’liq yoki qismаn yqоtilgаn hоllаrdа tаyinlаnаdigаn pensiya.

652.Nominal daromadlar – aholi pul daromadlarining soliq va to’lovlar to’lashga qadar va narxlar o’zgarishidan qat'iy nazar darajasini tavsiflaydi. Bu daromad turmush darajasini ifodalamaydi.

653.Nooziq-ovqat tovarlari – yakka tartibda foydalaniladigan tovarlardan (kiyim-kechak, oyoq kiyimi va maktab-yozuv tovarlari) va umumiy oila tovarlaridan (choyshab, yostiq, ko’rpa jildlari, madaniymaishiy va xo’jalik tovarlari, sanitariya predmetlari va dori-darmonlar) iborat tovarlardir.

654.Nizo – bu raxbar, ishchi va boshka xodimlar orasida muayyan masalalarni xal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.

655.Nazorat paketi – egasini (aksiyadorni) aksiyadorlik jamiyatida amaldagi hokimiyat (ovozlarning ko‘pligi) bilan ta’minlovchi aksiya ulushi.

656.Nizom (ustav) – tashkilotlar korxona (AJ) ning yuridik maqomini belgilovchi ta’sis hujjatlaridan biri. Nizom mazkur tashkilotning tasischilari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

657.“Nou-xau” – ilmiy, texnik, ishlab chiqarish, ma’muriy, moliyaviy, tijorat va boshqa xalq boyligiga aylanmagan xarakterdagi turli xil bilim va tajribalar yigindisi (majmui). Bu bilim va mahoratlar texnika sohasida odatda chizmalar, qarorlar, tajriba natijalari, formulalar, hisob-kitoblar, usullar, yriqnomalar, texnik xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlar, kompyuter uchun dasturiy ta’minot va tijorat sohasida mijozlar va etkazib beruvchilar kartotekasi, sotish va ommalashtirishning usul va shakllarini
hujjatlashtirish, moliyalashtirish ma’lumotlari, reklama usullari va xodimlarni o‘qitish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.


658.Narx - 1) qiymatning pul ko‘rinishida aks ettirilishi, iste’molchilar tovarga ega bo‘lish uchun to‘lashlari lozim bo‘lgan pul miqdori. Firma belgilagan narx qabul qilinuvchi taklifning qiymatiga mos kelishi lozim; 2) marketing-majmuasi, marketing-miksning samarali vositasi.


Download 326.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling