Ta’lim beruvchi amaliy muammoli vaziyatlarni (keyslarni) yechish.
Keys (muammoli vaziyatdan farqli ravishda) talabalarni muammoni ifodalash, muammoli vaziyatni tahlil qilish va baholash, uni maqsadga muvofiq yechim variantlarini qidirishga yo‘naltiruvchi tashkilotlar, insonlar guruhi yoki alohida individlarni hayotining muayyan sharoitlarini yozma ravishda taqdim etilgan bayonini o‘z ichiga oladi.
Keysni yechish jarayoni quyidagi bosqichlarini o‘z ichiga olish muhim:
→ muammoni yakka tartibda tahlil qilish va yechish,
→ yakka tartibda topilgan yechimni birgalikda (kichik guruhlarda) tahlil qilish, o‘zaro maqbul yechim variantini rasmiylashtirish,
→ guruh ishini taqdimoti,
→ muammoni yechish usul va vositalarining eng maqbul variantini jamoaviy tarzda tanlash.
Fiklash jarayoni, muammoli vaziyatni yechish jarayonida paydo bo‘lingan, mustaqil topilgan dalilllar oriyentirlarni, kasbiy boyliklarni topishga va mustaqkamlashtirishga, kelgusi kasbiy faoliyati bilan aloqani anglashga ko‘maklashadi.
O’quv loyihalarning taqdimoti va baholanishi
Ushbu o‘quv mashg‘ulotini tayyorlashda o‘qituvchining roli quyidagilardan iborat: loyiha topshirig‘ini ishlab chiqish; talabalarga ma’lumotlarni izlashda yordam berish; o‘zi axborot manbai bo‘lishi; butun jarayonni muvofiqlashtiri; ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; uzluksiz qayta aloqani amalga oshirish; maslahat berish.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotida guruhlar o‘z faoliyatining natijalari to‘g‘risida ma’ruza qilishadi va uni belgilangan shaklda taqdim etishadi (loyihaviy faoliyatning natijalarini, hamda loyiha maxsulotini tasviriy va og‘zaki taqdimot ko‘rinishida).
O’qituvchi guruhlarning o‘zaro baholanishini tashkillashtiradi va loyiha ishtirokchining faoliyatini baholaydi.
Talabalarni nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini nazorat qilish va baholash
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |