Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari. Reja Kirish


korxonalarida investitsion faoliyatini moliyalashtirish holati tahlili


Download 184.85 Kb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi184.85 Kb.
#1567457
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
akmal isoha

2. Iqtisodiyotni modernizatsiyatsiyalash sharoitida sanoat

korxonalarida investitsion faoliyatini moliyalashtirish holati tahlili


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish masalasi doimo dolzarb hisoblanadi. Ushbu masalani yechish maqsadida mamamlakat investitsiya faoliyatini takomillashtirish muhim omilga aylanib bormoqda. Shuning uchun hozirgi kunda va kelajakda investitsiya jarayonini chuqur isloh qilish zaruriyatga aylanib qolmoqda.
Sanoat sohasining mamlakat ijtimoiy hayoti va iqtisodiy qudratini yuksaltirishdagi o’rnini nazarda tutsak, bu sohada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash dolzarb va ustuvor vazifa hisoblanishi, sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirish va ushbu tarmoq mahsulotlarini raqobatbardoshliligini oshirishdagi muammolarni hal etishda naqadar muhimligini anglaymiz. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov mazkur masalani muhimligi haqida shunday deydilar:. “Yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirishni ta`minlaydigan kimyo, neft-gaz va neft-kimyo sanoatini, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil, oziq-ovqat sanoatining yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarini va boshqa sohalarni yuksak darajada rivojlantirish oldimizga qo’yilgan
maqsadlarga erishishning asosiy manbai bo’lishi darkor.
Mustaqillik yillarida yurtimizda avtomobilsozlik, neft - gazkimyo sanoati, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish-materiallari sanoati, temir yo’l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat sanoati va yengil sanoat kabi bir qator mutlaqo yangi sanoat tarmoqlari yaratildi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida avtomobilsozlik sanoati alohida o’rin egallamoqda. Bu tarmoq Asaka shahrida AQSHning “General Motors” kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan, Toshkent shahrida Germaniyaning dunyoga mashhur “Daimler Benz” va Samarqand shahrida Yaponiyaning “Isuzu” kompaniyalari bilan hamkorlikda avtobuslar ishlab chiqaradigan hamda Samarqand shahrida Germaniyaning “MAN” kompaniyasi bilan tashkil etilgan yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan yangi zavodlarni o’z ichiga oladi. Ana shunday o’zgarishlar natijasida mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1990 – 2020 – yillarda 11,6 barobar o’sdi.
Faqat oxirgi 10 yilning o’zida yengil avtomobillar ishlab chiqarish 7,1 barobar, avtobuslar – 2,6 barobar va yuk avtomobillari tayyorlash – 12,9 barobar oshdi.
Neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoatining yaratilishi mamlakatimizning energetik xavfsizligini ta`minladi. Neft va gaz kondensati qazib olish 1990-yilga nisbatan 1,4 barobar o’sdi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish sur`ati 1990 – 2020 - yillar davomida 1,6 barobar, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi esa 15,2 barobar ko’paydi.
Energetika mustaqilligini ta`minlash hamda neft va gazni qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish dasturi doirasida, istiqlol yillarida eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (“Teknip”, Fransiya) va Sho’rtangazkimyo majmuasi (“ABB”) barpo etildi, Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi to’liq rekonstruksiya qilindi. Gaz-kimyo tarmog’ining tashkil etilishi tabiiy gazni qayta ishlashni chuqurlashtirish va turdosh tarmoqlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish imkonini yaratdi.
Qo’ng’irot soda zavodida 2016-yildan boshlab kalsiyli soda, Samarqand kimyo zavodida nitrokalsiyfosfat o’g’iti ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, 2020yilda mintaqamizda yagona bo’lgan Dehqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi ishga tushirildi.
2015 – 2020 – yillar davomida yog’ochni qayta ishlash va sellyuloza - qog’oz sanoatida ishlab chiqarish hajmi 13,4 barobar, oziq-ovqat sanoatida – 5,7 barobar, yengil sanoatda – 3,8 barobar o’sdi.
2015-yilga nisbatan ip-kalava ishlab chiqarish 2,2 barobar ko’paydi. Gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2020-yilda 21 million kvadrat metrdan ziyod bo’ldi, bu esa 2020-yilda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbatan 13,6 barobar ko’pdir.
O’tish davrining murakkab sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari, xususan, neft , gaz, oltin qazib olish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatini jadal rivojlantirish uchun davlat barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi.
Natijada chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi va O’zbekiston sanoatining tarmoq tarkibi ancha diversifikatsiya qilindi va mutanosiblashdi.
Hozirgi kunda sanoat korxonalaridagi mavjud muammolarni ijobiy hal etishning muhim omili va shart-sharoitlaridan biri – bu investitsion faollikni yanada kuchaytirish hisoblanadi. Sanoat korxonalari taraqqiyoti uchun investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, bu sohaga keng qamrovli investitsiyalarni olib kirish vazifasini hal etmasdan turib, mazkur yo’nalishdan ko’zlangan maqsadlarga erishib bo’lmaydi. Shu sababli investitsiyalarni sanoat sohasiga kengroq jalb etish va ushbu tarmoq korxonalari investitsiya faoliyatini rivojlantirishning qulay sharoitlar yaratish davlat tomonidan oshiriladigan investitsiya islohotini asosini tashkil etishi lozim.
2015-2020-yillarda respublikamiz sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishning o’sish sur’atlari 3 barobarga ortdi. Bunga sabab sanoat korxonalarida modernizatsiya ishlari yaxshi olib borilayotgani, ularning investitsiya faoliyatini takomillashayotgani hisoblanadi va eng asosiysi yurtimizda yaratilayotgan investitsion iqlim hisoblanadi.
Bu holat sanoat korxonalarida investitsiyalar samaradorligini oshishiga va natijada, tarmoqda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko’rsatkichlarining ham ortishiga olib keldi. Shu sababdan, iqtisodiy o’sishga erishish uchun asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiya qiymatini doimo oshirishga harakat qilish zarur.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimiz YaIMi va jalb qilingan investitsiyalar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda.

Download 184.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling